XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 198 - "Visit Britain" ma'lumotlariga ko'ra, 2015 yilda sarf-xarajatlar 26,877 mln.
Funt sterlingni tashkil etgan holda, ichki turizm Buyuk Britaniya turizm
xarajatlarining eng katta qismi hisoblanadi. Milliy statistika agentligi, shuningdek,
2009 yilda 126 million sayohat amalga oshirilganini e‘tirof etmoqda. Buyuk
Britaniyadagi ichki sayohat uchun eng ko'p bo'lgan davr, bank ta'tillari va yoz
oylarida, avgust oyining eng samarali vaqt hisoblanadi. Buyuk Britaniyada,
Blackpool, Lancashire va Suonsi (Uels) kabi qirg'oq dam olish joylariga borib, dam
olish lagerlari deb nomlanuvchi turarjoyda qoladigan ko'plab oilalar bilan sayohat
qilish juda uzoq tarixga ega. Ushbu urf-odat, xorijiy tur paketlar bayrami
operatorlaridan raqobat tufayli, operatsion xarajatlarning o'sishi va 1980-1990
yillarda ko'plab dam olish lagerlarini yopishga majbur qilgan tez o'zgaruvchan talab
tufayli sezilarli darajada kamayib ketdi.
Mamlakatdagi barqaror iqtisodiy o‘sish, ichki infrastrukturani tubdan isloh
qilishga erishildi.Ayniqsa turizm sanoati alohida yuksak e‘tinorda. Mamlakatning
sayyohlik bo‘yicha o‘ziga xos siyosati deyarli barcha muzey va galereyalar tekin.
Zamonaviy aeroportlar, termnallar, yuqori darajada xizmatlar, xodimlarning
barchasi ingliz tilida gapalsha olish darajasi, barqaror transport yo‘l chipta narxlari,
istalgan hududlarda ma‘lumot xizmati agentlarinig 24 soat aloqada turishi, tekin yo‘l
xaritalari, 4 xil tekin gazetalar, 24 soat xizmat qiladigan avtobus xizmatlari, ayrim
metro bekatlaridagi 24 soat xizmat, tinimsiz xizmat ko‘rsatadigan savdo markazlari,
adashib qolganlar uchun maxsus instruktorlaning mavjudligi, tekin Wi-Fi
markazlari, ovqatlanish joylari, chakana savdo markazlari (Tesco, Morrisons, Lidl,
Sainsbury‘s, ASDA, Wilkinson, WH&Smith), Londonnig 3 xil drajadagi taksilari
(Radia taxi, Taxi Cab, Mini Cab), ikki qavatli va qo‘shimcha ulanmali qizil
avtobuslari (Double Decker), qizil rangli taksafon qutilari, ko‘chalarda temir
betondan o‘rnatilgan qizil rangli pochta qutilari, mehmonxonalar, parklar (Hyde
Park, Regents park, Central Park, Zoo park), Temza daryosi sohillarinig deyarli
barcha diqqatga sazovor joylari, ODEON kino zallari, teatrlari, shifoxanalari, yoyma
klassik bozorlari (Portabella Market, Notting Hill) va boshqa yuzlab qiziqarli joylar
sayyohlarni yillar mobaynida Britaniyaga jalb qilmoqda.