Germaniya sanoati. Germaniya iqtisodiyoti



Yüklə 28,59 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü28,59 Kb.
#178249
  1   2   3   4   5
GERMANIYA SANOATI. GERMANIYA IQTISODIYOTI


GERMANIYA SANOATI. GERMANIYA IQTISODIYOTI

Reja:
1. Germaniya sanoati.
2. Germaniya iqtisodiyoti
3. Germaniya import va eksport aloqalari

Germaniya (nemischa: Deutschland), Germaniya Federativ
Respublikasi (nemischa: Bundesrepublik,Deutschland) — Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Maydoni 357 ming km2. Aholisi 83,149,300 kishi (2019-yilga koʻra).[1] Poytaxti — Berlin shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 yer (shtat) ga, yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga boʻlinadi.
1.Sanoati
Mashinasozlik nemis iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qoʻngʻir koʻmir (dunyoda birinchi oʻrin), toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, polimetall ,
rudalar, kaliy va oshtuzi qazib olinadi. Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik gʻoyat rivojlangan. Germaniya sanoati asosan oʻrta korxonalardan iborat. Sanoatda band boʻlgan barcha xodimlarning 32 % dan koʻprogʻi (2,2 million kishi) yirik firmalarda ishlaydi. „Simens“ konserni, „Folksvagen“, BMV va „Daymler Bens“ kabi avtomobilsozlik firmalari, „Xyoxst“, „Bayer“ va BASF kabi kimyo konsernlari, „Rurkole AG“ koʻmir qazish firmasi, „FEBA“ va „RVE“ elektr texnika konserni yoki „Bosh“ guruhi butun dunyoga mashhur boʻlib, dunyoning hamma joylarida filiallari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor. Yirik firmalar koʻpdan-koʻp mayda va oʻrta korxonalarning buyurtmachisi hisoblanadi. Bu muvaffaqiyatlarda boshqariladigan iqtisodiyotdan 1948-yilda bozor xoʻjaligiga oʻtilganligi hal qiluvchi omil boʻldi. Transport vositalari ishlab chiqarish, mashinasozlik, kimyo sanoati, elektr texnika, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik, aniq mexanika va optika, aviatsiya va kosmik sanoati asosiy tarmoqlardir. Texnika taraqqiyoti sohasida Germaniya sanoati dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Germaniya iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalanish tufayli farmatsevtika mahsulotlari, eng yangi organik kimyoviy moddalar va sunʼiy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va oʻlchov asboblari ishlab chiqarishda, yangi avtomobillar yaratish va mashinasozlikda, telekommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi oʻrinda. Germaniyada qadimdan va goʻzal anʼ-analarga ega boʻlgan hunarmandchilik rivoj topgan.

Yüklə 28,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin