Xurramova madina abdunazar qizi



Yüklə 45,85 Kb.
səhifə3/5
tarix22.12.2023
ölçüsü45,85 Kb.
#190077
1   2   3   4   5
XURRAMOVAaaaaaaa MADINA ONA TILI

NATIJA VA MUHOKAMALAR.
“Integratsiya” tushunchasi XVIII asrdayoq Spenser tomonidan izohlangan edi. Biz ham integratsiyani tafakkur o‘stirish omili sifatida qarab, uni fanlararo aloqa hamda ta’lim shakllarini sintezlash tarzida talqin etishga harakat qildik.
Integratsiya – “butun” degan ma’noni bildiradi, demak, bu tafakkur o‘sishi jarayonining turli qism va elementlarini bitta butunga birlashtirish bo‘lib hisoblanadi. Ona tili ta’limiga integrativ yondashuv uning sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda ona tili ta’limida integratsiyaning roli va uning ahamiyati xususida so‘z yuritmoqchimiz. Mazkur masalaning metodik jihatlarini tahlil qilish va integratsiyaga asoslangan darslarni ta’lim jarayonida qo‘llashning uslubiy taraflarini o‘rganish ushbu ishimiz mavzusining dolzarbligini belgilaydi. Ona tili darslarining metodik jihatlari ko‘plab metodist olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Xususan, A.G‘ulomov, H.Ne’matov, B.Ziyomuhammadov, B.Abdullayeva singari olimlarning ishlarida fanlararo integratsiyaning ona tili ta’limidagi o‘rni xususida qimmatli fikrlar uchraydi. Til ta’limiga integrativ yondashuv xususida pedagoglar U.Musayev, D.Yo‘ldoshevalarning ilmiy izlanishlaridan ham ma’lumotlar olish mumkin. Ona tili darslarini adabiyot darslari bilan badiiy matn orqali integratsiyalash masalalari K.Mavlonova tomonidan tadqiq etilmoqda.
Ishning maqsadi ona tili darslarini integratsiyalashga oid metodikani
takomillashtirish.
Ishning vazifasi quyidagilardan iborat:
fanlararo integratsiya haqidagi ilmiy-metodik adabiyotlarni o‘rganib chiqish;
ona tili darslarida integratsiyadan foydalanish bo‘yicha ta’lim metodlarini
aniqlash;
fanlararo integratsiyalab o‘qitish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
integratsiyaga asoslangan yangi pedagogik texnologiyalar ona tili darslarida integratsiyadan foydalanish bo‘yicha ta’lim metodlari
aniqlandi;
Fanlararo aloqadorlik nazariyasining taraqqiyotida tabaqalashtirilgan holat hukm sursa ham amaliyotda integratsiya, o'zaro aloqadorlik fanning ijtimoiy ahamiyatini yanada oshiradi. So'nggi yillarda amalga oshirilayotgan fanlararo aloqadorlik muammolarini hal etishga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlar ijtimoiy hayot talabidir. Boshlang'ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo'g'in vazifasini o'qituvchining o'zi amalga oshiradi. U bolalarning matematikaga, yozishga, tabiat ko'pgina boshlang'ich tushunchalarga va yana ko'pgina narsalarga o'rgatadi. O'z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang'ich sinflarda bir o'qituvchining dars berishini, integratsiyaning bir usuli deb hisoblasak ham bo'ladi.Integratsiyani amalga oshirishning usullari yaxshi yoki yomon bo'lishi mumkin, muammoning mohiyati shundaki, usullarning birlaridan yuz o'girib, ikkinchisidan barcha darajalarida o'qituvchilarning (psixologik va fiziologik) yosh xususiyatlarini hisobga oladigan integratsion choralar tuzishni kiritishidir. Muammoning bunday qo'yilishi integratsiyaning turli ta'lim pog'onalarida turli xususiyatlarga ega ekanligini ko'rsatadi. Boshlang'ich maktabda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko'rish maqsadga muvofiq. Ta'limning keyingi pog'onalaridan u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. Bugungi kunda, ya'ni ta'lim-tarbiyaning hozirgi zamonaviy bosqichida o'qituvchining ishlash tizimi tubdan o'zgarmoqda va pedagogik texnologiyalar,integratsiya-lar, innovatsiyalar amaliyotda keng qo'llanilmoqda. O'quv fanlararo aloqadorlik ta'minlangan sharoitda o'quvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok qilish qobiliyati, faolliklari, iziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi.
Boshlang'ich ta'limda integratsiyani amalga oshiruvchi bo'g'in vazifasini o'qituvchining o'zi amalga oshiradi. U bolalarning arifmetikaga, yozishga, tabiat va ko'pgina boshlang'ich tushunchalarga o'rgatadi. O'z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang'ich ta'limda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko'rish maqsadga muvofiq. Talimning keyingi pog'onalarida u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. Boshlang'ich talim-tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini hisobga olish kerak. Bu omillar integratsiyaning usullarini belgilab beradi. Y.M.Kolegin va O.L.Aleksenko integratsiyaning salbiy omillarini ko'rsatib beradilar: o'quv predmetlarining chegaralangan soni - olinayotgan katta hajmdagi bilimlarning mazmuni olamning haqiqiy ko'rinishini, qismlarining o'zaro bog'liqligini aks ettirish bilan to'ldirish mumkin. Juda muhim bo'lgan o'qish, yozish va sanoq ko'nikmalarini shakllantirish zarurati. Bu narsalar xuddi fanlarga bo'linib o'qitishni talab qiladiganga o'xshaydi. Lekin o'qish va matematikani o'qitishning ananaviy tajribasi ham keng integratsion imkoniyatlar haqida dalolat beradi. Bunda o'qish fan sifatida o'z ichiga faqat badiiy matnlarni emas, tarix, tabiatshunoslik bo'yicha materiallarni oladi. Matematika, arifmetika, algebraik va geometrik materiallarni o'z ichiga oladi. Bunday integratsiya muhim ko'nikmalar hosil qilishga halaqit bermaslik, aksincha, ularni shakllantirishga kafolat beradi. Ta'limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang'ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqidagi yaxshi tasavvur asoslarini qo'yishi va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatlarini shakllantirishdir.Mana shuning uchun kichik maktab o'quvchisi predmet yoki voqelik hodisalarining bir necha tomondan ko'rish muhimdir:mantiqiy va ematsional tomondan,badiiy asarda va ilmiy ommabop maqolada,biolog,so'z ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazaridan va boshqalar.
Asosiy fanlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushinishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni o'rnatish ta'limga integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir.Bunga turli darslarga tushunchalarga ko'p marotaba qaytishi,ularni chuqurlashtirish va boyitish,shu yoshga tushunarli bo'lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin.Shunday qilib,yaxshi shakllangan tuzilish va o'tkazish tartibiga ega bo'lgan,tarkibiga shu o'quv predmetiga tegishli bo'lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyasiga asos qilib olinishi mumkin.Lekin integratsiyalashgan darsga boshqa fanlar,boshqa o'quv predmetlari bilan bog'liq tushunchalar tahlil qilishning natijalari kiritiladi. Masalan, "qish", "sovuq", "bo'ron" kabi tushunchalar o'qish, rus tili, tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy san'at darslarida ko'rib chiqiladi. Tushunchalarning tahlil qilish boshqa o'quv darslarida o'zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalashgan hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin bo'lishi bilan birga,yaxlit,mantiqan ketma-ket, o'ziga xos o'tishi metodikasiga ega bo'ladi.
Umumiy ta'limning poydevorining qo'yadigan boshlang'ich maktabdagi ko'p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa,tasviriy san'at va boshqalar uchun umumiydir. Hozirgi kunda bir qator predmetlari uchun umumiy bo'lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o'rnatish psixologik va metodik asosiy bo'lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish lozim.Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o'rgatilishi va zarur o'qitishning vositalari bilan ta'minlanishi kerak.
Davrimizning hayotiy ehtiyojlari maktablarda ta’lim-tarbiya ishlari darajasini yuqori bosqichga kо‘tarishni, har tomonlama puxta bilim olgan, fan va texnika asoslari bilan qurollangan kelajak avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishni talab qiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Bizning vazifamiz – to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat'iy amalga oshirishdan iborat. Shu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat'iyat bilan harakat qilishimiz zarur”1 deb ta’kidlaganlari bejiz emas. Negaki, taraqqiyotga erishishda mamlakat jtimoiy tizmining barcha sohalari faol bo‘lmoqliklari shart. Umumta’lim maktablarining asosiy vazifasi о‘quvchilarning fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini о‘stirish; ularni о‘z-о‘zini, moddiy borliqni tilning ifoda vositalari yordamida anglashga hamda о‘z fikri va his-tuyg‘ularini ona tilining keng imkoniyatlari doirasida bayon eta olish, ma’lum fanlar yuzasidan turli bilim va malakalarni hosil qilish, tо‘la savodxonlikni ta’minlash, ularda zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani amalga oshirishda о‘qituvchi hal qiluvchi rol о‘ynaydi.

Yüklə 45,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin