Xvii asr o`rtalari va XIX asrlarda aqsh


Mustaqillik urushining boshlanishi



Yüklə 198 Kb.
səhifə3/13
tarix17.05.2023
ölçüsü198 Kb.
#114814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
AQSHDA XIX-XIX ASRLARDA GEOGRAFIYANING RIVOJLANISHI

Mustaqillik urushining boshlanishi
1775 yil 19 aprelida ingliz generafi Geyj Konkorddagi zambaraklar, porox, musbket o`qlari va un zahiralarini egallash maqsadida Bostondan 1700 kishidan iborat harbiy korpusni jo`natdi. Boshqa mustamlakalardan kelgan aholi Boston shahrida lager lashkil qilib, uni "Ozodlik lageri" deb atadilar. Tezda Bostinda amerikaliklarning 20 ming kishilik qo`shini tashkil topdi. 1775 yil 17 iyunda Boston yaqinida mustamlakalarning qo`shini Angliyaning Bostondagi harbiy garnizonini mag`lubiyatga uchratdi. Shundan so`ng boshqa rayonlarda ham harbiy harakatlar boshlanib ketdi.
1775 yil may oyida Filadelfiyada kongress chaqirildi va u ikkinchi kontinental kongress deb nom oldi. 15 iyunda Yangi Angliya dcputatlarining taklifi bilan kongress poikovnik Jorj Vashingtonni oliy bosh qo`mondon qilib sayladi. Vashington jangovar qo`shin tashkil qiHshga kirishdi. 1776 yil mart oyida Vashington qo`shini Bostonni egalladi. Jon Adamsning aytishicha, urush davrida Amerika aholisining uchdan biri mustaqillik tarafdori. biri qarshi, uchinchisi betaraf bo`lgan Amerikada bu davrda qurol ko`tarishga qurbi etadigan 2 million 200 ming kishilik oq tanli aholi bo`lgan. Ammo Vashington qo`shinining soni 22 ming kishidan oshmagan. Bu vaqtda 50 mingdan ziyod amerikalik ingliz qo`shinlari tarkibida xizmat qilgan. Hammasi bo`lib Shimoliy Amerikaga Angliyadan 90 ming kishilik qo`shin yuborilib, ularning 30 minggi yollangan nemis qo`shinidan iborat bo` Igan.
Urush harakatlarining borishi yana shu bilan qiyinlashdiki, mustamlakalarning mahalliy aholisi orasida ko`plab torilar - Angliya tarafdorlari mavjud edi. Mustamlakalar aholisi vigilarning ko`pchiligi ham xoinlik va qo`poruvchilik faoliyati bilan shug`ullanadilar. Amerikada torilar va bigilar siyosiy partlya sifatida rasmiylashmagan edi. Ularning na dasturi, na Nizomi, na partiyaviy tashkiloti mavjud edi. Aholining Joyyalchilari - torilar deb, inqilob tarafdorlari esa vigilar deb atalgan. Torilar ingliz qirolidan yerga egalik qilish uchun maxsus yorliq olgan asizoda yer egalari edi. Vigilarning asosiy kuchi fermerlik bo`iib, ular g`arbdagi yerlarga erkin ko`chib borish huquqini talab qilayotgan edilar. Vigilarga manufaktura ishchilari, hunarmandlar va shaharlarning mayda burjuaziyasi kabi ingliz ma`muriyatidan aziyat chekayotgan ijtimoiy guruhlar ham qo`shildilar.



Yüklə 198 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin