XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 433 -
umumiy tashqi tarifni qo'llaydi. Polshaning yirik importi sanoatni qayta ishlash va
ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan omil xoeijiy investitsiyalar hisoblanadi.
Polsha Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining aksariyatiga
qaraganda tashqi savdoga nisbatan kamroq. Lekin, uning Yevropa bilan savdo –
iqtisodiy aloqalari juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 2011 yilda yalpi ichki mahsulotga
nisbatan yevro hududiga bo'lgan savdo hajmi (import va eksport) 40 foizni tashkil
etdi, bu 1990 yillar o'rtalaridan ikki barobar ortdi. Polsha eksportining 28 foizi
Germaniyaga, qolgan 30 foizi Yevropaning qolgan qismiga to'g'ri keladi.
Polshaning Rossiyaga eksporti sezilarli darajada oshdi. Biroq, 2014 yilning avgust
oyida Rossiyaga meva va sabzavot eksporti keskin ravishda Moskva tomonidan
siyosiy sabablarga ko'ra taqiqlanganidan so'ng sezilarli darajada kamaydi.
4.1.2-jadval
Polsha tashqi savdosi tovarlar tarkibi va yo’nalishlari (2017 y.)
Eksport
Import
Eksport (USD)
$221.40 mlrd (2017)
Import (USD)
$ 221,80 milliard (2017)
Tovarlar
bo’yicha
eksport tarkibi
mashina va transport
vositalari 37,8%, uy
xo‘jaligi 23,7%, turli xil
tovarlar 17,1%, oziq-ovqat
va tirik hayvonlar
Tovarlar
bo’yicha
import tarkibi
mashina va transport
vositalari 38,0%, uy
xo‘jaligi mahsulotlar21,0%,
kimyoviy moddalar 15,0%,
minerallar va yoqilg'i 9,0%
Asosiy
hamkorlar
Germaniya 27.3%
Buyuk Britaniya 6.6%
Chexiya 6.6%
Fransiya 5.4%
Italiya 4.8%
Gollandiya 4.5%
Asosiy
hamkorlar
Germaniya 28.3%,
Xitoy 7.9%
Gollandiya 6.0%
Rossiya 5.8%
Italiya 5.3%
Fransiya 4.2%
Chexiya 4.1%
Manba:
countrymeters.info/ru, ciaworldfactbook , focus-economics.com rasmiy ma’lumotlari asosida mualliflar
ishlanmalari.
Eksportning asosiy qismini mashinalar, metallar, to'qimachilik va kiyim-
kechak, ko'mir, oziq-ovqat, mashinalar, kimyoviy moddalar tashkil etadi. Yoqilg'i
esa asosiy import tovari hisoblanadi. Germaniya eksportning deyarli barcha toifalari
uchun eng katta bozor bo'lib qolmoqda, Rossiya esa, energiya importining eng
muhim manbai bo'lib qolmoqda, Germaniya va Xitoy xorijiy texnika, kimyoviy
moddalarning asosiy manbalari bo'lib xizmat qiladi.
|