Xritian jamoalarining vujudga kelishi


Rim imperiyasining hududiy bo‘linishi



Yüklə 80,19 Kb.
səhifə4/6
tarix13.09.2023
ölçüsü80,19 Kb.
#143260
1   2   3   4   5   6
3 -asr inqirozi

Rim imperiyasining hududiy bo‘linishi.

Prinsepslar hokimiyatini yana bir tayanchi suvoriylar edi. Ularning ijtimoiy tarkibi ham o‘zgardi. Yangi suvoriylarning kelib chiqishi Italiya munitsipiylari va provinsiyalardan edi. Suvoriylarning yuqori qatlamini, eng avalo, boyib ketgan moliya zodagonlari, o‘rta qatlamni esa davlat xizmatiga ko‘tarilgan amaldorlar tashkil qildi. Suvoriylarga prokuratorlar lavozimi, provinsiyalardagi prinseps mulklarini boshqaruvi, pretorian gvardiyasi prefekti, politsiya xizmati qo‘riqchilarining prefekti kabi lavozimlar ajratildi. Adrian davrida suvoriylar prinsepsning shaxsiy kanselyariyasida xizmat qila boshladilar.
Shu vaqtgacha prinsepsning shaxsiy kanselyariyasida barcha ishlami imperatorlarning ozod qo‘yilgan qullari bajarar edi. Imperatorlar shahar plebeylariga nisbatan respublika davri Rim zodagonlarining siyosatini davom ettirdilar. Rimda avalgidek 200 000 kishiga tekin non tarqatilar edi. Rimning oc’diy aholisi hech qanday siyosiy huquqqa ega emas edi. Ularning bir qismi ishlab chiqarish bilan, ko‘pchiligi davlatdan tekin non olib zodagonlarning uylarida klient majburiyatini bajarar edilar.


II BOB. DOMINANT DAVR
2.1. Xritian jamoalarining vujudga kelishi
Eramizning 68-69 yillarida Rim imperiyasi og‘ir siyosiy inqirozga duch kelgan davrda Yaxudiya va boshqa sharqiy viloyatlar ayniqsa qattiq jafo chekkan. Rimliklarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan yaxudiy aholisi xudo Yava ularga “messiya” (xaloskor) yuboradi va “yovuzlarning” hukmronligini yemirib “ming yillik xudo podsholigini” o‘rnatadi deb ishongan. Bu g‘oya yaxudiylar orasida “payg‘ambarona” asarlar tariqasida tarqalgan va bu asarlardan biri (eramizning 69-yilida yozilgan) Apokalipsis nomi bilan xristian diniy adabiyotining muqaddas kitoblari qatoriga kirgan. Ammo qo‘zg‘olonchilarning umidlari puchga chiqqan. Rimliklar yaxudiylarning qo‘zg‘olonini bostirganlar. Mminglarcha yaxudiylar qirib tashlangan va qul qilib sotilgan, boshqalar qochib ketib Kichik Osiyo, Yunoniston, Makedoniya va hatto Italiyaga borib joylashishgan.
Viloyatlardagi aholi bu mag‘lubiyatdan juda qattiq umidsizlikka tushgan. Yer yuzidagi rimlilar hukmronligidan qutulishga bo‘lgan umid yo‘qolgan. Qandaydir xufiya bir holat va mo‘jizadan najot qidirishga intilish kuchaygan.
Tarixchilar bu zamonnni tasvirlab bunday yozgan edi: “Moddiy ozodlikdan umid uzib, uning o‘rniga ruhiy ozodlik, o‘zlarini to‘la umidsizlikdan xalos qila oladigan ongdan najot qidirgan kishilar hamma sinflar ichida ma’lum miqdor bo‘lishi kerak edi.... Najot albatta diniy shaklda kelishi lozim edi...”
Imperator Kulti ham, eski mahalliy ma’budlarga sig‘inish ham xalq ommasini endi qanoatlantirmagandan keyin yangi dinlarni targib qilish uchun qulay sharoit tug‘ilgan. Eramizning I asri oxirlarida Rim imperitasining sharqiy viloyatlarida hukm surgan ijtimoiy kayfiyatni tahlil qilib bunday yozgan edi: “Bitta Falastinda emas, balki butrun Sharqda shunday din ta’sirchilari bijg‘ib yotgan ediki, ular orasida xuddi Darvinchasiga g‘oyaviy tirikchilik uchun kurash hukmron o‘rin tutai deyish mumkin...”
Eramiz I asrining so‘nggi choragida Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘oqlaridagi shaharlarda va Rim imperiyasining boshqa sharqiy viloyatlarida xudo Yaxva va’da qilgan messiya (udoning maxsus vakili-grekcha Xristos) kelibdi degan va bunga ishongan kishilar guruhi paydo bo‘lgan. Ammo xudoning vakili g‘olibona harbiy yo‘lboshchi sifatida emas, balki oddiy voiz sifatida paydo bo‘lib , barcha mehnatkashlarga va mashaqqat tortayotganlarga ozodlik va kelgusida ularning tirilishiga ishonch keltirgan emish. Bu voizni Iyerusalim kohinlari qatl qilgan emish.
Qumron qo‘l yozmalarini o‘qib o‘rganish shu narsa aniqlandiki, yaxudiy qo‘zg‘olonlaridan oldingi qo‘l yozmalarda ham qandaydir “haqiqat tilga” olingan. Unda qandaydir “yovuz kohin” to‘grisida gap bor, yovuz kohin “ustoz”ni ta’qib qila boshlagan va keyin o‘ldirgan emish. Ammo kunlar tugash oldida (maxsharda) “haqiat ustozi” yana paydo bo‘lib, oyoq osti qilingan adolatni tiklar emish. Dindorlar orasida yer yuzidagi hayotning oxiri (qiyomat qoim) to‘g‘risida karomatlar – Apokalipsislar ham yurgan, qiyomatda “xudoning elchisi” o‘lganlarni tiriltirib, olganlarni ham, tiriklarni ham so‘roq qilar emish3.
Bu karomatlar Aleksandriyalik Filonning (eramizdan avv. taxminan 20-va eramizning 54-yillari ”logos” (so‘z) – go‘yo yer yuziga yuborilgan ”xudo farzandi” to‘g‘risidagi ta’limoti bilan qo‘shilib, sekin-asta g‘oyo Yaxudiyada Tiberiy idorasining oxirlarida (eramizning 30-33 yillarida) voizlik qilib yurgan “xudo farzandi” Iyesus Xrist (Iso payg‘ambar) to‘g‘risidagi qissalar tarkib topgan.
Dastlab Ioanning Apokalipsisida xudoning elchisi “xudo qo‘zisi” deb atalgan. Undan keyingi asarlarda “xudo farzandi” deyiladi va nihoyat afsonaviy voiz Pavelga nisbat berilgan “Nomalar”da yangi diniy ta’lmotning asoschisi sifatida Xristos deb atalgan.
Sharqiy viloyatlarda dastlab shahar kambag‘allaridan tashkil topgan diniy jamoalar messiyaning yana qaytib kelishiga shay bo‘lib turishni targ‘ib qiluvchilarni ko‘pincha avliyo deb qabul qilishgan.
Eramizning I asri oxiri va II asri boshlarida hayot, voizlar, azob-uqubatlar, o‘lim va Isoning tirilib qaytib kelishi to‘g‘risida qissalar paydo bo‘lgan. “Injil” deb nom olgan bu qissalar turli joylarda paydo bo‘lgan va har xil mualliflar tomonidan yozilgan.
Keyinchalik eramizning IV asrida xristian diniy birlashmalarining rahbarlari (go‘yo Matfey, Mark, Luka va Ioann tomonidan yozilgan) to‘rtta innilni “haqiqiy” (kanonik) injillar deb e’lon qilganlar. Isoning hayoti va faoliyati tasvir etilgan boshqa ko‘p asarlar qalbaki (apokrifik) deb e’lon qilingan . Xristian ruhoniylari uzoq vaqtlargacha qalbaki injillarni yo‘qotishga urinib kelganlar.
Xristian dininingafsonaviy talqini eramizning II asrida uzil-kesil tarkib topgan va u hozirgi davrgacha xristianlik e’tiqodlarining asosi bo‘lib saqlanib kelmoqda.
Ilk xristianlik tarixining cherkov (kanonik) talqini yagona diniy oqim sifatidagi dastlabki xristian jamoalarining rivojidan iboart. Bu talqinga ko‘ra yo‘ldan adashgan ayrim guruhlar (yeretiklar-murtadlar) gina Iso va uning shogirdlari (apostol-xavorilar) ning ta’limotini buzgan.
Qadimgi xristian diniy adabiyotining tahlili eng qadimgi xristian jamoalarini tasvirlab yozgan o‘sha zamondagi antik mualliflarning guvohligi cherkov talqinining haqiqiy tarixga tamomila nomuvofiq ekanligin ko‘rsatadi.
Eramizning I asri oxiri va II asri boshlarida Isoga e’tiqod qiluvchi har xil jamoalar bo‘lgan. Ammo ularning diniy taassurotlari ko‘pincha bir-biridan juda kam farq qilgan. Hali u chogda Iso to‘g‘risida umum qabul qilgan hech qanday ta’limot bo‘lmagan. Ayrim voizlar jamoadan jamoaga o‘tib, har xil diniy asarlarga tayanib, Iso to‘g‘risidagi ta’limotni turlicha bayon qilib yurishgan. Birovlar Isoning tezda yana qaytib kelishiga ishonganlar, oilaviy hayotni va butun hayotiy farog‘atni tark qilib qiyomatga shay bo‘lib turishga da’vat qilishgan. Xristianlardan ba’zilari xristian jamoasiga kiradigan kishi yaxudiy dinini qabul qilishi va bunday paytda joriy etilgan yaxudiy dini marosimlarini to‘liq o‘tashi lozim deb hisoblashgan. Voiz Pavel tarafdsorlari bu “yaxudiy xristian” larga qarshi chiqqanlar , ular Iso ta’limoti qadimgi yaxudiy dinining o‘rnini bosganligi uchun xristian jamoalarining yangi a’zolari yaxudiy dini marosimlari va urf-adatlarini bajarishga majbur emas, deb hisoblagan.
Suriya bilan Misrda va bir qancha vaqtlardan keyin Kichik Osiyoning turli viloyatlarida paydo bolgan bir qancha jamoalarda o‘zlarini “gnostiklar” (bilib oluvchilar) deb atagan voizlarning ta’limoti keng yozilgan. Qadimgi Eron diniy tasavvurlaridagi qoidalarni o‘zlashtirib olgan gnostik ta’limot voizlari olamda oliy ruhiy ibtido bilan moddiy dunyoni, shu jumladan kishini ham jiod qilgan moddiy ijodkor ibtido (moddiy demurg) o‘rtasida kurash boradi deb hisoblagan. Ammo iloh kishining tanasiga o‘lmaydigan jon bergan emish. O‘sha iloh moddiy dunyo yerga o‘zining ruhiy elchilari - zonlarni yuborib turar emish. Kishilarning parakleti (tasalli beruvchisi) bo‘lmish Iso ana o‘sh zonlarning biri emish.
Iso haqiqiy kishi shaxsi qilib ko‘rsatilgan injil qissalarining tarqalishi o‘ziga xos idealistik reaksiya qo‘zg‘agan. Ba’zi voizlar gnostiklar ta’limotini injil iqssalariga moslashtirish maqsadida “logos” (“xudo farzandi”) ning dunyoviy kishi sifatida gavdalanishi real haqiqat emas edi, degan fikrni bayon qilganlar.
Ilk xristian guruhlarining hammasi bir-birlari bilan g‘oyat shiddatli munozara kurashi olib borishgan. Bu kurash davomida “apostol” Pavel qarashlariga va injil qissalaridagi qarashlarga tarafdor bo‘lganlar faqat sekin-asta ustunlikka ega bo‘lib borganlar, eramizning II asr oxiri va III asr boshlarida ular o‘zlarini birdan-bir haqiqiy (ortodoksal) xristian hisoblashgan va boshqa mafkuraviy oqimlarni adashganlar (murtadlar) deb ataganlar.
Missiya (Iso)ga ishongan eng qadimgi jamoalar avval boshda shahar aholisining quyi qatlalari – qullar, qullikdan ozod qilinganlar, mayda hunarmandlar va mayda savdogarlardan iborat bo‘lgan. Eramizning II asreoxiri va III asr boshlarida Rim imperiyasida siyosiy ziddiyatning keskinlashishi ruhiy taskin va najotga intilishni kuchaytirgan. Xristianlar ichida dastlab hukmron tabaalarning ayrim namoyandalari, keyinchalik ko‘pincha zodagon quldorlar, harbiylar va imperiya ma’muriyatlarning xizmatchilari paydo bo‘lgan.
Shunday kilib, xristianlik Rim imperiyasida yashagan kо’pchilik elatlarning dinlari, rivoyatlari, urf-odatlari asosida tashkil topgan. Bu din dastlab qullar, ezilgan kambag‘allarning talablarini, "xoloskorlik" g‘oyalarini о’ziga singdirgan din sifatida vujudta kelgan. Keyinchalik uning ijtimoiy, diniy strukturasi о’zgarishi bilan hukmron tabaqalar qо’lida mazlum xalqlarni ekspluatatsiya qilishning g‘oyaviy quroliga aylangan.
О’sha davrda jamiyatda yuzaga kelgan qukmron doiralar bilan mazlum xalklar о’rtasidagi ziddiyatni yumshatishga xizmat qilishi mumkin bо’lgan xristianlikdagi diniy g‘oyalarni xisobga olgan imperator Konstantin 324 yili bu dinni davlat dini deb e’lon qilgan. 325 yilda uning kо’rsatmasi bilan Nikey saborida xristianlarning I - yig‘ini bо’lib о’tgan. Unda yepiskoplar va ilohiyotchilar xristianlikning asosiy aqidalarini tasdiklab, cherkov tashkilotini takomillashgan holga keltirganlar.

Yüklə 80,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin