3. Tijorat banklari majburiyatlarini samaradorligi tahlili
Bankning resurslarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalari – passiv operatsiyalar deyiladi.
Passiv operatsiyalar bank aylanmasiga chetdan mablag‘lar jalb etish va o‘z mablag‘larini tashkil etish bilan bog‘liq operatsiyalardan iborat. Bank resurslari uning majburiyatlari va o‘zining kapitalidan tashkil topadi.
Bank faoliyatining yana bir asosiy o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, uning resurslari asosan chetdan jalb etilgan majburiyatlaridan tashkil topadi.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, «A» bank pas sivining asosiy qismi 40510 mln so‘m, ya’ni 91,2 foizi 1-yanvar o‘tgan yil holatiga va 41000 mln so‘m, ya’ni 90,9 foizi, 1-yanvar joriy yil holatiga chetdan jalb etilgan mablag‘lar, qolgan qismi esa (8,9 % va 9,1 %) o‘z mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan. Tahlil etilayotgan davrda o‘z mablag‘lari 1900 mln so‘m, ya’ni 4,9 foizga, chetdan jalb qilingan mablag‘lar esa 490,0 mln so‘m, ya’ni 1,5 foizga o‘sgan.
Bank majburiyatlari qoldig‘i bank balansining ikkinchi bo‘limida aks ettiriladi.
Bank majburiyatlari ularning o‘ziga xos xususiyatlari, manbalari va muddatlari hisobga olingan holda asosan quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
• Talab qilib olingunicha saqlanadigan depozitlar.
• Jamg‘arma depozitlar.
• Muddatli depozitlar.
• Boshqa banklarning hisob raqamlari.
• Olingan qisqa muddatli kreditlar.
• Olingan uzoq muddatli kreditlar.
• Mijozlarning boshqa depozitlari.
Ushbu guruhlarga hisobvaraqlar, ularning manbalari nuqtayi nazaridan yana bir necha hisob raqamlardan tashkil topadi (3-ilovaga qarang).
Shuning uchun ham har bir hisobvaraq qoldiqlari alohida tahlil etilishi lozim bo‘lgan taqdirda, ularning tarkibi ushbu hisobvaraq tarkibiga kiruvchi hisob raqamlar qoldiqlariga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Bank majburiyatlarini tahlil etishda asosiy e’tibor ularning tarkibi, dinamikasi va barqarorlik darajasiga qaratiladi.
Yuqoridagi ma’lumotlarga qaraganda bankning talab qilib olingunicha saqlanadigan depozitlari miqdori tahlil qilinayotgan davrda deyarli o‘zgarishsiz qolgan. Lekin jamg‘arma depozitlari miqdori 140 mln so‘m, ya’ni 12,3 foizga, muddatli depozitlar esa 200 mln so‘m, ya’ni 2,5 foizga kamayib ketgan. Shu bilan birga, boshqa banklarning hisob raqamlaridagi mablag‘lar 300 mln so‘m ya‘ni 6,8 foizga va olingan uzoq muddatli kreditlar ham 500 mln so‘m, 3,3 foizga kamayganligi kuzatilgan. Tahlil qilinayotgan davrda mijozlarning boshqa depozitlari miqdori 1330 mln so‘m, ya’ni 58,6 foizga o‘sgan.
Bankning jamg‘arma va muddatli depozitlarining kamayib ketishi uning depozit siyosatida kamchiliklar mavjudligini bildiradi.
Jamg‘arma va muddatli depozitlar bank uchun eng barqaror resurslardan hisoblanadi. Ularning barcha depozitlar hajmida salmog‘ining qisqarishi bank depozit bazasining barqarorlik darajasining pasayib borishidan dalolat beradi. Bank tomonidan jamg‘arma va muddatli depozitlarni jalb etish borasida muhim chora va tadbirlar belgilanishi talab etiladi. Boshqa banklar hisob raqamlarida pul mablag‘larining kamayishi ushbu bankning boshqa banklar bilan korrespondentlik munosabatlarining qisqarib borishini bildiradi.
