Xosxususiyatlari



Yüklə 239,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix04.05.2023
ölçüsü239,69 Kb.
#107225
1   2   3   4
24-Текст статьи-83-1-10-20210130

Образование и инновационные исследования (2020 год №1)
88


dalolat beradi. Bu quyidagi ko‘nikmalar orqali aniqlanadi: tahlil qilish, umumlashtirish, qiyoslash 
hamda ommalashtirishorqali. 
Rus pedagogi B. G. Ananevning hamkorlik faoliyatining muhim omili hisoblangan muomala 
madaniyatiga oid tadqiqotlarida o’qituvchining baholash va tahlil qilish, tarbiyachilik imkoniyati, 
o’quvchilarning aqliy va axloqiy rivojlanishlari uchun muhim manba ekanligi alohida ta’kidlangan.
Rus pedagogi A. V. Petrovskiy shaxslararo munosabatlar jamoadagi faoliyatdan kelib chiqishini 
o’rgangan holda, ta’lim jarayonida o’qituvchining o’quvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish faqat 
ularning muloqot, muomalaga nisbatan ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o’quv materialini 
o’zlashtirishning ham muhim sharti ekanliginita’kidlaydi. 
Pedagogik hamkorlikning didaktik asoslarida: 
-pedagogik hamkorlik jarayonini tashkil etishning zamonaviy texnologiyasi; 
-pedagogik hamkorlikka asoslangan o’quv jarayonining samaradorligi
-pedagogik hamkorlikning ta’lim maqsadi va mazmuniga hamohangligi; 
-ta’limning muayyan bosqichlarini pedagogik hamkorlik asosida tashkil etish metodikasi
-pedagogik hamkorlik jarayonida o’qituvchi~o’quvchi munosabati” kabi masalalarni qamrab 
oladi. 
O‘quv-biluv jarayonida bilish faolligini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda 
o‘quvchilarning mustaqilligidan kelib chiqqan holda o‘quv jarayonida ular faolligini ta’minlashning 
uch yo‘nalishi ajratilgan: 
- namunaga asoslangan taqlidiy; 
- izlanuvchilikka asoslangan ijrochilik
- ijodiy bilish faoliyati. 
Namunaga asoslangan taqlidiy faoliyat harakatning tayyor namunalari asosida hosil bo‘ladi. 
Izlanuvchilikka asoslangan ijrochilik faoliyati qiyosiy tarzda o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan 
muammoli vaziyatlarni echish yo‘llarini mustaqil tarzda izlashdan iborat. Ijodiy faoliyat esa, bilish 
faoliyati hosil bo‘lishining yuqori shakli sifatida berilgan vaziyat doiarsidan tashqariga chiqishdan 
iborat bo‘lib, muammolarni yechishning yangi, o‘ziga xos usullarini izlash, o‘z hatti-harakatlarini 
mustaqil boshqarishning yuqori ko‘rsatkichlarini namoyon qilishdan iborat. 
Mazkur vazifalarning yechimi o‘quvchilarni rivojlantirish imkonini beradi va ularning bilish 
faoliyatini jadallashtirishni tashkil etishga ko‘maklashadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga 
vazifalarni qanday yechish va savollarga qay tarzda javob berishni ko‘rsatib berishi kerak. Shu 
maqsadda u o‘quvchilarga muayyan reja va faoliyat modelini taqdim qiladi. Ta’kidlash kerakki, 
o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini jadallashtirish ularni yangi bilimlar va axborotlarni izlashning 
zarur usullari bilan izchil qurollantirishni nazarda tutadi. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarga ijodiy 
faoliyat ko‘rsatish darajasiga erishish imkonini beradi. Bunda o‘quvchilarning ijodiy tafakkurlari 
yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Pedagogik hamkorlik jarayonida jamoa bo’lib ishlash talabi guruhda mavzu doirasida yangi 
mushtarak g’oyalar tug’ilishiga zamin hozirlaydi. Tabiiyki, pedagogik hamkorlik ta’lim jarayonida 
samaradorligi sinalganilg’or pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishni taqozo etadi. 
Jumladan, ta’lim jarayonida vaqti va o’rniga qarab “Kichik guruhlarda ishlash”, “Zanjir”, “Baliq 
skeleti”, “Tushunchalar tahlili”, “Charxpalak”, “Yelpig‘ich”, “Qarorlar shajarasi” , “Zig-zag”, 
“6x6x6”, “Qora quti” kabimetodlardan, “Chala xat”, “O‘z o‘rningni top”, “Quvnoq kubikchalar”, 
“Topib o‘qi”, “Aql charxi”, “Sirli sandiq” kabi didaktik o‘yin-mashqlardan foydalanilganda 
o’quvchining izlanuvchanlik qobiliyatini rivojlanishiga, qo’yilgan muammoning yechimiguruh 
a’zolari bilan bajarganholda yangi farazlar, his-tuyg’uga asoslangan yechimlar topishga urinadilar va 

Yüklə 239,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin