AQSHDA XIX-XIX ASRLARDA GEOGRAFIYANING RIVOJLANISHI
Fuqarolar urushinig shart-shaoitlari va kelib chiqish sabablari AQShda abolitsionchilar va frisoylerlar kuchayishiga qaramasdan. Shimol burjuaziyasi va G`arbdagi fermerlarning Janub quldorlari bilan kompromisslik (kelishuv) munosabati XIX asrning 50-yillarigacha AQSh ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayolining asosiy xususiyatlarini tashkil etdi. Bu kelishuvchilikning mohiyati bir davlal tarkibida kapitalistik va quldorlik munosabatlarning mavjudligidan iborat bo`lib, AQShning ko`pgina moliyachilari. savdogarlari va sanoatchilari Janubdagi quldorlik xo`jaliklari bilan bog`liq cdi. Aksariyal fermerlar va quldorlar AQShga kiritilayotgati arzon ingliz maxsulollariga bojxona soliqlari va to`lovlari miqdorini kamaytirish maqsadida prczident saylovlarida birlashar edilar. Fermerlar va quldor plantatorlar AQShning hududiy ekspansiyasidan o`zaro teng manfaatdor bo`lib, bu ufarni kolonizatsiya - yangi yerlar bilan ta`minlar edi. Uzoq vaqt davomida AQSh hududini kengayib borishi fermerlar bilan quldorlar munosabalini keskinlashuviga yo`l qo`ymadi. Ammo, Janub bilan Shimol o`rtasidagi chegara shtatlarda , yangi tashkil topayotgan shtatlarda qulchilikni joriy qilish borasida azaldan kurash davom etib kelar edi.
50-yillarga kelib ahvol o`zgardi. Kapitalizm ravnaqi va G`arbdagi yerlarga fermerlar kolonizatsiyasining kuchayishi qulchilik bilan ziddiyatlarni keskinlashtirdi. Kuchlar muvozanati qulchilik laqiqlangan Shimol shtatlari foydasiga lez o`zgardi. Ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti qoloq Janubga qaraganda Shimolda tez o`sdi. 1850-1860-yillarda AQSh aholisi 23 mln dan 31 mln kishiga yetdi, Aholining aksariyat qismi Shimol va G`arbdagi shtatlarda yashardi, 1860- yilda Janubda 12,2 mln aholi yashagan, uning 4 mln.ini qullar tashkil qilgan.
Sanoat ishlab chiqarish, asosan, Shimolda to`plangan bo`lib, AQSh 50- yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda Angliya, Fransiya va Germaniyadan so`ng to`rtinchi o`rinni egalladi AQSh savdo flotining yuk ko`tarish hajmi Angliyanikiga tenglashib, 5,3 mln tonnani tashkil etdi. Biroq AQSh qishloq xo`jaligiga asoslangan agrar mamlakat bo`lib, mashinalar va sanoat maxsulotlarining katta qismi Angliyadan keltirilar edi.
AQShda ishlab chiqarish kuchlarining o`sishi quldoriik ishlab chiqarish munosabatlari bilan zid kela boshladi. Quldorlik kapitalizmning yanada rivojlanishi yo`lida asosiy to`siq bo`lib qoldi.
Janub planlatorlarining xo`jaliklari paxta yetishtirish va uni Angliyaga chiqarishga ixtisoslashib bordi. Hind paxtasining raqobati tufayli ishlab chiqarish unumdorligini oshirish zaruriyati yangi yerlar hisobidan ekin maydonlarini kengaytirishni taqozo qilar edi.
Plantatorlar AQShga olib kelayotgan arzon ingliz sanoati maxsulotlari uchun bojxona soliqlari miqdorini osbirishga yo`l qo`ymayotgan edilar. Janubni Angliya fabrikalari uchun xom-ashyo ba`zasiga aylantirilishi mustaqil milliy sanoat, ichki bozorni kengaytIrish va qullarni yollanma ishchilarga aylantirish uchun harakat qilayotgan AQSh burjuaziyasida norozilik tugdirmoqda edi. Burjuaziya bilan plantatorlar o`rtasida temir yo`llar qurilishi borasida ham tortishuvlar mavjud cdi. Burjuaziya o`z manfaatidan kelib chiqib shimoliy-g`arbiy yo`nalishda. quldorlar janubiy yo`nalishda temir yo`llar qurilishini jadal olib borilishini talab qildilar. 50- yillardan quldorlar bilan fermerlar o`rtasida qarama-qarshilik kuchaydi.
Qashshoqlashgan fermerlar va ishchilar g`arbdagi yerlarni mayda uchastkalarga bo`lib berilishini va qulchilikni bekor qilinishini talab qilayotgan edilar. Shuninigdek. janubda negr qullarininig qulchilikka qarshi kurashi ham kuchaydi.
Qulchilik masalasida keskinlikning paydo bo`Iishiga quldorlarning mamlakatda siyosiy hukmronligini saqlab qolish uchun yangi shtatlarda qulchilikni joriy qilishga urinishi sabab bo`lmoqda edi.
Shimol bilan Janub o`rtasidagi qulchilik borasidagi ziddiyatlar AQShda fuqarolar ufushi ko`rinishidagi inqilobiy porllashga olib keldi.