2.2.6. Xizmatlar sohasi Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo'lgan boshqa ko'p mamlakatlar kabi,
Germaniyaning xizmat ko'rsatish sektori (ya'ni, savdo, transport, bank, moliya va
boshqaruv) yetakchi ish beruvchi hisoblanadi. Bu g'arbiy Germaniya bo'ylab shahar
markazlarida joylashgan bo‘lib, transport, chakana savdo, bank xizmatlari va
sug'urta
bilan
shug‘ullanadi.
Germaniyani
ushbu
sektorlarda
yana
diversifikatsiyalash jarayoni juda faol tus olib bormoqda. Zamonaviy axborot
kommunikatsion texnologiyalar kabi yangi sohalarning ahamiyati sezilarli darajada
oshib bormoqda. Germaniya so‘ngi o‘n yil ichida mamlakat miqyosida
iqtisodiyotning yuqori darajasi xizmat ko'rsatuvchi xususiy firmalar (hatto savdo va
transport tashqari, sug‘urta, brokerlik, logistika, 2PL, 3PL,4PL, CIPS) faoliyati
kengayib bormoqda. Germaniya iqtisodiyoti yillar mobaynida dunyoning eng ko'p
sanoat ishlab chiqarishga yo'naltirilgan milliy iqtisodiyotlardan xizmatlar sohasiga
trasnsformatsiyalangan
mamlakatga
aylandi.
Bu
xususan, Berlinda ishlab
chiqarishning ahamiyati keskin pasayganligi bilan izohlanadi; shubhasiz, shahar
ham davlat, ham xalqaro va milliy xizmat ko'rsatish sohasi uchun jiddiy markaz
bo'lib kelgan.
Germaniya qarzning YaIMga nisbati 2010 yilda 80,3 foizni tashkil etib,
borgan sari kamayib bormoqda. Yevrostat ma'lumotlariga ko'ra, Germaniya davlat
qarzlari 2015 yilda 2,152 milliard yevro yoki yalpi ichki mahsulotning 71,9 foizini
tashkil qiladi. Federal hukumat 2015 yilda 12,1 milliard yevro (13,1 milliard dollar)
byudjet profitsitiga erishdi. CIA Worldfactbook ma‘lumotiga ko‘ra Germaniya
tashqi qarzi 2017 yil bo‘yicha 5.2 trln. AQSH dollarini tashkil etgan. Kredit reyting
30 https://tradingeconomics.com/germany/industrial -production