XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 164 - Nufuzli transport & logistika kompaniyalari
Schneider Transport
Bansard International SA
Flytrans International Forwarders
Gefco
Getma
Henry Johnson Sons and Co Ltd
72
2.4.11. Telekommunikatsiya XXI asrning boshlarida Frantsiyada 35 millionga yaqin asosiy telefon liniyasi
mavjud edi. 2010-yilda 62 milliondan ortiq uyali telefon ishlatilib, bir kishi uchun
deyarli bitta telefon raqamini tashkil etdi. Mamlakatda 40 milliondan ortiq shaxsiy
kompyuter mavjud bo'lib, frantsuzlarning deyarli 70 foizi internet foydalanuvchilari
hisoblanadi.Internetdan foydalanishning nisbatan past darajadagi statistikasi qisman
elektron savdodagi cheklovli davlat nazorati va "Minitel" deb nomlangan (1983-
yilda tashkil etilgan va "France Telecom" kompaniyasiga tegishli) mavjud
tarmoqning bilan bog'liq. 21-asrning ilk yillarida Minitel, yangi texnologiyalarga
qarshi bo'lgan guruhlar orasida kop mijozli kompaniya bo'lsada, 2012-yilda
ko'tarilgan narxlari tufayli yopildi. Hozirda mamlakat o‘zining bir qator suni‘y
yo‘ldoshlariga ega bo‘lib mamlakatda mobil internet hamda , online xizmatlar
ko‘lami juda kengaygan. IP telefonlar aynisa ofislarda juda katta aloqa vositasi
sifatida qayd etilgan. Radio xizmatlar esa uzoq masofalarda yuqori natijalar hamda
sifatda aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
2.4 12. Jahon Banki bilan hamkorlik 1945 yil 27 dekabrda Fransiya Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
(XTTBK) ga a'zo bo'ldi. 1947 yil 9 mayda infratuzilmani rekonstruktsiya qilish
uchun 250 mln. AQSh dollari miqdorida birinchi XRTB kreditini olgan Ikkinchi
72 http://www.logisticsfrance.com/Logistics_France