5.4.14. O’zbekiston Respublikasi bilan aloqalari O‘zbekiston Respublikasi bilan Moldova
o‘rtasida diplomatik aloqalar 1994-yil 23-avgust kuni o`rnatilgan. 2018-yilning 15-
iyun kuni O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Kishinyov
shahrida bo‗lib o‗tgan TIV rahbarlari o‗rinbosarlari darajasidagi O‗zbekiston-
Moldova siyosiy maslahatlashuvlarida ishtirok etdi. Moldova Respublikasi Tashqi
ishlar va Yevropa bilan integratsiya vazirligi davlat kotibi Tatyana Molchan
boshchiligidagi
Moldova
delegatsiyasi
bilan
birgalikda
ikki
tomonlama
munosabatlar, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar
hamkorlik kabi yo‗nalishlardagi aloqalarning muhim masalalari batafsil muhokama
qilindi.
Uchrashuv doirasida so‗nggi yillarda asosan BMT Bosh Assambleyasi kun
tartibi bilan cheklanib qolgan O‗zbekiston va Moldova o‗rtasidagi hamkorlikni
faollashtirish muhimligi ta‘kidlandi. Savdo, qishloq xo‗jaligi, turizm sohasidagi
kooperatsiya hamda ikki davlat ta‘lim muassasalari o‗rtasidagi akademik
almashinuvni
kengaytirish
uchun ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi.
Uchrashuvda
hamkorlikni
kengaytirish
bo‗yicha
O‗zbekiston-Moldova
Hukumatlararo komissiyasininng navbatdagi majlisini o‗tkazish masalasi ko‗tarildi.
Ushbu shakldagi so‗nggi uchrashuv 16 yil oldin Toshkent shahrida o‗tkazilgan edi.
O‗zbekiston va Moldova tashqi siyosat idoralari delegatsiyalari tomonlarni
qiziqtirgan boshqa masalalarni ham ko‗rib chiqdilar
486
.
485 https://www.tripadvisor.com/Hotels-g294455-Moldova-Hotels.html 486 https://k un.uz/uz/news/2018/06/18/uzbekiston-moldova-ukumatlararo-k omissiasi-mazlisi-utkazilisi-mumk in