Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/27
tarix08.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#83542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r

3-§. Nikoh tuzish asoslari
Mamlakatimizda oila tuzish asosi nikoh hisoblanadi. Nikoh oila 
tuzishning qonuniy sharti bo'lib, u Konstitutsiyada belgilangan. Kons­
titutsiyaning 63-moddasida “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va 
teng huquqliligiga asoslanadi”, — degan qoida o'z ifodasini topgan.
Oilaning asosi nikoh bo'lsa, nikoh birinchidan, tomonlarning 
mutlaq roziligi bilan, ikkinchidan, teng huquqliligi asosida tuzi- 
Iadi. Shundan xulosa qilib aytilsa, nikoh tuzish asoslari tomonlar­
ning roziligi (ixtiyoriylik) va tomonlarning — er va xotinning teng 
huquqligidir. Nikohlanuvchilarning roziligi haqiqiy bo lishi, biror
1 Bu haqda qarang. “ Xalq so'zi", ‘2011-yil 8-dekabr.
243
www.ziyouz.com kutubxonasi


to m o nn in g roziligi har qanday tazyiq, qo'rqitish, kuch ishlatish 
orqali olinmasligi kerak.
O'zbekistonda nikoh munosabatlari m ax su s qonun bilan tartib­
ga solinib, unda ham nikoh tu z ish n in g ba’zi asoslari belgilangan. 
Unga asosan, nikoh tuzishga kelgan shaxslar, albatta, qarama- 
qarshi jins vakillari (erkak va ayol) bo'lishi kerak. Nikoh tuzish 
uchun m a ’lum yoshga y etgan bo'lishi (erkaklar 18 yosh, ayollar 
17 yosh) talab etiladi.
Bundan tashqari, nikoh tuzish uchun nikohlanuvchilar sog'lom 
bo'lishi talab etiladi. Sababi, nikoh natijasida qurilgan oilalar al­
batta farzand ko'rishni maqsad qilib qo'yadi. D unyoga sog'lom far- 
zand kelishi uchun ota va ona sog'lom bo'lishi kerak.
Shu masalani hal qilish uchun O 'zbekiston huk u m ati “Nikoh- 
lanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish to'g'risida N izom ’ni 
tasdiqlagan. Ko'rikdan o'tkazish nikohlanuvchining sog'lig'ini aniqlash 
bilan birga ularning ruhiy kasalliklar va OITS kasalliklari bilan 
og'rimaganligini aniqlashdan iboratdir. Chunki, bu kasalliklar ni- 
kohlanuvchilarning biridan-biriga, farzandlariga o'tishi m um kin va 
og'ir oqibatlarga olib keladi. Tibbiy ko'rikdan o'tish tartibi buzilib 
nikoh tuzilsa, unda bunday nikoh bekor qilinishi m um kin.
Oilada sog'lom avlod vujudga kelishini ta ’minlash maqsadida 
qonunga asosan yaqin qarindoshlarning nikoh tu zu sh i taqiqlanadi. 
Bunday holda ham meditsina nuqtai nazaridan nosog'lom farzand- 
lar dunyoga kelishi mumkin.
Nikoh tuzishda nikohlanuvchilarning huquqi tengligi asosida 
oilada bir er va bir xotin bo'lishi mumkinligi belgilab qo'yilgan. 
Qonunlarimiz ko'p xotinlikka yo'l qo'ymaydi. Bu m asala bir kishini 
faqat bir kishi bilan nikohda bo'lishi mumkinligini, avvalgi ni­
koh bekor qilinmasdan boshqa nikoh tuzish m um kin emasligini 
bildiradi.
O'zbekistonda tegishli davlat organlari tomonidan ro'yxatga 
olingan nikohgina qonuniy sanaladi va e’tirof etiladi. Bunday or­
gan Adliya vazirligi tizimidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini 
yozish organlaridir (FHDYo).
Bu organlar tomonidan qonuniy asoslarda berilgan hujjat ni- 
kohni isbotlovchi hujjat tariqasida e’tirof etiladi.
244
www.ziyouz.com kutubxonasi


O'zbekiston Respublikasining M a ’muriy javobgarlik to'g'risidagi 
kodeksi 230-moddasida “Fuqarolik holati aktlari to'g'risidagi qonun 
hujjatlarini buzish” uchun m a ’muriy javobgarlik belgilangan.
Oila qurishda erkak va ayol tengligi ularni familiya tanlashida 
ham ko'rinadi. Er-xotinning ixtiyoriy roziligi bilan bir xil familiya 
tanlanishi yoki har kim o'zining familiyasida qolishi mumkin. Ke­
yingi barcha m unosabatlarda ham er-xotin bir xilda huquqlardan 
foydalanadi.
4-§. O ta-onaning [arzandlar oldidagi majburiyati
O ta-on an in g
farzandlar 
oldidagi 
burchining 
konstitutsi­
yaviy darajada m ustahkam lanishi yosh avlodga bo'lgan e’tiborni 
ko'rsatadi. O ta-ona farzand ko'rgach uni voyaga yetkazishi, tar- 
biyalashi shart. Tarbiyasiz, yetarli ta ’minotsiz farzand jamiyatda 
o'z o'rnini topishi u yoqda tursin, jamiyat uchun xavfli shaxsga 
aylanadi.
K onstitutsiyaning 64-moddasida: “Ota-onalar o'z farzandlarini 
voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar”, -
deb belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, majburiyat ikki narsani 
hal qilishga qaratilgan, birinchisi, farzandlarni boqish, ikkinchisi, 
tarbiyalash.
Farzandni boqish deganda uni voyaga yetguncha barcha mod- 
diy ehtiyojlarini qondirish, yashashi uchun eng zarur imkoniyatlarni 
yaratish tushuniladi. Bu - ovqatlantirish, kiyintirish, bolalarni ya­
shashi uchun zarur jihozlar bilan ta ’minlash, o'qitish, o'qish va bilim 
olish uchun zarur o'quv qurollari va jihozlar bilan ta’minlashdir.
Bunda har bir ota-ona o'z moddiy imkoniyatlaridan kelib chi­
qib, tegishli sharoitlarni yaratadi.
O ta-onaning muhim va mashaqqatli majburiyati bolani tarbiya- 
lashdir. M ak tab g ach a bola to'la ota-ona ixtiyorida bo'ladi. Ayrim 
bolalar m aktabgacha tarbiya muassasalarida bo'lishi ham mum­
kin. Bola maktabgacha ota-ona ixtiyorida bo'lganda, bolaning 
tarbiyasiga faqat ota-ona javobgar. Shu davrdan boshlab bolada 
atrofdagi va oiladagi hodisa, voqealarga munosabat shakllana
245
www.ziyouz.com kutubxonasi


boshlaydi. Shu-ning uchun bola ongida faqat ijobiy qarash lar shakl- 
lanishi uchun ota-ona katta ishlar olib borishi, barcha yaxshi ish- 
lar, odatlar, xislatlar, voqealar haqida bolaga tu s h u n c h a la r berishi, 
televizorlardagi bolalar uchun ko'rsatuvlarga ularni jalb qilishi, ju- 
da ham muhim. Bola tarbiyasida ularni tabiatga, o'simlik va hay- 
vonlarga yaxshi munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash alohida 
rol o'ynaydi. Tarbiya natijasida o'simlik va hayvonot dunyosiga 
do'stlik ruhini vujudga keltirish zarur. Bola tarbiyasi natijasida 
ularning bir-biriga, kattalarga hurmati, mahalla, v ata n g a hur- 
matining boshlang'ich asoslari vujudga keladi.
Bola tarbiyasida eng muhimi nafaqat tushuntirish, o'rgatish, 
balki, shaxsiy o'rnak ko'rsatishdir. Bola uchun o ta-onaning yurish- 
turishidan o'rnak olish, ularga taqlid hissi juda kuchli. Ana shu 
narsadan to'g'ri foydalanish zarur.
Bolani boqish va voyaga yetkazish majburiyatida bolalarni 
o'qitish, o'qish uchun zarur sharoitlarni yaratish, bolaning qobili- 
yatiga qarab bilim berishni am alga oshirish, o'quv dargohidagi 
ishlarini kuzatib turish muhim hisoblanadi.
Oila buzilib, ota-ona ajrashgan holda ham ota-ona majburi- 
yati bekor bo'lmaydi. Bola kim bilan qolishidan q a t’i n aza r ikkala 
tomon ham bola uchun g'amxo'rlik qilishi shart. Bu ixtiyoriylik 
asosida bo'lmasa, majburiy tarzda aliment undirish bilan amalga 
oshiriladi.
Bola voyaga yetguniga qadar barcha ehtiyojltrini imkoniyat 
darajasida qondirgan ota-onalar majburiyatni ado e tg an hisobla­
nadi. Otalik, onalik majburiyatlarini bajarm aganlar qonun asosida 
ota-onalik huqiqidan m ahrum qilinadi.
Keyingi paytlarda m am lakatim izga turli 
diniy oqimlar- 
ning kirib kelishi va ularning xurujlari, narkom aniya kasofatining 
paydo bo'lishi bulardan farzandlarimizni saqlash choralarini keng- 
roq ko'rishni taqozo etmoqda. Bu esa, yana tarbiyaga e’tiborni 
kuchaytirish, barcha kuchni unga sarflashni, bu ishda maktab, 
mahalla hamkorligini o'rnatish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
246
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin