XULOSA. Xulosa qilib aytadigan bo’lsa umumiy ta'limning poydevorining qo'yadigan boshlang'ich maktabdagi ko'p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa,tasviriy san'at va boshqalar uchun umumiydir. Hozirgi kunda bir qator predmetlari uchun umumiy bo'lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o'rnatish psixologik va metodik asosiy bo'lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish lozim.Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o'rgatilishi va zarur o'qitishning vositalari bilan ta'minlanishi kerak.yuksak saviyali, g‘oyaviy siyosiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda о‘qituvchining bilimi yoki undagi tо‘plangan tajribaning о‘zi yetarli emas.
Yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, avvalo, bu sifatlarni o‘zimizda
mujjasamlashtirishni talab qiladi. Shu bilan birga ta’lim tarbiyaga yangicha yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni ham taqazo qiladi. O‘quv jarayonini tashkil etishdagi asosiy vazifa pedagogik texnologiyadan samarali foydalanish ekanligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Ammo shu kunga qadar pedagogik texnologiyaning aksariyati nazariy muammolarga bag‘ishlangan bo‘lib, amaliyotga ta’siri kamroq sezilmoqda. Buning uchun zamonaviy texnologiyalarni tezroq amaliyotga joriy etish usullarini ishlab chiqish talab etiladi. Ta’limda o‘quvchilarga ma’lum bilimlar tizimini yetkazib, ularni faqat eslab qolishning o‘zi bugungi kunda yetarli bo‘lmay qoldi. Zamonaviy bilim olishda motivatsiya uyg‘otish, mustaqil bilim olish ishtiyoqini hosil qilish, integratsiya asosida ta’lim berish dolzarb vazifalardandir. Pedagogik texnologiya ana shunday talabni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ta’lim tizimidir. Texnologiyaning asosiy talabi-o‘quvchilarning puxta bilim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishda faollik ko‘rsatishi, mustaqil fikrlashi, ta’limda aniq samarador natijaga erishishdir. Pedagogik texnologiya turli-tuman qirralarga ega. Biz ushbu paragrafda faqat bir masala-integratsiya va shu orqali samarali natijaga erishish yo‘l-yo‘riqlari haqida to‘xtalmoqchimiz. Integratsiya-ayrim bo‘laklarning yoki elementlarning bir-biriga qo‘shilishi, bir butunga aylanishi, yaxlitlanishidir