Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

 
Nufuzli banklari 

Deutsche Bank


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 93 - 

DZ Bank 

KfW Bankengruppe

Commerzbank

HypoVereinsbank 

Landesbank Baden-Württemberg
31
2.2.7. Tashqi savdo munosabatlari 
Dunyoning yetakchi eksportchilaridan biri bo'lgan Germaniya, tashqi savdo 
hamkorlari bilan doimiy ravishda munosabatlarni yaxshilashga juda katta e‘tibor 
qaratadi. Savdo hajmining yarmidan ko'pi Yevropa Ittifoqi a'zolari bilan amalga 
oshirilmoqda. Germaniya asosiy eksport yo‘nalishlari: Frantsiya, AQSh, Buyuk 
Britaniya, Italiya va Gollandiya hisoblanadi. Sharqiy va Markaziy Yevropa bilan 
savdo munosabatlari yanada o'sib bormoqda. Germaniya sobiq Ittifoqi va Rossiyani 
uchun asosiy savdo sherigi hisoblanadi. Asosiy eksportga transport vositalari (shu 
jumladan, avtomobillar), elektr texnika va kimyoviy moddalar, ayrim oziq-ovqat 
mahsulotlari va sharob kiradi. Import tarkibi esa sanoat uchun xom ashyo, energiya 
resurslari va yarim tayyor mahsulotlar kiradi. Frantsiya, Gollandiya, Italiya, 
Amerika Qo'shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Xitoy va Belgiya mamlakatlari bilan 
faol import munosabatlarini amalga oshiradi.
Germaniya eksporti o'tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga o'sib 107,1 
milliard yevroni tashkil etdi. 2017 yil yakunlari bo‘yicha mamlakat 1,33 trln. AQSh 
dollarida mahsulotlar eksport qilgan. Yevropa Ittifoqiga sotish hajmi 10,7 foizga 
oshib, 64,9 mlrd. yevroni tashkil etdi. Yevro hududi mamlakatlari (11,2 foiz, 37,2 
mlrd.yevro) va boshqa Yevropa mamlakatlarida 9,9 foizni tashkil etib, 23.8 milliard 
yevro qayd etgan. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi tashqarisidagi mamlakatlarga 
eksport qilish 5,5 foizga o'sib, 42,2 mlrd. yevroni tashkil etgan. Germaniya eksporti 
1950 yildan 2018 yil vaqt oralig‘ida o'rtacha 30,439 mlrd.yevroga teng bo'lib, 2017 
yil mart oyida bu ko‘rsatkich 118,173 mlrd. yevrodan yuqori bo'lgan. 1950 yil 
yanvar oyida bu ko‘rsatkich 226,39 mln.yevroni tashkil etgan. 
31
https://www.german-way.com/travel-and-tourism/banks-money/top-german-banks/



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin