Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 140 - 
Hukumat "Air France", "France Telecom", "Renault" va "Thales" kabi yirik 
kompaniyalarni qisman yoki to'liq xususiylashtirdi. Biroq, hukumat ba'zi 
tarmoqlarda xususan, energetika, jamoat transporti va mudofaa sanoati sohasida 
juda faol ishtirok etmoqda. Frantsiya rahbarlari iqtisodiy tengsizlikka barham 
beradigan qonunlar, soliq siyosati va ijtimoiy xarajatlar vositasida ijtimoiy tenglikka 
qaratilgan kapitalizmga sodiq qolishdi. Xususiy sektorning hukmronligiga qaramay, 
Frantsiya aralash iqtisodiyotni rag‘batlantirdi. Hukumat turli xil tadbirkorlik 
faoliyatni himoya qilish yoki liberallashtirish maqasadida milliy iqtisodiyotga 
aralashib turdi. Sobiq Ittifoq va Yugoslaviyaning tarqalishi hamda Xitoy, Hindiston, 
janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari shuningdek, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan
xalqaro savdo aloqalari mamlakatni yuksak taraqqiy etishiga sababchi bo‘ldi. 
Fransiyaning Yevro Ittifoqqa a‘zo bo‘lishi juda katta majburiyatlat hamda yangicha 
loyihalarda iqtisodiy o‘sishni ta‘minlab bermoqda.
2.4.3. Qishloq xo’jaligi, o'rmon xo’jaligi va baliqchilik
Frantsiya juda katta yer maydonlariga ega bo‘lib, ularning yarmi yaylovlar 
yoki pastekis yerlar, qolgan chorak qismi esa o'rmonli qishloq xo'jaligiga 
ixtisoslashgan bo‘lsa, qolgan qismi suvlik hamda tog‘liklardan iborat. 
Mamlakatning xilma-xilligi, tuproq va kontrastli iqlim zonalari ushbu salohiyatni 
yanada oshiradi. Fransiyada yomg‘irning juda ko'p yog‘ishi suv ta'minotida odatda, 
muammo yaratmaydi. Atlantika okeanida va O'rta yer dengizi havzasida mo'l-ko'l 
baliqchilik qo'shimcha manbani tashkil etadi. Qishloq xo'jaligi nisbatan kam odamni 
ish bilan ta'minlaydi - umumiy ya'ni ish kuchining 3 foizini tashkil etib YaIMga 
kichik miqdorda hissa qo'shadi - 2 foizga yaqin. Shunga qaramay, Frantsiya 
Yevropa Ittifoqining yetakchi qishloq xo'jaligi mahsuloti eksport qiladigan 
mamlakatidir. Bu mahsulotning umumiy qiymatining beshdan bir qismini tashkil 
etadi va Yevropa Ittifoqining o‘simlik yog‘i, go'sht va sharob ishlab chiqarish 
hajmining uchdan bir qismidan ko'prog‘iga mas'uldir. Frantsiya, shuningdek, 
qishloq xo'jaligi mahsulotlarining xalqaro standartlarda mos asosiy eksportchisi 
hisoblanadi va mamlakatning ko'zga ko'rinadigan eksportining umumiy qiymatining 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin