Germaniya sanoati. Germaniya iqtisodiyoti


Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari



Yüklə 28,59 Kb.
səhifə2/5
tarix14.12.2023
ölçüsü28,59 Kb.
#178249
1   2   3   4   5
GERMANIYA SANOATI. GERMANIYA IQTISODIYOTI

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
Germaniya kommunistik partiyasi, 1968-yilda tuzilgan; Demokratik sotsializm partiyasi, sobiq GDRda 1946-yilda tuzilgan Germaniya birlashgan sotsialistik partiyasi (GBSP) negizida 1989-yilda tashkil etilgan; Germaniya sotsial-demokratik partiyasi[8], 1946-yilda tuzilgan; Xristian-demokratik ittifoqi, 1945-yildan faoliyat kursatadi, 1950-yilda tashkiliy jihatdan yagona partiya sifatida rasmiylashgan; Xristian-sotsial ittifoqi, 1945-yilda Bavariyada asos solingan; Erkin demokratik partiya, 1990-yilda tuzilgan: „Ittifoq-90“ „koʻkatparvarlar“ partiyasi. 1993-yilda „Koʻkatparvarlar“ bilan „Ittifoq-90“ partiyasining birlashuvi natijasida barpo etilgan; Germaniya milliy demokratik partiyasi, 1964-yilda yangi natsistlar tomonidan tuzilgan; Respublikachilar partiyasi, 1983-yil asos solingan. nemis kasaba uyushmalari ittifoqi[9], 1949-yilda tuzilgan, Germaniya birlashganidan soʻng sobiq GDRdagi kasaba uyushmalari unga qoʻshildi. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.
Germaniyada inflatsiya.
Germaniyada dekabr oyida biroz sekinlashuvdan so‘ng, joriy yil boshida inflatsiya yana tezlashdi. Yanvar oyi oxirida iste’mol narxlari 2022 yilning shu oyiga nisbatan 8,7 foizga oshdi, deb xabar qildi Germaniyaning Visbadendagi Federal statistika boshqarmasi 22 fevral, chorshanba kuni oy boshida qilingan birinchi hisob-kitoblarni tasdiqlab.
Dekabr oyida, qayta ko‘rib chiqilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yillik inflatsiya darajasi 8,1 foizni, noyabrda - 8,8 foizni tashkil etdi. Dekabr oyida ko‘rsatkichning biroz pasayishi Germaniya hukumati ushbu oyda favqulodda yordam dasturi doirasida iste’molchilarga gaz va issiqlik uchun oylik to‘lovlarni budjetdan qoplagani bilan bog‘liq.
«Biz ko‘p tovarlar uchun narxlar o‘sishini ko‘ryapmiz, ayniqsa - xizmatlar uchun. Yanvar oyida xususiy uy xo‘jaliklari uchun energiya va oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi sezilarli bo‘ldi», - dedi Federal statistika boshqarmasi rahbari Rut Brand. Yanvar oyida aholi uchun energiya narxlari 2022 yilning birinchi oyiga nisbatan 36,5 foizga, xususan, tabiiy gaz narxi 51,7 foizga, mazut 30,6 foizga, elektr energiyasi 25,7 foizga oshdi. Oziq-ovqat sohasida yillik inflatsiya 20,2 foizni tashkil etdi. Yanvar oyida oylik nisbatda iste’mol narxlari 1 foizga oshdi.



Yüklə 28,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin