Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati O'simlik hujayrasining tuzilishi



Yüklə 78,83 Kb.
səhifə6/10
tarix24.12.2023
ölçüsü78,83 Kb.
#191504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’simlik hujayrasining tuzilishi

IPeroksisoma va glioksisomalar. O'simlik hujayralarida dumaloq shakldagi, diametri 0,2-1,5 mkm bo'lgan va elementar membrana bilan o’ralgan granulyar matriksli organoidlar uchraydi. Ular mikrotellar deb ham ataladi. Mikrotellarning soni hujayradagi mitoxondriyalar miqdoriga yaqin bo'ladi. Har xil fiziologik funksiyalarni bajaruvchi ikki tipdagi mikrotellar mavjud.
Peroksisomalar. Keyingi yillarda ochilgan organoidlardan biri bo'lib birinchi bor 1968 yilda Tolbert tomonidan aniqlangan. Ular mayda membrana bilan o'ralgan pufakchalardir. Peroksisomalar barglarda ko'p bo'lib xloroplastlar bilan uzviy bog'liqdir. Ularda fotosintez jarayonida xloroplastlarda sintezlanuvchi glikolat kislotasi oksidlanadi va glitsin aminokislotasiga aylanadi. Bu esa mitoxondriyalarda serin aminokislotasiga aylanadi. Yuksak o'simliklar barglari peroksisomalarida yorug'likda nafas olish fermentlari hamda katalaza, glikolatoksidazalar ham uchraydi.
Glioksisomalar. Glioksisomalar urug'larning unish davrida ko'plab hosil bo'lib ularda yog'lar to'planadi. Glioksisomalar tarkibida yog'larni parchalab qandlarga aylantiruvchi fermentlar ham bor.
Peroksisomalar va glioksisomalar fermentlarining faoliyati tufayli hosil bo'lgan H2O2 ularda mavjud bo'lgan katalaza fermentining faoliyati tufayli parchalanib zararsiz holga o'tkaziladi.
Sferosomalar. Ularni avval mikrosomalar deyilgan. Dumaloq, yorug'likni sindirish qobiliyatiga ega. Ular endoplazmatik to'rdan hosil bo'ladi va o'ziga lipidlarni ko'p to'playdi, ko'pincha ularni lipidli tomchilar ham deb ataladi. Ularda fermentlardan lipiza, esteraza, proteaza, RNK aza, DNK azalar uchraydi. Bu organoidda ko'proq yog'larni sintezlanishi va to'planishi kuzatiladi
Mikronaychalar. Sitoplazmaning tashqi qatlamida naychasimon organoid uchraydi. Uzunligi 20-30 nm, qalinligi 5-14 nm. Mikronaychalar bir-biriga parallel joylashgan bo'lib hujayra o'qiga nisbatan esa perpendakulyardir. Ular globulyar oqsil, tubilinning α va-β monomerlaridan tashkil topgan, membranasi yo'q. Mikronaycha tubulinning 13 dona subbirligidan tashkil topgan. Sitoplazmaning mikronaycha subbirliklari bir-biridan ajralib va yig'ilib turishi mumkin. Ularning yig'ilishi uchun muhit pH ko'rsatkichi nordon bo'lib, GTF, ATF va Mg2+ bo'lishi zarur. Ammo past harorat va Ca2+ ionlari miqdorining ortishi mikronaychalar subbirliklarini tarqalishiga olib keladi. Mikronaychalar yordamida sitoplazmaning harakati sodir bo'ladi.
O'simlik hujayrasining sitoplazmasida aktindan tashkil topgan filament tuzilmalar ham mavjuddir. Aktin qisqaruvchi oqsil bo'lib aminokislotalar tarkibi va molekulyar massasi bo'yicha muskul oqsillariga yaqindir. U monomer-globulyar oqsil G-aktin holida yoki qushaloq polimer zanjir fibrillyar oqsil F-aktin holatida bo'lishi mumkin. Aktin mikrofilamentlari mikronaychalar va plazmalemma bilan o'zaro ta'sirda bo'lishi mumkin.
Mikronaychalar sitoplazmaning eruvchan qismidagi metabolik jarayonlarning faol ishtirokchisi bo'lib sitoplazma harakatlantiruvchi kuchining asosini tashkil qiladi.
Plastidalar. Ular dumaloq yoki oval shaklida bo'lib, ikki qavatli membrana bilan o'ralgan bo'lib rangsiz (proplastidlar, leykoplastlar, etioplastlar) yoki rangli (xloroplastlar, xromoplastlar) organoiddir. Yuksak o`simlik barg hujayrasida 20-50 dona plastida bo'ladi.lar meristema to'qimalari hujayralarida ko'proq uchraydi.
Leykoplastlar. Pigmentsiz organoid, shakli deyarli dumaloq va unda zahira moddalari ya'ni oqsil, kraxmal, lipid donachalari bo'ladi. Agarda leykoplastlar kraxmal tutsa-amiloplastlar, yog'larni tutsa-elayoplastlar, oqsillarni tutsa-proteinoplastlar deyiladi. Leykoplastlar ko'pchilik hosil qiluvchi to'qimalar tarkibida, er ostki organlari (ildizpoyalar) va urug'da ko'p uchraydi. Ular qo'sh membranalardir. Yorug'lik ta'sirida ulardan xloroplastlar hosil bo'lishi mumkin.

Yüklə 78,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin