Germaniya sanoati. Germaniya iqtisodiyoti



Yüklə 28,59 Kb.
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü28,59 Kb.
#178249
1   2   3   4   5
GERMANIYA SANOATI. GERMANIYA IQTISODIYOTI

2.Germaniya iqtisodiyoti
Germaniya Iqtisodiy Tadqiqotlar Institut ekspertlari Germaniyada retsessiya boshlanganini e’lon qildi, deb yozadi Deutsche Wirtschafts Nachrichten.
Tahlilchilarning fikricha, 2022-yilning iyulidan sentyabriga qadar aprel-iyun oylariga nisbatan Germaniya yalpi ichki mahsuloti 0,2 foizga kamaydi, bu Germaniya iqtisodiyoti "allaqachon retsessiyaga tushib qolganidan" dalolat berishi mumkin.

Tadqiqotchilar iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishini energetika inqirozi, yuqori inflyasiya va jahon iqtisodiyotining umumiy "sovishi" bilan bog‘lashdi.


O‘tgan hafta Germaniya Federal Banki matbuot xizmati oylik hisobotida nemis iqtisodiyoti kuchaygan energetika inqirozi, energiya narxining oshishi va rekord darajadagi inflyasiya tufayli yaqin kelajakda retsessiyaga kirish xavfi ostida ekanligini aytdi.
Avgust oyida Germaniya markaziy banki prezidenti mamlakatda sentabr oyida inflyatsiya 70 yil ichida birinchi marta 10%dan oshishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Germaniya statistika departamenti e’lon qilgan hisobotda sentabrda inflyatsiya 11%ga (10,9%) yaqinlashgani ma’lum qilindi.
Mutaxassislarning fikricha, Germaniya iqtisodiyoti 1951-yildan beri bunday inflyatsiyani (11,54%) boshdan kechirmagan.
“Germaniyada inflyatsiyaning qaytalanishi hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari yakunlanganidan va Yevropa ittifoqida energiya inqirozi yomonlashganidan dalolat beradi. Inflyatsiya darajasi allaqachon 11%ga yaqinlashib, 10,9%ga yetdi”, — deyiladi hisobotda.
Inflyatsiyaga energiya narxlari ta’sir ko‘rsatgani ta’kidlanmoqda, shuningdek, narx sentabr oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 43,9%ga oshgan.
Bundan tashqari sentabr oyida mamlakatda oziq-ovqat narxlari 18,7% ga, xizmatlar narxi — 3,6% ga, ijaraga beriladigan uy-joylar — 1,7% ga oshdi.
“Bloomberg” ta’kidlashicha, Germaniya jamoat transporti va yoqilg‘iga yozgi chegirmalarni bekor qilgani sababli inflyatsiyaning o‘sishi kutilgan edi.
Ammo uning darajasi yevrozona mamlakatlari uchun o‘rtacha prognozdan sezilarli darajada oshdi — 9,7%.
Agentlik manbalariga ko‘ra, payshanba kuni Germaniya hukumati gaz narxini pasaytirib, bu maqsad uchun kamida 150 mlrd yevro ($146 mlrd) ajratishini e’lon qildi.
Bungacha hukumat iste’molchilar va korxonalar uchun gaz narxining oshishini umumiy qiymati 100 mlrd yevroga teng yordam paketlari bilan qoplashga harakat qilgan edi.
2022 yilning noyabr oyida Germaniya hukumati qoshidagi Iqtisodiy ekspertlar kengashi 2023 yilda Germaniya yalpi ichki mahsuloti 0,2 foizga pasayishini kutgan bo‘lsa, hozirda ekspertlar YAIMning 0,2 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, 2024 yilda mamlakat iqtisodiyoti 1,3 foizga o‘sadi. Ularning qo‘shimcha qilishicha, inflyasiya eng yuqori cho‘qqiga chiqdi, lekin u asta-sekin pasayadi. Joriy yilda iste’mol narxlari 6,6 foizga, kelasi yili 3 foizga oshadi.
Xoʻjaligi OFR — yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Umumiy iqtisodiy qudratiga koʻra dunyoda uchinchi oʻrinda, jahon savdosida ikkinchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qurilishning ulushi 33,6 % ni, qishloq xoʻjaligining ulushi 1,2 % ni tashkil etadi.
Qishloq xoʻjaligi
Germaniyada qishloq xoʻjaligiga yaroqli 36 million ga yer bor. U moʻl-koʻl yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi. Qishloq xoʻjaligining asosiy mahsulotlari: bugʻdoy, arpa, qand,lavlagi, kartoshka, shuningdek uzum, meva, sabzavot va boshqalar. Chorvachilikda mol goʻshti, choʻchqa goʻshti, tovuq goʻshti va sut yetishtiriladi.
Germaniya hududining qariyb uchdan bir qismi (10,7 millionga) oʻrmon bilan qoplangan. Mamlakatda har yili salkam 30—40 million kub metr yogʻoch tayyorlanadi, bu hajm ichki ehgiyojning uchdan ikki qismini krplaydi. Germaniya yogʻoch eksport qiladigan eng yirik davlatlardan biridir. Shimoliy va Boltiq dengizlarida, Grenlandiya oroli atroflarida baliq ovlanadi.



Yüklə 28,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin