XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 178 - yetishtirishda
ilgarilab ketdi. Qishloq joylarda muqobil ishga joylashish
imkoniyatlarini yaratish uchun sanoat markazlari kengaytirila bishlandi. Qishloq
xo'jaligida foydalaniladigan yer maydoni (qariyb to'rtdan uch qismi) ham kamayib,
shudgor qilinadigan ulush yaylovlar foydasiga tushdi.
Rasmiy qishloq xo'jaligidagi olib borilayotgan islohotlar CAP talablariga mos
keldi va hosildorlik oshirish, bozorlarni barqaror mahsulot bilan ta'minlash, dehqon-
fermerlar turmush darajasini yaxshilash va iste'molchini muntazam ravishda qishloq
xo‘jalik mahsulotlari bilan ta'minlash hamda tovarlar narxlarini o'rtacha qismini
ta'minlashga qaratilgan. Ushbu maqsadlarga erishish uchun CAP mahalliy
mahsulotlarga minimal narxlar tizimini va import bahosini esa muvofiq ravishda
belgilab mahalliy fermerlarni qo'llab-quvvatladi. Eksportni jahon bozor narxi va
Yevropa Ittifoqi bahosi o'rtasidagi farqni tashkil etadigan subsidiyalar orqali
rag'batlantirdi. Bir nechta mahsulot, ayniqsa mol go'shti va qo'ylar uchun to'g'ridan-
to'g'ri fermerlar qo'shimcha to'lovlar amalga oshirildi
83
.
Eng muhim dehqonchilik ekinlari bug'doy, arpa, shakar lavlagi, kartoshka va
kolza hisoblanadi. Bug'doy, arpa va kolza hosilining katta miqdori chorvachilik
uchun yetishtirilsada, qoldiqning ko'p qismi unli freymlar (bug'doy), distillash (arpa)
va o'simlik yog'ini (kolza) ishlab chiqarish orqali inson iste'moli uchun sanoatda
qayta ishlanadi. Asosiy chorvachilik mahsulotlari qoramol va buzoqlardan, qo'y va
qo'zichoqlardan va parrandadan olinadi. Birlashgan Qirollik shakar va pishloqdan
tashqari asosiy qishloq xo'jaligi mahsulotlarida yuqori darajada o'zini o'zi
ta'minlashga erishdi.
2017 yilning to'rtinchi choragida Birlashgan Qirollik qishloq xo'jaligidan
YaIM 2,627 mlrd.GBP kamaydi. 2017 yilning uchinchi choragida bu ko‘rsatkich
2,653mlrd.GBPni tashkil etdi. Birlashgan Qirollikdagi Qishloq xo'jaligi Yalpi Ichki
Mahsulot 1990-1997 yillar oralig'ida o'rtacha 2,45 mlrd.GBPni tashkil etgan bo‘lsa,
2014 yilning to'rtinchi choragida esa 2,851 mlrd. GBP qayd etilgan.1996 yilning
ikkinchi choragida rekord darajada past bo‘lib 2,041 mlrd. GBPni tashkil etgan.
83
83 https://www.britannica.com/place/UnitedKingdom/Agriculture -forestry-and-fishing