Xotira xotira haqqida tushuncha Xotira


Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko’ra



Yüklə 115,86 Kb.
səhifə4/25
tarix20.01.2023
ölçüsü115,86 Kb.
#79883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
9-ma\'ruza (2)

3. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko’ra:
a) qisqa muddatli xotira;
b) uzoq muddatli xotira;
v) operativ (tezkor) xotira.
4. Ruhiy faoliyat qo’zqatuvchisining sifatiga ko’ra:
a) musiqiy;
b) eshitish xotirasi;
5. Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga qarab:
a) fenomenal;
b) kasbiy.
Keltirilgan xotira turlarini umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:





Harakat xotirasi - inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko’rinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. Masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql-zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko’rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o’z ifodasini topib harakatlarda,hissiy kechinmalarda, tuyg’ularda, obrazlarda, timsollarda, fikr va mulohazalarda aks etadi.
Turli harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, sur'ati, izchilligi va boshqalarni esda qoldirish, mustahamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi harakat xotirasi deb ataladi.
Xotiraning bosh qa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba'zi odamlarda aniq ravshan ustunlik qilishi uchrab turadi. Psixologiya fanida klassik misolga aylanib qolgan ushbu holatni keltirib o’tish maqsadga muvofiqdir: bir musiqa ishqibozi musiqalarni xotirasida mutlaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin u yaqindagina eshitgan operani faqat pantomimika tarzidagina qayta tiklash imkoniyatiga ega bo’lgan. Turmushda shunday odamlar uchraydiki, ular o’zlarida harakat xotirasining borligini umuman payqamaydilar. Mazkur xotira turining g’oyat ahamiyati shundan iboratki, u yurish, yozish, ifodali harakat malakalari bilan bir qatorda har xil amaliy mehnat malakalarini tarkib toptirishning asosini tashkil qiladi. Agar insonda harakat xotirasi bo’lmaganda edi, o’zini har gal "boshdan boshlab" o’rganar edi. Figurali uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, chopish, xatti-harakatlar, badiiy gimnastika bilan shug’ullanish harakat xotirasini taqozo etadi. Jismoniy chaqqonlik, mehnat mahorati, "oltin qo’llar", ziyrak ko’zlar, egiluvchanlik va kuzatuvchanlikka ega bo’lish yuksak, barqaror harakat xotirasi mavjudligining alomati bo’lib hisoblanadi.
His-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi. Bu xotira his-tuyg’ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Voqelikdagi narsa va hodisalardan, o’z-o’zimizga bo’lgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xotira turi deb ataladi. Boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlanib qolgan hissiyotlar harakatga undovchi va o’tmishda salbiy kechinmalarga ega bo’lgan harakatlardan saqlanib qoluvchi signal tarzida namoyon bo’ladi.
Hissiy xotira o’zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dinamikasi, davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma'lum ma'noda ajralib turadi. har bir odamga o’z turmush tajribasidan ma'lumki, ko’pincha, qachonlardir o’qigan kitoblar, tomosha qilgan kinofilmlar faqat "taassurotlar", bog’lanishlar zanjirini yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon bo’ladi. Shuning uchun hissiy xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida olingan odamlar kayfiyatlari
bir-birlariga o’xshashligi, iliq ruhiy muhitni vujudga keltirish yoki noxush kechinmalar to’lqinini barpo etish ehtimoli to’g’risida mulohaza yuritilayotgan alomati ostida ijtimoiy guruhiy, jamoaviy, barqaror va beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi.
Obrazli xotira - tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, ta'mlar, ranglar shakllar, bilan bog’liq bo’lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisalarning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog’lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug’ilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi.
Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir necha turlari ajratib ko’rsatiladi va ular quyidagilardan iborat.
Izchil obrazlar sensor xotiraning eng sodda ko’rinishi yoki shakli izchil obrazlardan iboratdir. Izchil obrazlarning namoyon bo’lish hodisasi quyidagilardan tuziladi: agar sub'ektga bir necha daqiqa oddiy qo’zg’atuvchi yuborilsa, jumladan 10-15 sekund yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so’ng tekshiruvchi oldidan kvadrat olib quyilsa, u qizil kvadrat o’rnida xuddi shunday geometrik shakl izini ko’rishda davom etadi. Asosan bu shakl ko’pligi rangda tovlanadi. Mazkur iz o’sha zahoti, ba'zan bir necha sekunddan keyin paydo bo’lib, 15 sekunddan to 45-60 sekundgacha o’sha ob'ektda saqlanib turadi, shundan so’ng asta-sekin oqara boshlaydi. Natijada o’zining aniq qon turini yo’qotadi, keyinchalik mutlaqo yo’qolib ketadi. Goho butunlay yo’qolishi uchun qaytadan paydo bo’lishi mumkin.
