Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati O'simlik hujayrasining tuzilishi



Yüklə 78,83 Kb.
səhifə5/10
tarix24.12.2023
ölçüsü78,83 Kb.
#191504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’simlik hujayrasining tuzilishi

Mitoxondriyalar. Mitoxondriyalar ham xuddi xloroplastlarga o'xshash yadro membranalaridan uzilib chiqqan pufakcha-initsial tanalardan hosil bo'ladi. Mitoxondriyalar ham qo'sh membranali organoiddir (I.8-rasm).
Ularda aerob nafas olish, oksidlanishli fosforirlanish sistemasi mavjudligi sababli hujayradagi asosiy energetik jarayonlar va ATF sintezi shu organoidda boradi. O'simlik hujayrasi mitoxondriyalarining uzunligi 1-5 mkm, diametri 0,4-0,5 mkm bo'lib shakli dumaloq, gantelsimon ko'rinishdadir. Bitta hujayrada 50-2000 atrofida mitoxondriyalar bo'lishi mumkin. Bu hujayraning ontogenezda bajaradigan ishiga bog'liq. Mitoxondriyalar ham tashqi va ichki membrana bilan o'ralgandir. Ichki membrana kristlar deb ataluvchi har xil qatlamlarni hosil qiladi. Mitoxondriyaning ichki muhiti matriks deyiladi. Matriksda ribosomalar, RNK va xalqa shaklida joylashgan mitoxondrial DNK bo'lganligi uchun mitoxondriyadagi oqsilning bir qismining sintezi uchun javob beradi. Ammo,hamma o`simliklarda ham mitoxondriyaning tuzilishi, ko`rinishi bir xilda emas. Biz bunga misol sifatida Ismaloq barglari xloroplastlari mitoxondriyalarini keltirishimiz mumkin (I.9-rasm).
Mitoxondriyalarning o'z genetik sistemasi va replikasiyalanuvchi DNK molekulasi mavjudligi ularga mustaqil bo'linish xususiyatini beradi. O'simlik hujayrasida mitoxondriyalar har 5-10 kunda yangilanib turadi. Ammo mitoxondriyalarning tashqi membranasi ichkisiga nisbatan tez yangilanadi. Mitoxondriyalarning ichki membranasida ATF sintezi bilan boradigan elektronlar va protonlar tashiluvini amalga oshiruvchi ATF sintetaza va elektron tashuvchi zanjir komponentlari joylashgandir. Shuningdek matriksda ikki- va uchkarbon kislotalar oksidlanishni, lipidlar, aminokislotalar va boshqa organik moddalar sintezi sistemalarining fermentlari joylashgandir.
Shuni aytib o`tish kerakki, o`simlik mitoxondriyalari membranalarida ionlar va moddalarning tashiluvi o`zuga xos tarzda kechadi. Buni biz quyidagi I.10-rasmda keltirilgan ma`lumotlardan ham ko`rishimiz mumkin.
Lizosomalar-membranalar bilan chegaralangan organoidlardir. Ular endoplazmatik to'r yoki Golji apparatidan hosil bo'ladi. Ichki qismi enximma bilan to'lgan bo'lib ularda asosan gidrolitik fermentlar joylashadi. Ular asosan nordon fermentlar bo'lib, ribonukleaza, dezoksirabonukleaza, katepsin va boshqalar kiradi. Ushbu fermentlar hujayradagi moddalarni suv yordamida parchalashi tufayli ularga lizosomalar nomi berilgan. Lizosomalar barcha tirik hujayralarga xos organoidlardir.
Ayrim hollarda ikkilamchi lizosomalar ham farqlanadi (I.11-rasm). Ammo ularning vazifalari deyarli o`xshashdir.

Yüklə 78,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin