XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 839 - sifat darajasi bo‘yicha yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekistondagi Latviya
Respublikasi favqulotda va muhtor elchisi – Edgars Bondars va Latviyadagi
O‘zbekiston Respublikasining favqulotda va muhtor elchsi – Afzal Ortikov.
1998 yildan Latviya-o‘zbek hukumatlararo komissiyasi ish boshlagan.
Komissiya vazifalariga mutaxassislar darajasida ikki ikki tomonlama aloqalarning
muhim masalalarini ko‘rib chiqish va taklif berish kiradi. 2013 yilning 18-19
sentyabr kunlari Toshkent shahrida Komissiyaning navbatdagi 4-yig‘ilishi bo‘lib
o‘tdi. Unda transport, ta‘lim, turizm, qishloq xo‘jaligi va boshqa masalalarga
tegishli savollar muhokama qilindi. Ikkii mamlakat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikka
tegishli masalalarni ko‘rib chiquvchi yaxshi huquqiy asoso yaratilgan.Latviyaning
oily o‘quv yurtlari o‘zbek talabalari uchun Evropa Ittifoqi darajasida ta‘lim olishni
taklif qiladi. Latviyada ta‘lim olayotgan chet el talabalarining soni jihatidan
O‘zbekiston 3 o‘rinda turadi. 2013 yilda O‘zbekistondan borib tahsil olayotgan
talabalar soni 366 kishiga etdi. Oliy o‘quv yurtlari ko‘plab mutaxassisliklar bo‘yicha
ta‘lim olishni taklif qiladi. Bank va moliya ishi, texnik ta‘lim, tibbiyot, aviatsiya va
boshqalar shular jumlasidandir
547
.
2014 yil shu yilning 27-29 may kunlari Latviya Respublikasi Prezidenti
Andris Berzinsh boshchiligidagi katta delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi.
Uning doirasida ikki davlat rahbarlarining yuqori darajadagi uchrashuvi, O'zbek-
Latviya biznes-forumi, ikki davlat ishbilarmonlari uchun koperatsion birja tashkil
etildi. Latviya Iqtisodiyot vaziri Vyacheslavs Dovrovskis - Munosabatlarimiz
doimiy xarakter kasb etishida Latviya Savdo sanoat palatasi vakolatxonasining
Toshkentda ochilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni ta'kidlashim kerakki,
Latviya
iqtisodiyotida
bugun
xususiy
tadbirkorlar
katta
ulushga
ega.
Mamlakatda ularning erkin faoliyat yuritishi uchun keng sharoitlar yaratilgan.
Erkinlik bilan birga, ularning majburiyatlari ham aniq belgilab berilgan. Hukumat
ular tomonidan ilgari suriladigan tashabbuslar, ya'ni chet ellik hamkorlar bilan
aloqalarini
kengaytirish
va
biznes
g'oyalarni
amalga
oshirish tashabbuslariga suyanadi. G'oyalar muzokaralar asosida biznes rejalar
547 http://www.mfa.gov.lv/uz/uzbek istan/latviya-o-zbekiston-aloqalari