Odamlarning individual psixologik xususiyatlariga qarab, izchil obrazlarning aniqligi va davomiyligi turlicha bo’lishi ko’zga tashlanadi.
O’zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatidan izchil obrazlar salbiy va ijobiy turlarga bo’linadi. Agar kuchli ravishda odam qizil rangga qarab turib, so’ngra nigohini oq qog’ozga ko’chirsa, u holda ob'ektda ko’k-yashil rang paydo bo’lganday ko’rinadi. Izchil obrazlarning ushbu turi salbiy, izchil obrazlar deb ataladi. Bu holatni yana bir misol orqali tushuntirilsa, quyidagi ketma-ketlik hodisasi namoyon bo’ladi. Qorong’u xonada ko’z oldida bir narsaga, masalan, qo’l yaqinlashtirilsa so’ngra qisqa muddatli (0,5 sek) elektr chiroqi yoqilsa, bu holda chiroq o’chgandan keyin odam bir necha daqiqa davomida narsalarning aniq obrazini ko’rishda davom etadi. Mazkur obraz o’z rangida bir qancha muddat saqlanib, so’ng ko’zdan yo’qoladi.
Izchil obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo’la oladi. Chunonchi, hodisalarga qarab uzaytirish ixtiyoriy ravishda qayta tiklash mumkin emas. Binobarin, izchil obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu jihatlari bilan farqlanadi.
Izchil obrazlarning eshitish turi orqali sezishda kuzatish mumkin, lekin bu vaziyatda izchil obrazlar kuchliroq namoyon bo’lishini va qisqa muddat davom etishi kuzatiladi.
Eydetik obrazlar psixologiyada izchil obrazlardan eydetik obrazlarni farqlash an'ana tusiga kirgan bo’lib, "eydos" yunoncha "obraz" degan ma'noni anglatadi. Xotiraning bu turi, ya'ni eydetik obrazlar o’z vaqtida nemis psixolgiya maktabining namoyondalari aka-uka Yenishlar nomidan ta'riflab berildi. Ba'zi odamlar shu davrlarda kuzatilgan narsa yoki suratlar ko’z o’ngidan olib qo’yilsa ham surat siymosi uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega.
Mazkur narsa va jismlarning aniq obrazlari, tasvirlarni kuzatish mumkin. Bu
hodisa jahon psixologiya fanida tajribada tekshirib ko’rilgan. Tajribada tekshiriluvchiga 3-4 minut davomida rasm ko’rsatilgan va tasvir olib qo’yilgandan so’ng uning tarkibiy qismlari, tuzilishi haqida qatnashchilarga savollar berilgan. Bu jarayonlarda tekshiruvchilar birorta savolga javob bera olmagan bo’lsalar, aniq texnik obrazga ega bo’lgan ishtirokchilar esa rasmni davom etishgandek har bir savolga aniq javob berishga erishganlar.
Tajribalarning ko’rsatishicha, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson ongida saqlanishi mumkin. Mabodo ularning yo’llari yopilib qolgan bo’lsa ham, lekin hech qanday qiyinchiliklarsiz ularning siymosi qayta tiklanishi mumkin.
Rus psixologiyasida eydetik obrazlarning namoyon bo’lish hodisasi A.R. Luriya tomonidan ko’p yillar davomida o’rganilgan va shunga ko’ra eydetik xotiraning individual tipologik xususiyatlari chuqur ta'riflab berilgan. Eydetik obrazlar harakatlanish xususiyatiga ega bo’lib, sub'ektlarning oldiga qo’yilgan vazifa va uning tasavvurlari ta'siri ostida o’zgartirish mumkin.
Aka-uka Yenishlar tomonidan o’tkazilgan oddiy tajribada eydetik xotiraga ega bo’lgan tekshiruvchiga olma va undan sal uzoqroqda joylashgan ilmoq tasvirlangan rasm ko’rsatilgan. Rasm o’rtasidan bo’lib, qo’yilgandan keyin tekshiruvchida olmani olib qo’yish istagi kuchayib borayotgani so’ralgan. Muayyan yo’l-yo’riq berilgandan keyin tekshiruvchi mana bunday holatni tasvirlab beradi: ilmoq olmaga yaqinlashib, uni iladi va ixtiyorsiz ravishda qatnashchi tomon tortadi. Xullas, eydetik obrazlar harakatchan bo’lib, sub'ektning ruhiy ko’rsatmasi ostida sifat va miqdor o’zgarishiga yuz tutadi. Ilmiy tekshirishlarning ko’rsatishicha, eydetik obrazlar bolalik va o’spirinlik davrlarida muayyan muddat xukm suradi va vaqtning o’tishi bilan asta-sekin so’na boradi.
