Xvii asr o`rtalari va XIX asrlarda aqsh


Mustaqillik urushining sabablari



Yüklə 198 Kb.
səhifə2/13
tarix17.05.2023
ölçüsü198 Kb.
#114814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
AQSHDA XIX-XIX ASRLARDA GEOGRAFIYANING RIVOJLANISHI

Mustaqillik urushining sabablari
XV11I asrning so`nggi choragida ko`pchilik mustamlakalar Angliya qirolining boshqaruvi ostida edi. Konnektikut va Rod Aylend mustamlakalari qirol tomonidan tasdiqlanuvchi saylangan gubernatorlar tomonidan boshqarilar edi. Pensilvaniya, Delaver va Merilend alohida kishilarga tegishli edi. Barcha mustamlakalarda maslahat organiga ega bo`lgan saylangan vakillarning palatalari mavjud edi. Mustamlakalarda din katta rol o`ynar edi. Amerikada ko`plab diniy sektalar mavjud bo`lib, ularning ichida puritanlik cherkovi ustun mavqeiga ega edi.
Inqilob arafasida mustamlakalarda 8 la kollej (oliy maktablar) mavjud bo`lib, ularning asosiy maqsadi puhoniylarni tayyorlash edi. XVIII asrning oxirlarida dunyoviy bilimga ega bo`lgan malumotli kishilar Amerikada ko`pchitikni tashkil qila boshladi. Shunday kishilardan biri Benjamin Franklin (1706-1790) edi. Franklin Amerika jamiyatining hayotida katta tashabbuskorlik faoliyatini ko`rsatdi. u tipografiya, jamoat kutubxonasi, kasalxona va akademiyaga asos soldi. Mustamlakalarning ajralib chiqishi uchun kurashining muhim sabablaridan biri mustamlakalar va metropoliya o`rtasidagi savdo va sanoat sohasidagi raqobat edi.
Mustamlakalarda XVIII asr boshidanoq sanoat tez taraqqiy topdi. Mustamlakachi dehqonlar bir vaqtning o`zida temirchi-chilangar va to`quvchi edilar. Shishasozlik, charmgarlik, kemasozlik, temirchilik kabi yirik manufakturalar XVIII asr o`rtalaridan boshlab keng taraqqiy etdi.
XVIII asr ingliz hukumatining hujjatlarida mustamlakalarda manufakturalar qurishni taqiqlovchi ko`plab hujjatlarni topish mumkin. Mustamlakalarda savdo cheklab qo`yildi yoki umuman taqiqlandi. Navigasion aktlar mustamlakalarni Angliyadan tashqari har qanday davlat bilan savdo va sanoatini bo`g`ib qo`yishga qaratilgan edi.
Metropoliyaning g`arbiy hududlarga aholining ko`chib kelishmi taqiqlash siyosati janubiy quldor plantatorlarning manfaatiga jiddiy salbiv ta`sir ko`rsatdi. Chunki virtqich plantatsion xo`jalikka yangi-yangi unumdor hududlar zarur edi. 1763 yilgi aktdan keyin Birginiya aholosi Amerika mustamlakalaridagi xalqlarni ingliz qiroli o`zining fuqarolari deb sanashga haqli emasligi to`g`risidagi shiorlar bilan chiqdi.
1765 yil ingliz hukumati "Gerb solig`i to`g`risida" qonun e`lon qildi. Mustamlakadagi barcha savdo va sanoat korxonalarida bu soliq joriy qilindi. Hisob-kitoblar. shartnomalar, tilxatlar, ro`znomaning har bir soni, universitet diplomlari va boshqa barcha hujjatlar gerb solig`iga tortildi. Ingliz pariamenti bu soliqni mustamlakalarning aholisidan so`ramasdan mustamlakalarda joriy qildi. Bunga javoban mustamlakalarda namoyishlar bo`lib, unda Angliyaga qarshi norozilik chiqishlari yangradi. Shu yili Nyu-York shahrida mustamlakalarning vakillari ishtirokida kongress chaqirildi. Kongress mustamlakalar faqat ularning roziligi bilangina soliqlarga tortilishini talab qilib chiqdi va ingliz tovarlariga boykot e`lon qildi.