Olingan uzoq muddatli kreditlar salmog‘ining kamayishi ularning o‘z muddatlarida qaytarilganligini bildiradi. Lekin bank uning likvidligini ta’minlash, oldiga qo‘ygan rejalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hollarda Markaziy bank va boshqa Banklardan uzoq muddatli kreditlarga doimo ehtiyoj sezadi.
Talab qilib olinadigan depozit mablag‘larining o‘zgarmasligi ko‘p hollarda uning mijozlari tarkibi va ular faoliyatida sezilarli darjada rivojlanish bo‘lmaganligini bildiradi. Bank o‘zining mijozlari tarkibini son va sifat jihatidan yaxshilab borishiga e’tibor qaratmog‘i lozim bo‘ladi.
Tahlil qilinayotgan davrda bank mijozlarining boshqa depozitlari miqdorining 58,6 foizga oshganligi kuzatilgan. Uning sabablarini aniqlash uchun bank balansida 22600-mijozlarning boshqa depozitlari, 22800-forvard, opsion, fyuchers, svop operatsiyalarida realizatsiya qilinmagan zararlar, 23200-kliring transaksiyalari, 23400-hukumat hisob raqamlari daromad va boshqa tushumlari, 23600-bank tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar, 29800-boshqa majburiyatlar tarkibi o‘rganilmog‘i lozim bo‘ladi.
Biz tahlil qilayotgan bankda mijozlarning boshqa depozitlari mablag‘larining o‘sishi asosan 22618-jismoniy shaxslar plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyat, 22600-korporativ plastik kartochkalar bo‘yicha majburiyatlar, 23218-Moliya vazirligi fondidan ajratilgan maqsadli mablag‘lar, 23220-Moliya vazirligi maxsus fondidan olingan mablag‘alar, 23222-Moliya vazirligining maqsadli mablag‘lari hisobiga tashkil topgan. Bu holat hisobot davrida plastik kartochkalar muammosi yo‘lga qo‘yilganligi va bank mijozlari orasida Moliya vazirligi qoshida tashkil etilgan qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish fondi mablag‘laridan foydalanuvchi paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining ko‘payganligini bildiradi.
Bank majburiyatlari tarkibida olingan qisqa muddatli kreditlarning o‘sishi, asosan, bankning joriy likvidligi holatini yaxshilashdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, bank keyingi yil uchun o‘zining depozit siyosatini ishlab chiqishda mijozlari tarkibini barqarorlashtirishga, jamg‘arma va muddatli depozitlar jozibadorligini oshirishga hamda uzoq muddat foydalanishi mumkin bo‘lgan muomalaga chiqariladigan obligatsiya va depozit sertifikatlarining jozibadorligini oshirishga e’tibor qaratmog‘i lozim.
Bank majburiyatlarini tahlil qilishda ularning tarkibi, dinamikasi va barqarorlik darajasini o‘rganish bilan birga majburiyatlar samaradorligi tahlili ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Odatda majburiyatlar samaradorligi faoliyat natijasida olingan sof foydaning majburiyatlarga nisbati bilan aniqlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu ko‘rsatkich ko‘p hollarda majburiyatlar rentabelligi deb ham ataladi.
Bank majburiyatlaridan daromad olish maqsadida daromad keltiruvchi aktiv operatsiyalarni amalga oshirishda foydalaniladi. Shuning uchun ham biz majburiyatlar samaradorligini olingan foizli sof foyda (foizli daromadlar-foizli xarajatlar)ning majburiyatlar summasiga nisbatini olishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga asosan «A» bank majburiyatlari samaradorligi ko‘rsatkichi joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 0,2 punktga, ya’ni 6,5 foizga o‘sgan. Ushbu o‘sish foizli daromadlarning foizli xarajatlarga nisbatan tez sur’atlar bilan o‘sishi (o‘sish mos ravishda 4,7 va 3,7 foizni tashkil etgan) evaziga va majburiyatlarning o‘sish darajasi ham sof foizli daromadlar (1,2 va 8,8 foiz) o‘sish dan ancha kam ekanligi evaziga erishilgan.
Majburiyatlar samaradorligining o‘sishi foizli daromadlar va foizli xarajatlar o‘rtasidagi marjaning yetarliligini va jalb etilgan mablag‘lar imkon darajasida daromad keltiruvchi aktiv operatsiyalarga jalb etilganligini ifodalaydi.
Bank majburiyatlari tahlili oldiga qo‘yilgan aniq maqsadlarga muvofiq kunlik, o‘n kunlik, oylik, choraklik bank balansiga va hattoki bankning kun davomidagi majburiyatlari ular hisobi olib boriladigan hisob raqamlar aylanmasi ma’lumotlariga asoslangan ravishda amalga oshirilishi mumkin.
Shunday qilib, bank majburiyatlarini yanada oshirish uchun birinchidan, majburiyatlar barqarorligini oshirish, ikkinchidan, foizli daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi farq (marja)ni oshirishga harakat qilish va uchinchidan, likvidlilikka ta’sir etmagan holda majburiyatlarni imkon qadar ko‘proq daromad keltiruvchi aktivlarga yo‘naltirilmog‘i lozim.
Xulosa
Demak xulosa qilib aytadigan bo'lsak hozirgi davrda iqtisodiyatni jadal suratlar bilan rivojlanayotgan bir vaqtda O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarining majburiyatlari ( nodepozitlari, omonatlari) bank kapitalini malum bir hajmda ta'minlashi. Tjorat banklarining kapitalining shakillanishi , bankning majburiyatlarini jahon standartida ko'rsatib o'tilgan hajmda bo'lishi , bankning rivojlanishiga va foyda ko'rishida ro'l o'ynashi tabiy holdir. Kurs ishida tijorat banklarini barqaror rivojlanishida quyidagi takliflarni beraman:
1. Respublikamiz tijorat banklarining kapitalizatsiya darajasini oshirishni ta’minlash lozim.
2. Mamlakatimiz tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar operatsiyalarini, хususan, ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorini va undagi faoliyatini oshirish lozim.
3. Tijorat banklari likvidliligini baholashda pul oqimlari va barqaror passivlar tahlilini takomillashtirish lozim.Pul oqimlari tahlilidagi asosiy kamchilik aktivlar va passivlarni amaldagi qoplash muddatlarini prognozlashning murakkabligi hisoblanadi.
4. Aholining qo’lidagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini bank
muassasalariga keng ko’lamda jalb qilish yo’li bilan ularning inflatsion manba sifatidagi rolini pasaytirish maqsadida aholi omonatlarini indeksatsiya qilish tizimini joriy qilish lozim.
5. Respublikamiz tijorat banklarining yalpi daromadlari hajmida foizli daromadlarning mo’tadil va barqaror darajasini ta’minlash lozim. Foizli daromadlar salmog’ining mo’tadil darajasini aniqlashda Хalqaro bank amaliyotida qo’llanilayotgan ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF4947-sonli Farmoniga 1-ilova. 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi//O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. – Toshkent, 2017. – № 6 (766). – 32-b.
2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori.
3. Bobaqulov T.I., Abdullayev U.A. “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” Darslik. – “Iqtisod-Moliya”, 2019. 241 b
.4. Абдуллаева Ш., Азизов У., Давирова Ш. Международные валютно-кредитные отношения: Учебное пособие. – Т.: “Iqtisod-Moliya”, 2020 г. – 736 стр.
5. Omonov A.A., Qoraliyev T.M. “Pul va banklar”. Darslik. – T.: “IQTISODMOLIYA”, 2018 y. – 351 b.
6. Rashidov O.Y., Alimov I.I., Toymuhamedov I.R., Tojiev R.R. Pul, kredit va banklar. Darslik. – T.: TDIU. 2018 y. – 428 b.
7. Аbdullаyevа SH.Z. va boshqalar. “Pul vа bаnklаr” Dаrslik. T.: - “IQTISODMOLIYA”, 2019 y.
Foydalanilgan internet saytlar ro’yxati:
http://www.wiki.uz/
http://www.worldbank.org/
http://www.arxiv.uz/
http://www.buxdu.uz/
http://www.fayllar.org/
http://www.banker.com/
http://www.lex.uz /
Dostları ilə paylaş: |