Psixofarmokologik tadqiqotlarining ko’rsatishicha, eydetik obrazlarni kuchaytiruvchi kaliy ionlari va shuningdek uning kuchsizlantiruvchi kalsiy ionlari moddalari mavjuddir. Ilmiy izlanishlardan olingan miqdoriy materiallar eydetik obraz paydo bo’lishining psixologik ildizlarini chuqurroq ochishga xizmat qiladi.
Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murakkabroq turi bo’lib hisoblanadi va ularning xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson daraxt, meva, gul to’g’risida tasavvurga ega ekanligi shuni ko’rsatadiki, uning ilgarigi tajribalari sub'ektning ongida shu obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy tushunchalar talqin qilinganda tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek tuyuladi. Lekin eydetik obrazlar haqidagi psixologik tahlil shuni ko’rsatadiki, tasavvur obrazlari unga qaraganda ancha boy bo’lib, o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan ajratuvchi farq tasavvur obrazlarining polimodallik xususiyatidir. Buning asosiy mohiyati tasavvur obrazlari ko’rish, eshitish, teri orqali sezish izlarining tarkibiy qismlarini birlashtiradi. Masalan, meva to’g’risidagi tasavvur obrazi uning tashqi ko’rinishi, mazasi, oqirligi, vaznini o’zaro birlashtirib aks etadi.
Tasavvur obrazlarining eydetik obrazlaridan asosiy farqi shundan iboratki, u narsa va hodisa haqidagi tasavvurlarni aqliy jihatdan qayta ishlashni o’z tarkibiga kiritadi va jismlarning asosiy xususiyatlari ajratilib, ma'lum kategoriyaga birlashtiriladi. Inson gul obrazini faqatgina esga tushirmaydi, balki uni muayyan bir so’z yoki tushuncha bilan aytadi, nomlaydi, xususiyatlarni ajratib ko’rsatadi, aniq bir kategoriya mohiyatiga kiritadi.
Demak, tasavvur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan narsalarning izini sust ravishda saqlab balki, bir qator tasavvur bilan boyitadi, narsa mazmuni va mohiyatini tahlil qilib, u haqida o’z bilimlari, tushunchalari kabilarni tajriba bilan bog’lovchi ijodiy sermahsul faoliyatni amalga oshiradi. Bularning barchasi irodaviy sifatlar, aqliy zo’riqish, asabiy taranglashuv natijasida ruyobga chiqishidan dalolat beradi.Tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyati mahsuli bo’lib, ular izchil yoki eydetik obrazlarga nisbatan murakkab psixologik hodisadir.
Tasavvur obrazlari xotira izlarining murakkab turi bo’lib uning aqliy jarayon bilan yaqinligi inson bilish faoliyatini muhim tarkibiy qismidan iborat ekanligidan dalolat beradi.
So’z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ularni ifodalash faqat o’zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma'nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so’zma-so’z ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo’lishi mumkin. Agar ma'lumot, axborot, xabar, material ma'no jihatidan qayta ishlanmasa, u holda materialni so’zma-so’z o’zlashtirish, mantiqiy o’rganish bo’lmasdan, balki aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.
So’z-mantiq xotirasining vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda ikkinchi signallar tizimi asosiy hisoblanadi. Chunki so’z mantiq xotirasi faqat insongagina xos bo’lgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o’zining sodda shakllari bilan hayvonlarga ham taalluqli bo’lgan harakat, his-tuyg’u va obrazli xotiralardan sifat, ham miqdor jihatdan keskin farq qiladi. Ana shu boisdan so’z-mantiq xotirasi bir tomondan xotiraning boshqa turlari taraqqiyotiga asoslanadi, ikkinchidan ularga nisbatan yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, boshqa
turlarning rivojlanishi so’z mantiq xotirasining takomillashuviga uzviy bog’liqdir. So’z-mantiq xotirasining o’sishi qolgan xotira turlarining barqarorlashuvini belgilaydi.
Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari ham uchraydi. Shu bois xotira faoliyatini amalga oshirayotgan faollik xususiyatlari bilan uzviy bog’liq ravishda turlarga ajratiladi. Masalan, faoliyat maqsadiga ko’ra xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi.
Ixtiyoriy xotira deganda ma'lum maqsadni ro’yobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi. Ko’pincha psixologiya fanida ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qo’yiladi. Bu jarayon ma'lum kerakli topshiriq yoki vazifa qo’yilsa, esda olib qolishga etaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan taqdirda yuzaga keladi. Biz matematik topshiriqlarini yechayotganimizda masaladagi sonlarni esda olib qolishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ymaymiz. Mazkur so’z mantiq xotirada asosiy maqsad faqat masala yechishga qaratiladi. Buning natijasida sonlarni esda saqlashga, hech qanday o’rin ham qolmaydi. Shunga qaramay, biz ularni qisqa muddat bo’lsa-da, esda saqlashga intilamiz. Bu holat faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi.
Esda olib qolishni maqsad qilib qo’yish esda olib qolishning asosiy sharti hisoblanadi. Serb psixologi Radosavlevich o’z tadqiqotida quyidagi hodisani bayon etadi. Tajribada tekshiriluvchidan biri sinovda qo’llanilayotgan tilni tushunmaganligi tufayli uning oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarmagan. Buning oqibatida uncha katta bo’lmagan tadqiqot materiali 46 marta o’qib berilganiga qaramay, esda olib qolinmagan. Tajribaning keyingi bosqichida vazifa tekshiriluvchiga tushuntirib berilgandan so’ng u material bilan olti marta o’ib, tanishib, uni takrorlab, qismga ajratib esga qayta tushirishga erishgan.
Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma-ket bosqichlarini tashkil etadi. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda katta o’rin egallashini har kim o’z shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri ma'lum maqsadsiz aqliy, asabiy, irodaviy zo’r berishsiz hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan keng ko’lamdagi ma'lumot, xabar, axborot, ta'surotlarning ko’pchilik qismini aks ettirishdir. Shunga qaramasdan inson faoliyatining turli jabhalarida o’z xotirasini boshqarish zarurati tug’ilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday sharoitlar, holatlar, vaziyatlarda esda saqlash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi katta ahamiyatga egaligi shubhasiz.
So’nggi paytlarda rus va xorij psixologiyasida xotira borasidagi tadqiqotchilarning e'tiborini esda olib qolishning dastlabki, boshlang’ich daqiqalarida vujudga keladigan holatlar, jumladan tashqi taassurot izlarining mustahkamlanishigacha bo’lgan jarayonlar, holatlar, mexanizmlar, shuningdek, ularning mustahkamlanish muddatlarini ham o’ziga jalb qilib kelmoqda.
Masalan, biror material xotirada mustahkam joy olish uchun uni sub'ekt tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqish zarur va materialni bunday ishlab chiqish uchun ma'lum darajada muddat talab etish tabiiydir. Ana shu muddat xotirada qayta tiklanilayotgan izlarni mustahkamlash deb qabul qilingan. Mazkur jarayon inson tomonidan yaqindagina bo’lib o’tgan hodisalarning aks sadosi sifatida kechiriladi va takomillashadi. Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda, ayni paytda bevosita idrok qilinayotgan narsalarni go’yo ko’rishda, eshitishda davom etayotgandek tuyuladi. Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan beqaror, hatto o’zgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus tajriba orttirish mexanizmlarining faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ularning roli shu qadar ahamiyatli-ki, bu jarayonlarda esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar, malumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi. Ushbu jarayon odatda psixologiya fanida qisqa muddatli xotira deb ataladi.
Juda ko’p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat davomida esda saqlanib qolishi xarakterli bo’lgan uzoq muddatli xotiradan farq qilgan holda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oraliqida idrok qilish va shu ondayoq qayta tiklashdan so’ng qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi.
Hozir ilmiy adabiyotlarda qisqa muddatli xotirani quyidagi atamalar bilan nomlash uchraydi: "bir lahzalik", "dastlabki", "qisqa muddatli" va boshqalar.
Operativ xotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyon qilish uchun quyidagi misol keltiriladi. Matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz, biz uni muayyan bo’laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo’yamiz. Shu boisdan oraliq natijalarni yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi.
Mazkur holat matnni talaba yoki o’quvchi tomonidan o’qishda, uni ko’chirib yozishda, ijodiy fikr yuritishda, aqliy faoliyatni amalga oshirishda yaqqol ko’zga tashlanadi.

Yüklə 115,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin