Deduktiv xulosa chiqarish (sillogizm). Oddiy qat’iy sillogizm. Ma’lumki, deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida bo'ladi. Sillogizm qo’shib hisoblash, degan ma’noni anglatadi. Bu termindan mantiqda, odatda, deduktiv xulosa chiqarishning ko’proq ishlatuiladigan turi hisoblangan oddiy qat’iy sillogizmni ifoda qilish uchun foydalaniladi. Sillogizm xulosa chiqarishning shunday shakliki, unda o’zaro mantiqiy bog’langan ikki qat’iy mulohazadan uchinchi-yangi qat’iy mulohaza zaruriy tarzda kelib chiqadi. Bunda dastlabkimlardan biri, albatta,yo umumiy tasdiq, yoki umumiy inkor mulohaza bo'ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bo’lmaydi. Shunga ko’ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo'ladi. Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa (conclusio)dan tashkil topgan. Xulosa asolari va xulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi.Xulosaning mantiqiy egasi-Sillogizm-kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi-P-katta termin (terminus major),deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bo’lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha- M-(termunis medius) o’rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o’z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni o’z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi.
P
S – kichik termin;
M
M – o’rta termin;
S
P – katta terminj;
O’rta termin katta va kichik terminni bog’lovchi mantiqiy element hisoblanadi.
Sillogizm aksiomasi. Aksiomalar isbotsiz chin deb qabul qilingan nazariy mulohazalar bo’lib, ular vositasida boshqa fikr va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulosalashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi. Sillogizm aksiomasini terminlarning hajmiga yoki mazmuniga ko’ra, ya’ni atributiv ta’riflash mumkin.Sillogizm xulosasinig asoslaridan zaruriy keltirb chiqarilishi quyidagi qoidaga asoslanadi: “Agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo’lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi buyumning ichida joylashgan bo'ladi” yoki “Bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo’lsa, ikkinchi buyum ham uchinchi buyumdan tashqarida joylashgan bo'ladi”. Bu qoidani quyidagi shaklllar yordamida yaqqol ifodalash mumkin.
P
M
S
M
S
P
Bu qoida sillogizm aksiomasining mohiyatini terminlarning hajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Sillogizm aksiomasining mohiyati quyidagicha: buyyum va hodisalarning sinfi to’g’risida tasdiqlab yoki inkor etib bayon qilingan fikr shu sinf ichigakiruvchi barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrim qismiga ham taaluqli fikr hisoblanadi.
Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalangan predmet bilan uning belgisi o’rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, hodisa belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir; buyum, hodisa belgisiga zid bo’lgan narsalar buyum,hodisaning o’ziga ham ziddir.
Sillogizm aksiomalarida fikr shakli va mazmuni o’zaro uzluksiz, ob’ektiv bog’langan bir butunning ayrim tomonlarini ifodalaydi. Bu bir tomondan, hamma umumiylikkka juz’iylik va yakkalik xos ekanligini va har bir yakkalik juz’iylik, umumiylik xislatiga ega bo’lishini ifodalasa, ikkinchi tomondan, buyum va belgining o’zaro uzviy bog’langanligini, ya’ni buyumlar jinsi ayrim o’ziga xos belgiga ega bo’lsa, albatta, bu belgi shu jinsdagi hamma buymlar uchun ham xos belgi bo’lishini ifodalaydi. Bular esa o’z navbatida yakkalik va umumiylik o’rtasidagi, miqdor va sifat o’rtasidagi dialiktik aloqadorlikning tafakkur jarayonida o’ziga xos namoyon bo’lishidir.