XVI bob.
O ilaning konstitutsiyaviy asoslari
l-§. Oila jam iyatning asosiy bo'g'ini
Oila jam iyatning quyi asosiy bo'g'inidir. U insonning hayotga
kelishi, tarbiyalanishidagi asosiy makon. Oila bir necha kishilar-
ni birgalikda yashash joyi. Oila to‘liq bo'lishi uchun ota-ona va
farzandlar bo'lishi shart. U iarning birortasisiz ham oila bo'lishi
mumkin. Lekin bunday oilada yetishmovchilik bo'ladi. H ar bir oila
m a’lum xonadonga mos bo'ladi.
Oila qurishdan asosiy maqsad turli jins vakillarining birga
likda hayot kechirishi va farzand ko'rish hisoblanadi.
Oila o'z ichki m uno sab atlarig a asoslanadi. O ilan in g ichki
munosabatlari qonun hujjatlariga, milliy
va axloqiy qadriyatlarga
asoslanadi. Oilaviy munosabatlar tabiiy, iqtisodiy, m a ’naviy ehti-
yojni qondirish zarurati yuzasidan vujudga keladi.
H a r q anday ja m iy a tn in g m u s ta h k a m lig i,
rivoji oilaga
bog'liq. Chunki, jam iyatda b o 'ladigan ijtimoiy m u n o sab atlar-
n in g dastlabki elementi oilada v u jud g a keladi va shakllanadi.
O iladagi
k a tta la r n in g bir-biri, b o sh qalar bilan atrof-m uhit, mol-
m ulkka bo'lgan m unosabati y o s h la rn in g shu m a s a la la rg a mu-
nosabatini shakllanishi uchun o 'rn ak bo'ladi. Oiladagi tarbiya-
n in g boshqa tarbiy alard an farqi, afzalligi tarbiya u yerda faqat
o'rgatish, o'qitish, t a ’kidlash bilangina em as,
barcha narsalar-
da katta yoshdagilarni kichik yoshlar uchun o 'rn ak ko'rsatishi
orqali olib boriladi.
Nima mumkin va nima mumkin emasligi, mehnatga, mol-
mulkka munosabat, ovqatlanish, dam olish, kattalarga muomala,
hurmat, kichiklarga g'amxo'rlik qilishning dastlabki sabog'i
oilada
olinadi. Bola boshqa m uassasalarga tarbiya, bilim olish uchun be-
rilgunga qadar hayot alifbosi haqida m a’lumotni oiladan oladi.
Oiladagi tarbiya kishilarning axloqiga, xulqiga o'chmas qoida-
larni singdiradi. Inson tarbiyasida hech qanday boshqa tuzilmalar
oilaning o'rnini bosa olmaydi. Chunki, u yerdagi tarbiyaga sut,
qon singari muqaddas ashyolar ta ’sir qiladi.
240
www.ziyouz.com kutubxonasi
S h u la rn in g barchasi e ’tiborga olinib,
bizning xalqimizga
xos oiladagi ijobiy jihatlarni m u stah k am lash va rivojlantirishni
ta’minlash uchun Konstitutsiyamizda oila uchun maxsus XIX bob
ajratildi. Bunday holatni — oilani m axsus bobda ko‘rsatishni bosh
qa m a m la k a tla r Konstitutsiyalarida uchratm aym iz. U yerlarda
oilaga ham davlat va ja m iy atnin g munosabati o'zgacha. Bizda
oila ja m iy a tn in g ajralm as qismi va mavjud bo'lishi sh a rt masala
deb qaraladi va albatta,
unda ikki jinsning, erkak va ayolning
birlashuvi bo'lishi, bu birlashuv orqali dunyoga yangi insonlar
kelishi n azard a tutiladi.
Ana shulardan kelib chiqib, Konstitutsiyaning 63-moddasida
“Oila ja m iy atn in g asosiy bo'g'inidir...”, - degan qoida o'z aksini
topgan. Konstitutsiyada oilani jamiyatning bo'g'ini sifatida e’tirof
etilishi oilasiz jamiyat kemtik bo'lishini, rivojlanish xavf ostida
qolishini ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2011-yil dekabr oyida
Konstitutsiya
kuniga bag'ishlangan yig'ilishdagi m a’ruzasida
2012-yilni “M u sta h k a m oila yili” deb e ’lon
qilar ekan, oila haqida
shunday so'zlarni aytdi: “Ongli yashaydigan har bir odam yaxshi
anglaydiki, bu yorug' olamda hayot bor ekan, hayot abadiyligi,
bebaho n e ’mat bo'lmish farzand bor. Farzand bor ekan, odamzot
hamisha kelajagini o'ylab, ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi.
Yangi yilga m ana shunday nom berishimiz
azal-azaldan xalqimiz
uchun muqaddas bo'lmish, oilani hayotimiz tayanchi va suyanchi,
jamiyatimizning hal qiluvchi asosiy bo'g'ini deb qabul qilishimiz
zamirida, hech shubhasiz, juda katta m a’no-mohiyat mujassam.
Chunki, oila sog'lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mus
tahkam ekan - m am lakat barqaror” 1.