ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida fikrlash qobiliyatining har xil turlarini shakllantirish integratsiyaning negizi hisoblanadi. Asosiy fanlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidag va predmetlararo aloqalarini o'rnatish ta'limni integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Bunda turli darslar tushunchalariga ko'p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo'lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib, tarkibiga shu o'quv predmetiga tegishli bo'lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. Zero, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillash -tirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz" degan fikri muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim amaliyoti ko'rsatishicha, maktab ta'limida fanlararo aloqadorlikni yo'lga qo'yish fan va jamiyat hayotida bugungi kunda sodir bo'layotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu aloqadorlik o'quvchilarning bilimlarni ongli o'zlashtirishi, dunyo haqidagi yaxlit tasavvurlarini rivojlantirish va amaliy va ilmiy-metodik tayyorgarligini oshirishda muhim o'rinni egallaydi. Bunday tayyorgarlik umumiy o'rta ta'lim bitiruvchilarini darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda, ishlab chiqarishda va umuman har qanday faoliyatda o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini erkin qo'llash imkoniyatini beradi. O'quvchilar o'quv materiallarini o'zlashtirishida sodir bo'layotgan bunday pasayishlar yosh avlodning intellektual rivojlanishiga ta'sir etmay qolmaydi. Bu holat esa o'qituvchilardan o'quvchilarga bir fan doirasida bog'liqliklar asosida turli hodisalarni o'rganishni taqozo etadi. Tabiat hodisalarini, ularning tuzilishi, mohiyati va funksiyalarini, qonuniyatlarini o'rganish o'quvchilar tafakkurida qiyoslash, analiz va sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirish, induktiv va deduktiv xulosa chiqarish kabi tafakkur operatsiyalarini rivojlantirishga yordam beradi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida fanning tabiat va jamiyat to'g'risidagi yangi fundamental hamda amaliy tadqiqiga oid yo'nalishlarini rivojlantirish, yuqori malakali, ilmiy salohiyatga ega pedagogik kadrlar tayyorlash, ularni jahon fani integratsiyasi darajasida ilmiy jihatdan savodxonligini va mahoratini oshirish shu asosda umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim va tarbiya mazmunini yangilash, sifat va samaradorligini ko'tarish, har bir fan bo'yicha o'quvchilarning nazariy bilimi, amaliy ko'nikma va malakalarini takomillashtirish ta'kidlangan. Erkin fikrlovchi, ijodkor, mamlakatimizning mustaqillik mafkurasiga sadoqatli bo'lgan barkamol shaxsni tarbiyalash boshlang'ich ta'lim samaradorligini oshirishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda fanlararo aloqadorlik qonuniyatlarining yaratilishi, aloqadorlik tizimining tarkib topishi ta'limda istiqbolli vazifalar yechimini ta'minlaydi. Bugungi kunda integratsiyaga asoslangan darslarni tashkil etishda bir qator
ta’lim metodlaridan unumli foydalanilmoqda. Shulardan biri “Insert” usulidir. Buni quyidagi usulda tashkil etish mumkin:
Ma’ruza matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing:
V – bilaman
+ - men uchun yangi ma’lumot
- - men bilgan ma’lumotni inkor qiladi
? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘shimcha ma’lumot.
2. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.
An’anaviy darslarni ko‘z oldimizga keltirsak, o‘qituvchi mavzuni chiroyli
tushuntiradi, savol javob mavzu doirasida uyushtiriladi. Keyingi darsda
o‘quvchilar o‘qituvchi kabi gapirishga harakat qiladi, kitobdan mavzuni qayta qayta o‘qiydi biyron aytib beradi. Berilgan savollar ham asosan shu o‘tilgan mavzu doirasida bo‘ladi. Jurnallar “besh” bilan to‘lib boradi. Oradan bir oz vaqt o‘tib mavzu so‘ralganda o‘quvchi aytishga qiynalib qoladi. Yuzaki yodlashning natijasi shunday mavhum holatlarga olib keladi. Masalan, 45 minutlik darsning yarmidan ko‘p vaqtini darslikdagi matnlarni ko‘chirtirish bilan o‘tkazgan o‘qituvchilar ham yo‘q emas. Bugungi darslar o‘quvchini mustaqil fikrlashga bahs munozaraga, o‘zini–o‘zi tahlil eta olishga, egallagan bilimlarini amalyotga qo‘llay olish. Bola tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak. Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishda yana FSMU texnologiyasidan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda xamda o‘quv jarayonini baxs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq xolda baxslashishga xamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog`ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.Biroq, integratsiyalangan darsga boshqa fanlar, boshqa o'quv predmetlari bilan bog'liq tushunchalar tahlil qilinishining natijalari kiritiladi. Masalan, "qish", "sovuq", "bo'ron", kabi tushunchalar o'qish, rus tili, tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy san'at darslarida ko'rib chiqiladi. Tushunchalarning tahlil qilinishi boshqa o'quv darslarida o'zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin bo'lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, o'ziga xos o'tish metodologiyasiga ega bo'ladi. Umumiy ta'limning poydevorini qo'yadigan boshlang'ich maklabdagi ko'p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa, tasviriy san'at va boshqalar uchun umumiydir. Hozirgi kunda bir qator o'quv predmetlari uchun umumiy bo'lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o'rnatish psixologik va metodik asos bo'lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o'lkazish lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o'rgatilishi va zarur o'qitish vositalari bilan ta'minlanishi kerak.
Integratsiyalashgan darslar - interaktiv ta'lim tizimi bo'lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko'rgazmali mahoratni vujudga keltirish sirlarini o'rganadi. Ko'rgazmali ta'lim tizimi turli xildagi turlar, shakllar, usullar, obyektlar asosida qurilgan. Integratsion kursning maqsad va vazifalari maktab tabiiy-ilmiy ta'lim tizimida tavsiflanadi. Bilimning integratsiyalashgan (ko'rgazmali) tarmog'ida integratsiyalashning usul va vositalari: ta'lim rejasidagi o'qitish joyida vaqtning hajmiga qarab, shu kursni to'la o'zlashtrish vaqti o'quvchilarning o'zlashtirish darajasi ko'p maqsadli va rang-barangliligi bilan tavsiflanadi. Har bir o'quv predmetini o'qiyotgan paytda o'quvchilarga to'g'ri keladigan psixik qo'zg'alish hosil qilishi, bu materialni o'zlashtirilishiga katta yordam beradi, uni tez yodda saqlashga, emotsional anglashga, fikrlash qobiliyatining o'sishi, nutq va tasavvurning rivojlanishiga olib keladi.Boshlang'ich sinf o'quvchilarida fikrlash qobiliyatining har xil turlarini shakllantirish integratsiyaning negizi hisoblanadi. Asosiy fanlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidag va predmetlararo aloqalarini o'rnatish ta'limni integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Bunda turli darslar tushunchalariga ko'p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo'lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib, tarkibiga shu o'quv predmetiga tegishli bo'lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. Bugungi kunda fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan o'zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta'limi oldiga yangi vazifalarni qo'ymoqda. Buni muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ta'lim to'g'risida qabul qilayotgan qaror va farmonlarida ham ko'rib turibmiz. 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan.
Boshlang'ich ta'limda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko'rish maqsadga muvofiq. Ta'limning keyingi pog'onalarida u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. Boshlang'ich talim-tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini hisobga olish kerak. Bu omillar integratsiyaning usullarini belgilab beradi. Maktablarda o'rgatiladigan fanlarning tarqoqligi maktab bitiruvchisida bir ko'rinishli (fragmentar) dunyoqarashni keltirib chiqaradi. Maktab umumta'lim fanlarining tarqoq holda o'rgatilishi, ularni bir-biriga uzviy bog'liqlikda o'rgatilmasligi o'quvchilar bilimini to'la bo'lishi va butun borliqni bir butun holda anglashlariga to'sqinlik qilib, o'quvchilarda qiyinchilik uyg'otadi. Olimlarimizning fikricha, integratsiya didaktik prinsiplar qatoriga kiradi va ular orasida yetakchi o'rin egallaydi .Bunday tushuncha ta'lim tizimida integratsiya masalasini, fanlararo uzviylik va bog'liqlik masalasini yana bir bor ko'rib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi. Ta'lim sistemasiga integrasiyani kiritish maktab va jamoatchilik o'rtasida turgan ta'lim va tarbiyaga oid vazifalarni hal etishda asosiy vositalardan biridir. Integrasiyalashtirilgan darslar bolalar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab yetishga o'rgatadi. Integratsiya- bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog'liqligidir. Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog'lash bosqichi bo'lib, o'zini yuqori ko'rinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o'tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integrasiya fanlararo bog'liqlikdir. Fanlararo bog'liqlik asoslari tabiatni to'la holda o'quv darsliklarda ko'rsatish va tushuntirish zaruratidan paydo bo'lgan. Ulug' didaktik Yan Amos Komenskiy ta'kidlashicha: "Bir-biri bilan bog'liq bo'lgan hamma narsa, xuddi shunday holda o'rganilishi kerak". Fanlararo bog'liqlik g'oyasiga keyinchalik juda ko'p pedagoglar yondoshib, uni rivojlanishi va umumlashtirilishiga hissa qo'shdilar. D.Lokk g'oyasiga ko'ra: "Ta'lim mazmunining aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari bilan to'ldirilishi kerak". Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto xavfliligini ta'kidlaydi. Bolgariyalik olimlar tabiiy-ilmiy bilimlarni o'z ichiga olgan, 10-12 yoshli bolalarga mo'ljallangan integratsiyalangan kurs yaratishdi. AQSH o'rta maktablarining katta sinflarida o'z ichiga fizika, kimyo, geografiya, geologiya, kristallografiya, tuproqshunoslik, poletalogiya va shu kabilarni o'z ichiga oluvchi "Yerni o'rganish" fani kiritilgan. Chexoslovakiyada ham shunday umumlashtiruvchi integratsiyalangan "Fuqaro tarbiyasi" deb nomlangan kurs katta sinflarda kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: |