часть
1
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202
3
837
Faoliyatda ishtirok etish darajasiga ko'ra barcha xususiy kapitallar faol va faol
bo'lmagan xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin. Odatda, aylamna mablag'lar, asosiy
vositalarning faol qismi (mashina va mexanizmlar) korxona faoliyatida faol ishtirok etadi va
ko'proq foyda keltiradi. Hisob-kitoblar bo'yicha boshqa mijozlarda bo'lgan xususiy kapital,
ya'ni Debetorlik qarzlar korxona faoliyatining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.Turgan
joyiga ko'ra xususiy kapital ekspluatatsiyadagi, ya'ni foydalanishdagi va zaxiradagi
(konservatsiya qilingan) xususiy kapitalga bo'linadi. Foydalanishdagi kapital - bu korxona va
tashkilotlarning moliyaviy xo'jalik faoliyatini yuritishda qatnashayotgan kapitaldir.
Zaxiradagi kapital esa vaqtinchalik qurilishi tugatilmagan binolar, sexlar, ishlab chiqarishga
mo'ljallanib sotib olingan, lekin mablag' yetishmasligi sababli vaqtincha omborda turib
qolgan uskuna va jihozlardan iboratdir.
Turi va ko'rinish belgisiga ko'ra xususiy kapital real moddiy-tovar boyliklaridan iborat
bo'ladi, ya'ni u, bino, inshootlar, materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar, pul mablag'lari
va boshqalar hisobiga shakllanadi. Bular ham buxgalteriya balansida o'z aksini
topgan.Korxona, tashkilot, turli jamiyatlarning xususiy kapitali, asosan, quyidagi manbalar
hisobidan shakllanishini kuzatish mumkin, ya'ni: mulk egalarining mablag'laridan,
ta'sischilar ulushidan, faoliyatdan olingan foydadan, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan
mablag'lardan va hokazolardan.
Bugungi kunda respublikamizda turli mulkchilik shaklidagrini amalga oshirib
kelmoqda. Bularga davlat mulki shaklidagi, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi, ma'suliyati
cheklangan jamiyat shaklidagi, qo'shma korxona shaklidagi va boshqa korxonalar kiradi.
Davlat korxonasining ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning doimiy
tasarrufiga tekinga berilgan moddiy resurslar va pul mablag'lari summasidir. Ustav kapitali
hisobiga asosiy va aylamna mablag'lar shakllanadi. Korxonaga asosiy vosita mavjud ishlab
chiqarish hajmiga va ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish ob'ektlariga qarab, aylanma
mablag'lar esa normativlar asosida beriladi. Normativ yuqori tashkilot tomonidan
belgilanadi, ammo ularni taqsimlashni korxonaning o'zi mustaqil amalga oshiradi.
Amaldagi tartibga kо’ra korxona ustav kapitali miqdori uning ta’sis hujjatlarida qayd
etilgan miqdoriga muvofiq bo'lishi kerak. Davlat korxonalari uchun yuqori turgan
tashkilotning korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav kapitalini o'tkazish
to'g'risidagi buyrug’i ta'sis hujjati hisoblanadi.Ba'zi hollarda davlat korxonasining ustav
kapitali hajmi o'zgarishi mumkin. Ustav kapitali miqdorini faqatgina yuqori tashkilot
o'zgartirishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali uning aksiyadorlari sotib oladigan aksiyalarining
nominal qiymatidan iborat bo'ladi. Bunda chiqariladigan jami aksiyalaming nominal qiymati
bir xil bo'lishi mumkin. “Akiyadоrlik jamiyatlari va aksiyadоrlarning huquqlarini himоya
qilish to’g’risida”gi O’zbekistоn Respublikasi Qоnuniga muvоfiq оchiq turdagi aksiyadоrlik
jamiyatlari (ОAJ) ustav kapitalining eng kam miqdоri jamiyat ro’yхatdan o’tkazilgan paytda
qоnun hujjatlarida belgilab qo’yilgan to’rt yuz ming AQSh dllar miqdordan kam bo’lmasligi,
yopiq turdagi aksiyadоrlik jamiyatlari (YAJ) ustav kapitali esa jamiyat ro’yхatdan o’tkazilgan