Boykot natijasida metropoliyaning mustamlakalar bilan savdosiga katta zarar o`di. London savdogarlari umumpalatasiga savdoning qisqarib ketganligidan zarar ko`rayolganligini ma`lum qiluvchi va gerb sofig`ini bekor qilishni so`rovchi talabnomalar taqdim etildi. Parlament gerb solig`i to`g`risidagi aktni 1766 yilda bekor qilishga majbur bo`ldi. 1767 yil iyunida parlament Taunsend, deb nomlanuvchi aktni e`lin qildi. Taunsend 1767 yildan boshlab Brilaniya moliyasini boshqardi. Uning nomi bilan ataluvchi aktga ko`ra, Amerika mustamlakalarni soliq to`lashga majbur qilish maqsadida Amerikaga keltirilgan ingliz choylari katta miqdordagi boj solog`idan ozod qilinib, uncha katta bo`lmagan soliqqa tortildi. Ingliz pariamenti Amerika xalqi narxi arzonlashtirilgan choyni tez xarid qiladi, deb o`ylagan edi. Ammo Amerika vatanparvarlari bunday tuzoqqa tushmadilar. Ingliz choylariga boykot e`lon qilindi, mustamlakalarda vaqtincha choy iste`mol qilish to`xtatildi. Boston savdogarlari mahalliy fuqarolar orqali kemalardagi ingliz choylarini suvga tashlatishga muvaffaq bo`ldilar. Bu tarixda "Boston choyxo`rligi" deb ataladi.
1774 yil Ogayo va Missisipi shtatlari orasidagi hududlarni Kvebek provinsiyasiga berish tog`risidagi mashhur akt e`lon qilindi. Bu akt vakillik organiga ega bo`lmagan, katolik dini hukmron bo`lgan ushbu mustamlaka Kvebek hududining kengaytirilishini anglatar edi. Bu akt Birginiya, Massachusetc va Konnektikut mustamlakalarining ular hududini shimoliy-sharqqa tomon kcngaytirish to`g`risidagi talablariga zid kelmoqda edi.
Massachusets va Virginiya mustamlakalarining tashabbusi bilan mustamlakalarni birlashtirish maqsadida 1774 yil 5 sentyabrida Filadelfiyada kongress chaqirildi. Bu 1-kontinental kongressda ingliz hukumati bilan qonuniy usullarda munosabatda bo`lish tarafdorlari - loyyalistlar ko`pchilikni tashkil qildi. Ular Angliya bilan mustamlakalar uchun, maxsus chiqarilgan konstitusion pejim asosida aloqalarni saqlab qolishni taklif etdilar. Bu kongressda Birginiyalik deputat Jorj Vashington (1732-1799) katla rol o`ynaydi.
Kongressda Birginiyalik depupatlar orasida advokat va publitsist Tomas Jefferson (1743-1826) harri o`zining o`tkir chiqishiari bilan ajralib turdi. Jefferson yerga mulloq egalik qilishni bekor qilishni, merosga katta o`g`ilning egalik huhuqini bekor qilishni, negrlarning qulchiligini tugatishni talab qilib chiqdi.
1774 yilgi kontinental kongress Amerikaiiklarning o`z-o`zini milliy anglashini shakllanisbiga zamin tayyorladi. Kontinenlal kongress 5 sentyabrdan 26 oktyabrgacha faoliyat yuritdi. U qirolga bir qator talabnomalar tayyorladi, mustamlakalarga yangi soliqlar joriy qilmaslik, ingliz hukumatining mustamlakalarda siquviga barham berish shular jumlasidan edi. Kongress mustamtakalar aholosidan ingliz tovarlarini boykot qilishni talab qildi, shundan so`ng muammolarni tinch yo`l bilan echish maqsadida kongress o`zining majlisini 1775 yilning may oyida davom ettirishga qaror qildi. O`rtadagi bu tanaffus davrida mustamlakalar va metropoliya o`rtasidagi nizo quroli kurashga aylanib ketdi.

Yüklə 198 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin