o‘quv predmetini o‘zlashtirish imkoniyati ta’minlanadi. Bu jarayonda o‘qituvchining vazifasi –
o‘quvchining mayllarini hisobga olish, rejalashtirish, uning faoliyatini nazorat qilish va tuzatish kabi
uzviy bog‘langan jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
O‘rganish o‘quvchiga o‘z hatti-harakatiga ishonch tug‘diradi. Bunda o‘quvchining bilish
faoliyatini rivojlantirish orqali erishishda hamkorlikda o‘qitish asosiy o‘rinni egallaydi. Bugungi
kunga kelib aksariyat o‘quvchilar o‘z bilim zahiralarini kengaytirishga intilmayotganliklarining guvohi
bo‘lamiz. Ular darslarda faol ishtirok etmaydilar. Ular o‘quv jarayonidan tashqaridagi erkin faoliyatga
ko‘proq qiziqadilar. Buning sabablaridan biri o‘quvchilar maktabga borar ekanlar, o‘qituvchilar
va sinfdoshlarining mehr-muhabbati, e’tiborini qozonishga harakat qiladilar. Bu muammoning
yechimi uzluksiz ta’limning o‘ta muhim masalalaridan biri bo‘lib, o‘quvchi maktabga kelib o‘qish
istagini amalga oshirish uchun o‘zlashtirish darajasi muhim ahamyatga ega. O‘quvchilar jamoasida
birgalikda erishish, ya’ni kichik guruhlarada ishlash davomida tezroq va natijali amalga oshadi.
O‘rtoqlari ko‘magi orqali guruhda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi hamda jamoasi yutug‘iga o‘z hissasini
qo‘shish hissi shakllanadi. Bu motivatsiya keyingi faoliyatga ishonch va intilish, hamkorlikda ishlash
ko‘nikmalariga ijobiy munosabatlarini yuzaga keltiradi.
Muvaffaqiyat har bir o‘quvchi erisha olishi uchun qulay bo‘lgan o‘quv vaziyatini vujudga keltirish
orqali ta’minlanadi. Mutaxassislar o‘quv vaziyatida o‘quvchining bilish ehtiyojlarini qondirish uning
rivojlanishida muhim o‘rin egallashini ta’kidlab kelmoqdalar. Agar o‘quvchiga o‘quv vaziyatida
muvaffaqiyat qozanish imkoniyati berilsa u hayotda ham o‘ziga to‘g‘ri yo‘l tanlay oladi.
O‘quv vaziyatini vujudga keltirish o‘quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish uchun keng
imkoniyatlar yaratishini didaktlar har tomonlama asoslashga harakat qilmoqdalar. Agar o‘quvchi
bilishga intilsa, bilim olishga ehtiyoj sezsa, ularda sog‘lom mayllar va qiziqishlar hosil bo‘ladi va ular
bilish jarayonida muvaffaqiyat qozonadilar. O‘quvchida hosil bo‘lgan bilish, ijod qilish, muloqotga
kirishish quvonchi uning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshiruvchi asosiy omildir. Bu esa
o‘qituvchi faoliyatining mazmun-mohiyatini oshirish imkonini beradi va o‘qituvchi hamkorlikdagi
faoliyat orqali har bir o‘quvchi uchun muvaffaqiyat qozonishga yo‘naltirilgan o‘quv vaziyati
hosilbo‘ladi.
Sinergetik ta’lim orqali o‘quvchilarda quyidagi bilish faoliyati shakllanadi:
- bilish qiziqishlari ortib boradi;
- o‘quv maqsadlariga erishish jadallashadi;
- shaxsiy bezovtalik va hissiy barqarorlik yuzaga keladi;
- yutuqlarni qo‘lga kiritish va muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi;
- intellektual layoqatlilik va muloqotga kirishuvchanlik rivojlanadi;
- shaxsiy tajribalar hamdako‘nikmalar ortib boradi;
- shaxsiy tajriba hamdabilim yanada takomillashadi.
Pedagogik hamkorlik ta’lim jarayoni sub’ektlari faoliyatida yangicha sifat o’zgarishlarining
shakllanishi va namoyon bo’lishiga ko’maklashadi. Pedagogik hamkorlikning muhim jihati shundaki,
u ta’lim jarayoni sub’yektlari faoliyatini muayyan tarzda uyg’unlashtirishga xizmat qiladi.
O‘quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishning zarur sharti – muayyan o‘quv vaziyatlarida
o‘zlarini mustaqil boshqarishlarida namoyon bo‘ladi. Bu ularning o‘z xulq-atvorlarini boshqarishlarida
yaqqol aks etadi. Faoliyat xarakteri va amalga oshirish sharoitlariga bog‘liq holda qo‘yilgan maqsadga
erishishga yo‘naltirilgan ixtiyoriy quvvatlar namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv jarayoni
sub’yekti sifatida shakllanishlari ularda ruhiy bilish imkoniyatini tarkib toptirmasdan amalga oshirib
bo‘lmaydi. Birinchi navbatda tafakkur, o‘zi haqida o‘ylash imkoniyatining vujudga kelishi, o‘z-o‘zini
nazorat qilishi, o‘z-o‘zini baholashi o‘quvchilarda aqliy faoliyat operatsiyalarining shakllanganligidan
Dostları ilə paylaş: