tahkamlanishida katta s am ara berdi. “Oila yili” munosabati bilan
belgilangan tadbirlar natijasida davlat oilalarga juda katta moddiy
yordam ko'rsatdi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida oilalarga, ayniqsa, serfarzand, kam
ta’minlangan oilalarga davlat tarafidan koYsatilgan yordam tufayli
oilalar qattiq zarbalarga uchramadi va turmushda o‘z vazifasini ba-
jarishdan chetlanmadi.
2012-yil Prezidentimiz tomonidan “M ustahkam oila yili” deb
e’lon qilindi. Shu munosabat bilan oilani davlat tomonidan qo‘llab-quv-
vatlash yanada kengaydi. Oilani himoya qilish mexanizmi kuchaydi1.
“M u sta h k a m oila yili” munosabati bilan davlat idoralari, no-
davlat tashkilotlari, hayriya jam g'arm alari birgalikda ishlab chiqqan
dasturda oilani davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish
ko'zda tutildi.
Shuningdek, oila institutini rivojlantirish va takomillashtirish
bo'yicha yangidan qabul qilinadigan qonunlar va boshqa huquqiy
hujjatlar b u g ungi va erta n g i kun talablariga javob berishi, amal-
dagi qonun hujjatlariga kiritiladigan o'zgartirish va qo'shimchalar
esa, oila maqomini kuchaytirishi, uning jamiyatdagi o'rnini ang-
lashga yordam berishi, oilani davlat tomonidan, boshqa fuqarolik
jamiyati institutlari tomonidan qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish
ko'zlangan asosiy maqsadlardandir.
Dostları ilə paylaş: