Xulosa Ingliz va o`zbek tillarida fe`l


They all laughed. - Ular kulishdi. (shaxsli)



Yüklə 281,5 Kb.
səhifə7/18
tarix19.06.2023
ölçüsü281,5 Kb.
#132672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Ingliz va o`zbek tillarida fe`l

They all laughed. - Ular kulishdi. (shaxsli)

  • He looked at me over their heads . – U ularning boshlari uzra menga qaradi (Sshaxsli forma)

  • Writing was began. – Yozish boshlangan edi (shaxssiz)

    Fe`llar o`timli va o`timsiz bo`lishi mumkin. O`zidan keyin to`ldiruvchini talab qilsa, u holatda fe`l o`timli bo`ladi. Masalan:
    To read - o`qimoq (what - nimani)
    To watch – ko`rmoq
    Ba`zi fe`llar faqat o`timsiz bo`ladi. Masalan:
    To go - bormoq
    To start – boshlanmoq, jo`namoq
    Bundan tashqari yana bir guruh fe`llar uchraydiki, ular ikki ma`noli fe`llar hisoblanadi.
    To move – siljitmoq
    siljimoq
    To stop – to`xtatmoq
    to`xtamoq

    1. Move your chair nearer to the fire – stulingizni gulxanga yaqinroq siljiting.

    2. It was calm and not a leaf moved. – tinch edi birorta ham barg siljimagan.

    O`timli, o`timsizlik ingliz tili fe`l sistemasida murakkab masala hisoblanadi. Ushbu masala yuzasidan professor B. A. Ilish “fe`llarni o`timli va o`timsizga ajratish masalasi eng qiyin masalalar qatoriga kiradi” deb yozadi. Hozirgi ingliz tilida to`ldiruvchi o`timli –o`timsizligi va yo`naltirilgan, yo`naltirilmaganlik markerlari yo`qligi sababli o`timli va o`timsiz fe`llar orasidagi chegarani aniq qo`yish qiyin, chunki bir fe`lning o`zi ham o`timli, ham o`timsiz funksiyada qo`llanilishi mumkinligini yuqorida ko`rib o`tdik. Fde`ldan anglatadigan ma`nosining boshqa predmetga qaratilganligini biror obyektga ko`chganligini ko`rsatish va shu harakatning yuzaga kelishi uchun boshqa predmetning ishtirok etishiga qarab fe`llar o`timli va o`timsiz fe`llarga bo`linadi.
    Hozirgi zamon ingliz tilida fe`llarning o`timli va o`timsizligini ko`rsatuvchi maxsus grammatik ko`rsatkich yo`q. O`timli va o`timsizlik bevosita fe`llarning o`zagi orqali ifodalanadi.
    Ingliz tilida fe`lning o`timliligi va o`timsizligini o`rganish fe`lning ot bilan birikishi xususiyatini aniqlashdan iboratdir.
    Lingvistik adabiyotlarda ingliz fe`llari odatda o`timli fe`llar (transitive verbs) va o`timsiz fe`llar (intransitive verbs) ga bo`linadi.
    Ammo ingliz tilida fe`llarning ko`pchiligi ularning sintaktik distributsiyalariga qarab, ayni bir vaqtda ham o`timli ham o`timsiz fe`l sifatida ishlatilishi mumkin. Ba`zi fe`llar asosan o`timli bo`lib, o`timsizlik ularda yasama ikkinchi darajali ma`no kasb etadi. J. Bo`ronovning fikrcha “ayrim fe`llar esa umuman o`timsiz bo`lib, o`timlilik ularning ma`lum sintaktik distributsiyada ishlatilishi natijasida yasaladi”.
    Shu asosda ayrim grammatika kitoblarda fe`llar hatto uch gruppaga ya`ni o`timli –o`timsiz va ikki xil ma`noli fe`llarga bo`linadilar.
    Shuni ham ta`kidlash joizki, o`timli, o`timsizligiga ko`ra ajratilgan. Uchala guruh barcha fe`llarni o`z ichiga ololmaydi, ya`ni bir qancha fe`llar ham borki, ular o`timli va o`timsizlardan farq qilib ingliz tili fe`l sistemasida alohida o`rin tutadi. Bunday fe`llar “bog`lama fe`llar” (linking verbs) yoki kopulyativ (copilative) fe`llar deyiladi. Yuqorida aytib o`tilganlarga asoslanib ingliz tili fe`l sistemasida:

    1. O`timli fe`llar

    2. O`timsiz fe`llar

    3. Ikki funksiyali fe`llar

    4. Bog`lama fe`llar.

    V.I Ilish o`zining “современный английский язык” Moskva 1948. kitobida fe`llar siemantikasiga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi:

    Yüklə 281,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin