Esda olib qolish nerv tizimining egiluvchan, ya'ni o’zgaruvchanlik, qo’zqatuvchilar ta'sirida o’zida go’yo bir iz qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, uning darajasi har xil bo’ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli faoliyatga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq ravishda rivojlanadi. Atrofni o’rab olgan borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha pasayishi, xotira samarasining susayishi, ba'zi paytda odamning toliqishiga sabab bo’ladi. Dam olgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh o’tishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari gapirganlari esdan chiqib, o’sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining ko’rsatkichi bosh miya po’stlog’ida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga kelishi, davomli saqlanishi va ularning tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi. Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarni hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir. Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. Bu o’rinda akademik I.P.Pavlovningquyidagi so’zlari juda xarakterlidir. "Muvaqqat nervbog’lanishlari-debyozadiI.P.Pavlovhayvonotolamidavabizningo’zimizdahambo’ladiganengumumiyfiziologikhodisadir.Shubilanbirgaupsixikhodisahamdir,turli-tumanharakat,taassurotbo’lmasaharflar,so’zlarvafikrlaro’rtasida paydo bo’ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlarni psixologlarassosiasiyalardebataydilar". Xotira, ya'ni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil bo’lgan obrazlar o’rtasida assosiasiyalarning yuzaga kelishidan iboratdir. Shu bois inson xotirasidagi assosiasiyalar 3 turga ajratiladi. Bular yondoshlikassosiasiyasi,o’xshashlikassosiasiyasivaqarama-qarshilikassosiasiyalaridan iboratdir. Yondoshlik assosiasiyasining asosida vaqt va fazoviy munosabatlar yotadi. Boshqacha qilib aytganda, yondoshlik assosiasiyasi bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo’ladi. Masalan, bog’chada bolasi har kuni o’zining tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan guruhini
idrok qiladi. Keyinchalik, ya'ni katta bo’lgandan so’ng bog’chasini eslasa tarbiyachi opasi va aksincha, tarbiyachi opasini eslasa, bog’cha guruhi ko’z o’ngida gavdalanadi.
Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o’rtasida ma'lum o’xshashlik bo’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi hosil bo’ladi. Masalan, bola dastavval bog’chaga kelgan paytida bog’cha mudirasining tashqi ko’rinishi, ovozi va munosabatlarini o’z onasiga o’xshatishi mumkin. Keyinchalik bola onasini ko’rganda, mudira opasini va aksincha mudira opasini ko’rganda onasini eslaydigan bo’lib qoladi. Bu ikkala odamning bola tasavvuridagi obrazlari o’rtasida assosiasiya hosil bo’ladi.
Hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o’rtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar bo’lsa, bunday narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyasi yuz beradi. Masalan yoz-qish, issiq-sovuq kabi narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyalari hosil bo’ladi.
Shunday qilib, xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assosiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assosiasiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assosiasiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi.
Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta'kidlash joiz. Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko’ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o’zgarishi bilan bog’liqdir. O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo’lgan o’zgarish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi. Shu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.