Xosxususiyatlari



Yüklə 239,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix04.05.2023
ölçüsü239,69 Kb.
#107225
1   2   3   4
24-Текст статьи-83-1-10-20210130

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2020 йил №1)
89


bunga ma’lum miqdorda erishadilar, eng avvalo, ular o’zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyon qila 
olishga odatlanadilar hamdao‘quvchilar diqqatining rivojlanishida muayyan o‘zgarishlar vujudga 
keladi. O‘quvchilardiqqatining o‘ziga xos jihatlari jadal tarzda rivojlanadi. Uning barqarorligi 
kuchayib, uyg‘unlashtirish va taqsimlash ko‘nikmalari rivojlanadi. 3-4-sinf o‘quvchilari o‘z 
diqqatlarini muayyan hodisaga etarli darajada qaratish va topshirilgan harakat dasturini ixtiyoriy 
tarzda bajarish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. 
Hamkorlikda faoliyat olib borish o‘quvchi ongida muayyan maqsadlar, xulq-atvorning yuksak 
namunalari o‘z ifodasini topadi. O‘quvchining bilish faoliyati rivojlangan sari u mazkur maqsadlarning 
qimmati va muhimligini ko‘proq anglay boshlaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilish 
faoliyatlari yanada samaraliroq rivojlanishi uchun o‘qituvchilar va ota-onalarning diqqat-e’tibori va 
ularga beradigan baholari ayniqsa muhim hisoblanadi. O‘quvchilarning xatti-harakatlariga kattalar 
va o‘qituvchilar tomonidan berilgan hissiy baho ularning axloqiy hissiyotlari rivojlanishini aniqlaydi. 
Buning natijasida o‘quvchilar o‘quv jarayonida tanishadigan qoidalarga mas’uliyatli tarzda jiddiy 
munosabatda bo‘ladilar. 
Xulosa qilib aytganda bu jarayonda o‘quvchi bilish faoliyatining asosiy subyekti sifatida 
namoyon bo‘la oladi. Bilish jarayonda o‘qituvchi bajaradigan asosiy faoliyat o‘quvchilar bilish 
imkoniyatlarining ochilishi uchun qulay sharoit yaratish hamda hamkorlikda ishlash, har bir 
o‘quvchining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda ularning bilish imkoniyatlarini namoyon qilishlari 
uchun zarur o‘quv vaziyatini vujudga keltirishdan iboratdir. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risidagi Qonuni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 
ularning layoqatlari va bilish imkoniyatlarini rivojlantirish asosida ta’lim berishni nazarda tutadi. 
Ta’limning bu turi boshlang‘ich ta’limni (1-4 sinflar) qamrab oladi hamda o‘quvchilarning fanlar 
asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy 
va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy 
fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va 
kasb tanlashni shakllantiradi. 
Shunday ekan boshlang‘ich ta’lim jarayonida innovatsion yondashvlar asosida tashkil etish
hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bilish faoliyatini shakllantirishda o‘quv vaziyatlarini 
tashkil eta olish, shuningdekboshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy hayotga munosabatlarini 
shaklantirishda hamkorlikda o‘qitishni joriy etishmuhim ahamiyatga egadir. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. Toshkent: 2020, 23.09. 46-47- 
betlar. 
2. Islom Karimov. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish eng oliy 
saodatdir. T. ”O’zbekiston” 2015, 235 bet. 
3. S. Abdullayeva, R. Choriyev. Hamkorlik pedagogikasi. T.: Bayoz, 2015. – 5-6 -betlar. 
Образование и инновационные исследования (2020 год №1)
90

Yüklə 239,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin