XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 840 - va aniq loyihalarga aylanganda ularga hukumat tomonidan ko'mak zarur bo'lishi
mumkin. Shunda hukumat o'z vakolatlari doirasida ularni qo'llab-quvvatlaydi.
Bugungi kunda O'zbekitonda 21 ta, mening mamlakatimida esa 402 ta O'zbek-
Latviya kapitali asosida ochilgan korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bizning
vazifamiz ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, mamlakatda biznes muhitni
yaxshilashdan iborat
548
.
2018-yilning 14-aprel kuni O'zbekiston Tashqi savdo vazirligida Latviya
Seymi raisi Inara Murnietse boshchiligidagi Latviya delegatsiyasi bilan uchrashuv
o'tkazildi. Inari Murnietse so‘zlariga ko'ra, Latviya transport-logistika sohasidagi
hamkorlikni rivojlantirishga katta e'tibor beradi. Shu munosabat bilan Latviya
delegatsiyasi tomonidan ikki mamlakat poytaxtlari o'rtasida aviaparvozlar sonini
ko'paytirish masalasini ko'rib chiqish taklif etildi. O'z navbatida, o'zbek tomoni yuk
tashish tariflari, shu jumladan temir yo'l transporti orqali tashish uchun chegirmalar
taqdim etish masalasini ko'rib chiqishni taklif qildi. «Latviya, O'zbekistonning
muhim hamkori bo'lib, uning geografik joylashuvi va rivojlangan transport
infratuzilmasi hisobiga Respublikamizning tashqi savdosida muhim rol o'ynaydi.
Mavjud transport koridor, Latviyaning Riga va Liepaya shaharlari portlariga
chiqishga imkon beruvchi mavjud transport koridori har ikki yo'nalishda yuk tashish
hajmini yanada oshirish uchun sezilarli salohiyatga ega. Ikki mamlakat transport
tizimlari
orqali
tovarlarni
tranzit
qilish uchun tariflarni optimallashtirish,
O'zbekiston va Latviya hududlari bo'ylab yuk tashish hajmini sezilarli darajada
oshiradi».
Tomonlar, iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha ikki
tomonlama hukumatlararo komissiya majlisidan oldin, savollarni ko‘rib chiqish
maqsadga muvofiqligini tasdiqlashdi. Ta'kidlash joizki, HK ikki davlat o'rtasidagi
aloqalarni rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Latviya tomoni, komissiyaning
kelgusidagi majlisi tartibini Latviya Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish va
mintaqaviy rivojlanish vaziri K. Gerxardsning O'zbekistonga tashrifi doirasida
548 https://uzreport.news/economy/ozbek iston-bilan-latviya-ortasidagi-savdo-iqtisodiy-hamk orlik -aloqalari- k engaymoqda