Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə389/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

4.1.8. Ishchi kuchi resurslari 
Polshada ayrim sanoat tarmoqlari tomonidan tashkil etilgan kasaba 
uyushmalari davlat va partiya tomonidan tasdiqlanishi kerak edi. Hukumat 
sanoatning barcha muhim sohalarida monopolistik ish beruvchisi bo'lganligi va 
kasaba uyushma tashkilotining partiya tomonidan boshqarilayotganligi sababli 
xodimlarni ishga olish ba‘zi hollarda murakkablliklarga duch kelmoqda.
4.1.3-rasm. Polsha ishsizlik darajasining yillar mobaynida o’zgarishi(2008-2018 
yil birinchi choragi)
269
 
Polsha ishsizlar soni 2018 yil yanvar oyida 6,9 foizga, o'tgan oyda esa 6,6 
foizni tashkil etib mehnat bozorning kutilayotgan natijalariga to'g'ri keladi. Chunki 
ro'yxatga olingan ishsizlar soni 52 mingdan 1,134 millionga oshdi. Ishsizlar soni 
o'tgan yilga nisbatan 1,397 milliondan 263,4 ming kishiga kamaydi. Polshada 
ishsizlik darajasi 1990 va 2018 yillar oralig'ida o'rtacha 13.08 foizni tashkil etib, 
2003 yil fevral oyida 20,70 foizni tashkil etdi va 1990 yil yanvar oyida rekord 
darajadagi 0,30 foizni tashkil etgan. 
269
 https://tradingeconomics.com/poland/unemployment -rate 
 


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 436 - 
4.1.9. Soliq tizimi 
Polshadagi tashkilotlar solig'i (Corporate Tax) stavkasi 19 foizni tashkil etadi. 
Bu solig'i stavkasi 1992 yildan 2018 yilgacha o'rtacha 26,15 foizni tashkil etgan va 
1993 yilda esa bu ko'rsatkich 40 foizdan yuqori bo'lgan edi. 2004 yilda bu 
ko'rsatkich 19 foizni tashkil etgan. Polshadagi Shaxsiy daromad solig'i stavkasi 32 
foizni tashkil etadi. Polsha shaxsiy daromad solig'i stavkasi 1995 yildan 2018 
yilgacha bo'lgan davrda o'rtacha 37,25 foizni tashkil etdi va bu ko'rsatkich 1996 
yilda 45 foizni tashkil etib 2009 yilga kelib 32 foizni tashkil etgan edi.
Polshada savdodan (Sales Tax) tushgan soliq miqdori 23 foizni tashkil etadi. 
Polshada savdodan olinadigan soliq stavkasi 2000 yildan 2018 yilgacha bo'lgan 
davrda o'rtacha 22,42 foizni tashkil etib 2011 yilda bu ko'rsatkich 23 foizni tashkil 
etgan. 2001 yilda esa 22 foizni tashkil etgan edi. 

Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin