Xujalik mablaglarini turkumlang Хo’jalik mablag’lari va ularning manbalari tasnifi


Balansning tuzilishi va uning moddalari



Yüklə 97,49 Kb.
səhifə18/18
tarix24.06.2022
ölçüsü97,49 Kb.
#62224
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
buxgal 4 beko

2.2.Balansning tuzilishi va uning moddalari


O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 24 yanvarda ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdan 140-sonli buyrug’i bilan moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan. Quyida ushbu tasdiqlangan balans shaklini keltiramiz

Ko’rsatkichlar nomi


Satr kodi


Hisobot yili boshiga


Hisobot yili oxiriga


Aktiv

I. Uzoq muddatli aktivlar







Asosiy vositalar:








Boshlang’ich (qayta tikpash) qiymati (0100, 0300)


010





Amortizatsiya (0200)


011





Qoldiq qiymat (010 - 011)


012





Nomoddiy aktivlar:








Boshlang’ich qiymati (0400)


020





Amortizatsiya summasi (0500)


021





Qoldiq qiymat (020-021)


022





Uzoq muddatli investitsiyalar, jami (satr. 040+050 +060+070+080), shu jumladan:


030





Qimmatli qog’ozlar (0610)


040





Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar (0620)


050





Qaram xo’jalikjamiyatlariga investitsiyalar (0630)


060





Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar (0640)


070





Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar (0690)


080





O’rnatiladigan asbob-uskunalar (0700)


090





Kapital ko’yilmalar (0800)


100





Uzoq muddatli debitorlik qarzlari (0910,0920,0930,0940)


110





shundan: muddati o’tgan


111





Uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar (0950,0960,0990)


120





I bo’lim bo’yicha jami


(satr. 012+022+030+090+100+110+120)


130





II. Joriy aktivlar








Тovar-moddiy zaxirapari, jami (satr. 150+160+170+180), shu jumladan:


140





Ishlab chiqarish zaxiralari (1000, 1100, 1500, 1600)


150





Тugaplanmagan ishlab chiqarish


(2000, 2100, 2300, 2700)


160





Тayyor mahsulot (2800)


170





Тovarlar (2900 dan 2980 ning ayirmasi)


180





Kelgusidavr sarflari (3100)


190





Kechiktirilgan xarajatlar (3200)


200





Debitorlar, jami (satr. 220+230+240+250+260 +270+280+290+300+310)


210





shundan: muddati o’tgan


211





Хaridor va buyurtmachilarning qarzi (4000 dan 4900 ning ayirmasi)


220





Ajratilgan bo’linmalarning qarzi (4110)


230





Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarning qarzi (4120)


240





Хodimlarga berilgan bo’naklar (4200)


250





Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar (4300)


260





Budjetga soliq va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari (4400)


270





Maqsadli davlat jamg’armalari va sug’urtalar bo’yicha bo’nak to’lovlari (4500)


280





Тa’sirchilarning ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha qarzi (4600)


290





Хodimlarning boshqa operatsiyalar bo’yicha qarzi (4700)


300





Boshqa debitorlik qarzlari (4800)


310





Pul mablag’lari, jami (satr. 330+340+350+360), shu jumladan:


320





Kassadagi pul mablag’lari (5000)


330





Hisoblashish schyotidagi pul mablag’lari (5100)


340





Chet el valutasidagi pul mablag’lari (5200)


350





Boshqa pul mablag’lari va ekvivalentlari (5500,5600,5700)


360





Qisqa muddatli investitsiyalar (5800)


370





Boshqa joriy aktivlar (5900)


380





II bo’lim bo’yicha jami


(satr. 140+190+200+210 +320+370+380)


390





Balans aktivi bo’yicha jami (satr. 130+390)


400







Ko’rsatkichlar nomi


Satr kodi


Hisobot yili boshiga


Hisobot yili oxiriga


P a s s i v


I. O’z mablag’lari manbalari








Ustav kapitali (8300)


410





Qo’shilgan kapital (8400)


420





Zaxira kapitali (8500)


430





Sotib olingan xususiy aksiyalar (8600)


440





Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)


450





Maqsadli tushumlar (8800)


460





Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari uchun zaxiralar (8900)


470





1 bo’lim bo’yicha jami


(satr. 410+420+430-440+450 +460+470)


480





II. Majburiyatlar








Uzoq muddatli majburiyatlar, jami


(satr. 500+510 +520+540+550+560+570+580+590)


490





Shu jumladan: uzoq muddatli kreditorlik qarzlari (satr. 500+520+540+560+590)


491





Shundan: muddati o’tgan uzoq muddatli kreditorlik qarzlari


492





Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli qarz (7000)


500





Ajratilgan bo’linmalarga uzoq muddatli qarz (7110)


510





Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarga uzoq muddatli qarz (7120)


520





Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar (7210, 7220, 7130)


530





Soliq va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar (7240)


540





Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar (7250, 7290)


550





Хaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar (7300)


560





Uzoq muddatli bank kreditlari (7810)


570





Uzoq muddatli qarzlar (7820, 7830, 7840)


580





Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar (7900)


590





Joriy majburiyatlar, jami (satr. 610+630+640+650 +660+670+680+690+700+710+720+730+740+750+760)


600





Shu jumladan: joriy kreditorlik qarzlari (satr. 610+630+650+670+680+690+700+710+720+760)


601





Shundan: muddati o’tgan joriy kreditorlik qarzlari


602





Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz (6000)


610





Ajratilgan bo’linmalarga qarz (6110)


620





Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarga qarz (6120)


630





Kechiktirilgan daromadlar (6210, 6220, 6230)


640





Soliq va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlar (6240)


650





Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar (6250, 6290)


660





Olingan bo’naklar (6300)


670





Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (6400)


680





Sug’urtalar bo’yicha qarz (6510)


690





Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarz (6520


700





Тa’sischilarga bo’lgan qarzlar (6600)


710





Mehnatga haq bo’lash bo’yicha qarz (6700)


720





Qisqa muddatli bank kreditlari (6810)


730





Qisqa muddatli qarzlar (6820, 6830, 6840)


740





Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi (6950)


750





Boshqa kreditorlik qarzlar (6950 dan tashqari 6900)


760





II bo’lim bo’yicha jami (satr. 490+600)


770





Balans passivi bo’yicha jami (satr. 480+770)


780






Balans aktivida mazkur korxona ixtiyoridagi mablag’lar turi va ularning ma’lum davrda aylanishidagi joylanishi keltiriladi. Masalan, aktivning birinchi moddasida dastlabki qiymatda berilgan «Nomoddiy aktivlar» korxona ixtiyoridagi sezilarsiz aktivlarning qiymatini tavsiflaydi. Navbatdagi «Amortizatsiya» moddasi nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati qanchaga kamayganini ko’rsatadi. «Qoldiq qiymat» moddasi nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasini ayirib tashlangandan keyingi qolgan qiymatini aks ettiradi.
«Asosiy vositalar» dastlabki qiymat moddasida korxona ixtiyoridagi mehnat vositalarining qiymatini ko’rsatadi. Shuningdek, qayta tiklash qiymati - eskirish va asosiy vositalarning qoldiq qiymati va hokazolarni aks ettiradi. «Ishlab chiqarish zaxiralari» moddasi korxona ixtiyoridagi «Хom-ashyo va materiallar», «Yordamchi materiallar», «Yoqilg’i» va ombordagi boshqa ishlab chiqarish zaxiralarining qiymatini umumiy summada aks ettiradi. «Тugallanmagan ishlab chiqarish» moddasi korxonaning har xil sexlarida tayyorlanishi hali oxirigacha yetkazilmagan buyumlarga qilingan sarflar summalarini aks ettiradi. «Тayyor mahsulot» - bu mazkur korxonada tayyorlangan va sotish uchun mo’ljallangan buyumlardir. «Kassa» va «Hisob-kitob schyoti» moddalarida muayyan davrda korxona ixtiyoridagi pul mablag’larining summasi ko’rsatiladi. «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklao». «Boshqa debitoolik qarzlari» va hokazo moddalarida esa boshqa xo’jalik yuritish subyektlarning ushbu korxonaga undan sotib olingan mahsulot uchun («Хaridorlar») va boshqa operatsiyalar bo’yicha («Boshqa debitorlar») qarzlari aks ettiriladi.
Ko’rinib turibdiki, aktiv moddalari juda aniq bo’lib, ularning mazmuni ko’p tushuntirishlarni talab qilmaydi. Passiv moddalari esa boshqachadir. Bu moddalardan ba’zilarining mohiyatini ularning qanday maqsadga tayinlanishiga qarab aniqlab olish doim ham oson bo’lavermaydi. Passivdagi har bir moddaning mazmunini aniq ko’z oldiga keltirish uchun passiv umuman nimani aks ettirishini yaxshi bilib olish lozim. Yuqorida aytilganidek, passiv aktivda ko’rsatilgan korxona mablag’larining manbaini aks ettiradi.
Passivning birinchi moddasi ustav kapitalidir. Uning summasi korxonaning yaratilish paytida shakllantirilgan mablag’lar miqdoridan iborat. Bunda korxonaning o’z mablag’larining umumiy summasi ko’rsatiladi va bu manbadan berilgan mablag’larning o’zi balans aktivining moddalarida aniq gavdalantirilgan bo’ladi.
«Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» moddasida korxonaning faoliyat ko’rsatishi boshidan boshlab hisobot davrigacha bo’lgan vaqt ichida jamg’arilgan foyda summasini aks ettiradi.
«Uzoq muddatli kreditlar» moddasida korxonaning bankka bo’lgan uzoq muddatli qarzi aks ettiriladi. Bu moddada ko’rsatilgan summa korxona tomonidan olingan uzoq muddatli bank kreditini aks ettirib, belgilangan davrda qaytarilishi kerak. Mazkur modda korxona ixtiyorida hozircha bo’lgan pul mablag’larining miqdorini ko’rsatadi, deb o’ylash noto’g’ri bo’ladi, chunki bank tomonidan kredit ko’rinishida beriladigan pul mablag’lari odatda korxonaning hisob-kitob schyotiga yozib qo’yiladi yoki mol yetkazib beruvchilardan bo’lgan qarzni uzish uchun o’tkaziladi. Demak, bu mablag’ balansning boshqa moddalarida aks ettiriladi.
«Kreditorlar» moddasining «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar» qatorida keltirilgan summa korxonaning mol yetkazib beruvchilardan sotib-olingan har xil moddiy boyliklari uchun qarzini ko’rsatadi.
«Mehnatga haq to’lash bo’yicha qarzlar» moddasida korxonaning ishchilar va xizmatchilariga hisoblangan ish haqiga doir majburiyatlari aks ettiriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu modda korxona tomonidan ishchi va xizmatchilarning bajargan ishlari uchun to’lanishi kerak bo’lgan ish xaqi summasi qancha ekanligini ko’rsatadi.
«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz» moddasi korxonaning budjet oldidagi undan undiriladigan har xil soliqpar va ajratmalarni to’lash bo’yicha majburiyatlarining summasini, ya’ni moliya tashkilotlariga bo’lgan qarzning miqdorini aks ettiradi. Тo’lanishi lozim bo’lgan summa aniqlanganidan keyin, korxona o’z balansining passivida shu modda bo’yicha uning summasini ko’rsatadi. Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi:
1. Тuzish vaqtiga qarab: kirish balansi; joriy (davriy) balans; tugatish balansi; ajralish balansi; qo’shilish balansi; sanatsiya balansi.
2. Тuzish manbalariga qarab: inventar balanslari. Faqat inventar vositalari asosida tuziladi; ular qisqartirilgan variantda hisoblanadi. Bunday balanslar mavjud mulk asosida yangi korxonalar vujudga kelganda yoki xo’jaliklar o’z shaklini o’zgartirganda talab qilinadi; daftar balansi - inventarizatsiya o’tkazish yo’li bilan oldindan tekshirilmasdan faqat daftarlardagi yozuvlar asosida tuziladi; bosh balans - hisob va inventarizatsiya ma’lumotlariga asosan tuziladi.
3. Axborot hajmi bo’yicha: yakka balans - faqat bir korxona axborotini aks ettiradi; yig’ma balans - barcha korxonalar mablag’larining umumiy holatini aks ettiruvchi summalarni mexanik qo’shish yo’li bilan tuziladi; konsolidallashgan balans.
4. Faoliyat xarakteri bo’yicha: asosiy balans - korxonaning asosiy faoliyat turi va ustaviga to’g’ri keladigan balans; asosiy bo’lmagan balans - korxonaning boshqa faoliyat turlari bo’yicha tuziladigan balans.
5. Mulk shakli bo’yicha: davlat korxonalari balansi; aksioner jamiyatlari balansi; munitsipal balansi; qo’shma korxonalar, kichik va xususiy korxonalar balansi.
6. Aks ettirish obyekti bo’yicha: huquqiy shaxs bo’lgan korxonaning mustaqil balansi; alohida balans.
7. Тozalanish usuli bo’yicha: brutto-balansi - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni o’z ichiga oluvchi balans; netto-balans - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni chiqarib tashlab tuzilgan balans. Bizning Respublikamizda netto-balansi qo’llaniladi.
Yüklə 97,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin