hamma davrlarda ham dolzarb muammo bo‘lgan. Ko‘plab tadqiqotchilar bu
muammoning yechimini topish maqsadida turli yo‘nalishlar va yondoshuvlar
asosida tadqiqotlar olib borganlar, dastlabki matematik ta’limga turli xil metod va
vositalarni qo‘llash orqali ma’lum samaradorlikka erishganlar. Xususan,
respublikamiz olimlaridan Sh.R.Sanarova, F.O.Xodjiyeva, O.P. Aslonova,
T.R.Azlarov, X.YO.Najmiddinova, A.A.Abduqodirov
2
kabi olimlar ta’limda
kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning turli muammolarini o‘rganganlar.
Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarning ta’lim-tarbiyasini tashkil qilishda
kompyuter va kompyuter o‘yinlaridan foydalanish masalalari bilan
B.S.Gershunskiy, Y.Y.Lisenko, Y.I.Mashbits, M.N.Perova, O.K.Tixomirov
3
kabi
bir qator tadqiqotchi olimlar shug‘ullanganlar. Ularning ishlarida kompyuter
o‘yinlari bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim vositasi ekanligi
ta’kidlanadi.
Dostları ilə paylaş: