XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 93 -
DZ Bank
KfW Bankengruppe
Commerzbank
HypoVereinsbank
Landesbank Baden-Württemberg
31
2.2.7. Tashqi savdo munosabatlari
Dunyoning yetakchi eksportchilaridan biri bo'lgan
Germaniya, tashqi savdo
hamkorlari bilan doimiy ravishda munosabatlarni yaxshilashga juda katta e‘tibor
qaratadi. Savdo hajmining yarmidan ko'pi Yevropa Ittifoqi a'zolari
bilan amalga
oshirilmoqda. Germaniya asosiy eksport yo‘nalishlari: Frantsiya, AQSh,
Buyuk
Britaniya, Italiya va Gollandiya hisoblanadi. Sharqiy va Markaziy Yevropa bilan
savdo munosabatlari yanada o'sib bormoqda. Germaniya sobiq Ittifoqi va Rossiyani
uchun asosiy savdo sherigi hisoblanadi. Asosiy eksportga transport vositalari (shu
jumladan, avtomobillar), elektr
texnika va kimyoviy moddalar, ayrim oziq-ovqat
mahsulotlari va sharob kiradi. Import tarkibi esa
sanoat uchun xom ashyo, energiya
resurslari va yarim tayyor mahsulotlar kiradi. Frantsiya,
Gollandiya, Italiya,
Amerika Qo'shma Shtatlari,
Buyuk Britaniya, Xitoy va Belgiya mamlakatlari bilan
faol import munosabatlarini amalga oshiradi.
Germaniya eksporti o'tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga o'sib 107,1
milliard yevroni tashkil etdi. 2017 yil yakunlari bo‘yicha mamlakat 1,33 trln. AQSh
dollarida mahsulotlar eksport qilgan. Yevropa Ittifoqiga sotish hajmi 10,7
foizga
oshib, 64,9 mlrd. yevroni tashkil etdi. Yevro hududi mamlakatlari (11,2 foiz, 37,2
mlrd.yevro) va boshqa Yevropa mamlakatlarida 9,9 foizni tashkil etib, 23.8
milliard
yevro qayd etgan. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi tashqarisidagi
mamlakatlarga
eksport qilish 5,5 foizga o'sib, 42,2 mlrd. yevroni tashkil etgan. Germaniya eksporti
1950 yildan 2018 yil vaqt oralig‘ida o'rtacha 30,439 mlrd.yevroga teng bo'lib, 2017
yil mart oyida bu ko‘rsatkich 118,173 mlrd. yevrodan yuqori bo'lgan. 1950 yil
yanvar oyida bu ko‘rsatkich 226,39 mln.yevroni tashkil etgan.
31
https://www.german-way.com/travel-and-tourism/banks-money/top-german-banks/