Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati O'simlik hujayrasining tuzilishi



Yüklə 78,83 Kb.
səhifə10/10
tarix24.12.2023
ölçüsü78,83 Kb.
#191504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’simlik hujayrasining tuzilishi

Elastiklik-protoplazmaning eng muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Tirik protoplazmaning mexanik ta'sir natijasida o'zgarishi, so'ngra o'zining avvalgi holatiga qaytish xususiyati elastiklik deb ataladi. Protoplazmaning ma'lum bir tuzilma tarkibi uning elastikligiga sabab bo'ladi.
Hujayra devori. Hujayra devori polisaxarid qatlamidan iborat bo'lib hujayraning mitotik bo'linishining telofaza bosqichida shakllanadi. Bo'linuvchi va cho'ziluvchi hujayralar devori birlamchi, shakllangan birlamchi hujayra devori ichida hosil bo'ladigan qatlam esa ikkilamchi hujayra devori deyiladi.
Hujayra devori qobig`ida ionlar va ayrim hujayralar uchun kerakli moddalarni o`tqazuvchi maxsus teshikchalar-kanalchalar ham mavjud (I.13-rasm).
Hujayra devori tarkibiga tuzilma komponentlar (o'simliklarda-sellyuloza, zamburug'larda-xitin), devor matriksi komponentlari (gemisellyuloza, pektin, oqsillar), inkrustasiya (qoplovchi) komponentlari (lignin, suberin) va hujayra yuzasida yig'iluvchi (kutin, mum) moddalar kiradi. Shuningdek hujayra devorlari tarkibida selikatlar va kalsiy karbonat ham bo'lishi mumkin. Hujayra devorining asosiy inkrustatsiyalovchi moddasi bu lignindir. Hujayra devorining jadal ligninlanishi hujayraning o'sishi to'xtaganidan so'ng boshlanadi. Lignin n-kumar, kaneferil, sinap kabi xushbuy benzol xalqali spirtlarning polimeridir. Ligninning yig'ilishi va parchalinishi tuproqda gumus hosil bo'lishining asosini tashkil qiladi.
Xulosa
Butun o’simliklarning asosiy struktura birligini hujayralar tashkil etadi. Ularning tiriklik xususiyatlari shu hujayralarda belgilanadi. Chunki modda almashinuvi deb ataluvchi assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlari, ularning birligi faqat hujayradagina sodir bo’ladi. Ana shu ikkala jarayonning birligi tiriklik deb ataluvchi materiyaning harakat formasini belgilaydi.
Yashil o’simliklar har xil organlar yig’indisidan iborat bo’lib, bu organlar o’z navbatida to’qimalar va hujayralar birlashmasidan tuzilgan. Yuksak tuzilishga ega bo’lgan har bir o’simlik organizmi murakkab sistema sifatida bir-biri bilan uzviy ravishda aloqada bo’lgan organlar va funksiyalar yig’indisidan iboratdir. Bu birlikning asosini hujayralar tashkil etadi.
Yüklə 78,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin