Xvii— XVIII asrlarda ingliz va fransuz mutafakkirlarining ijtimoiy taraqqiyot haqidagi g‘oyalari



Yüklə 38,54 Kb.
səhifə4/6
tarix15.04.2023
ölçüsü38,54 Kb.
#98378
1   2   3   4   5   6
Yevropa mutafakkirlarinng shaxs va jamiyat haqidagi fikrlari

Shari Furye (1772—1837) ta’limotida ijtimoiy taraqqiyot xususiy mulkchilik hukmronligiga va xalq ommasining ezilishiga olib kelganligi va uni o'zgartirish zaruriyatiga asoslanadi. Xususiy mulkchilik sharoitida qonunlar va deklaratsiyalarda e’lon qilingan turli huquq va erkinliklar aslida qog'ozda qolib ketadi. Shu ma’noda Furyening eng qimmatli fikrlaridan biri shuki, jamiyatda, eng avvalo, rasmiy ravishda «mehnat qilish huquqi» qabul qilinishi kerak va u amalga oshirilishi lozim.
Furyening fikricha, xalq suvereniteti ham, barchaga teng bo'lgan saylash huquqi ham, respublika muassasalari va boshqalar ham xalqning azob-uqubatlariga chek qo'ya olmaydi. Ahvol jamiyat asosiga ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar hamkorligi bo'lmish assotsiatsiyalar (bir- lashmalar) qo'yilsagina keskin o'zgarishi mumkin. Uning tarkibiga turli ijtimoiy guruhlarning a’zolari (mulk egalari, proletariylar, erkin kasb egalari, ishchilar, dehqonlar va boshqalar) kiradilar. Assotsiatsiya tuzumi «yangi xo'jalik va sotsiyetar dunyo» yacheykalari — falanga hisoblanadi. Ularning har birida taxminan 1600 kishidan iborat kollektivlar bo'ladi. Falangalar tarmog'i bir xil tuzilishga ega bo'ladi, bir-biridan mustaqil bo'ladi va butun mamlakatni, qit’alarni va yersharini qamrab oladi. Garchi ular o'z faoliyatlarini muvofiqlashtirib tursalar-da, bir-biri bilan bog'lanib, yagona lizimni tashkil qilishmaydi. Kelajakda saqlanib qoladigan markaziy hokimiyat va uning muassasalari falangalarning ichki ishlariga aralasha olmaydilar, ularni himoya qilish yoki ularni boshqarish imkoniyatlariga ega emaslar.
Mazkur tizim barcha ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirishni talab qilmaydi. Falangalarda muayyan shakllarda xususiy mulk, mehnatsiz foyda olish, mulkiy tengsizlik mavjud bo'ladi. Bu jamiyatda har kimning shaxsiy erkin bo'lishi eng asosiy talabdir. U o'zining zaruriy normalariga ega. ammo ular jamoa a’zolarining barchasi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi, shu ma'noda ular barcha tomonidan ongli ravishda, ixtiyoriy bajariladi.
Robert Ouen (1771-1858) qarashlarining markaziy bo'g'ini - inson xarakteri haqidagi g'oyadir. Uning fikricha, inson xarakteri individning tabiiy tuzilishi va uni qurshab turgan muhitning o'zaro ta’siri natijasidir, bu munosabatda muhit belgilovchi rol o'ynaydi. R.Ouen Sen-Simon va Furyedan farqli ravishda xususiy mulkchilik munosabatlariga faol va izchil qarshi chiqdi.
Ouen yangi jamiyat qurishda ikki holatdan qochishga umid qiladi. Birinchidan, revolutsiyani zo'ravonlikka asoslangan davlat to'ntarishiga aylantirib yuborishdan. Ikkinchidan, inqilobni madaniyatsizlik sharoitida savodsiz kishilar tomonidan amalga oshirilishidan. Uning fikricha, zo'ravonlik hollariga yo'l qo'yilishi va ijtimoiy tartibsizlik shundoq ham abgor bo'lib turgan jamiyatning holatini yanada yomonlashtiradi, insoniyatni orqaga tortadi, nurli kelajak vujudga kelishini ortga suradi. Inqilobni unga tayyor bo'lmagan va faqatgina sinfiy qasosga taslma kishilar amalga oshirsalar oqibat tabiiy ravishda ana shunday bo'ladi. «Mavjud tuzum har qanday tuban bo'lsa ham, deydi Ouen, uni ushbu masalalarda bilimsiz bo'lgan va qo'pol kishilar qo'li bilan buzib bo'lmaydi».
Ana shu kelajak jamiyatiga o'tish bo'lg'usi kommunistik jamoalar qurish uchun yetarli kapitalga ega bo'lgan va ijobiy istaklar rahnamoligida harakat qiluvchi alohida individlar va kishilar guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Monarxlar, ministrlar, arxiyepiskoplar, yer egalari, sanoat- chilar, umuman olganda boy va saxiy. savobtalab kishilar (filantroplar), shuningdek, graflar, o'rta hoi kishilar assosiatsiyalari, fermerlar, savdo- garlar, hunarmandlar, fabrika ishchilari ana shunday kishilar bo'lishi mumkin.
Kelajak jamiyatining eng kichik asosi o'z-o'zini ta’minlovchi kommunadir. Ular milliy darajadagi federatsiyalarga birlashadilar, so'ngra esa dunyoviy masshtabda birlashuv yuz beradi. Yer sharida bir vaqtning o'zida barcha uchun bir xil bo'lgan qonunlar to'plami faoliyat ko'rsata boshlaydi, bir xil boshqaruv tartibi joriy etiladi. Yer aholisi katta bir oilaga birlashadi.
Ouen ana shunday «jamoa posyolkalari» konstitutsiyasini ham ishlab chiqdi. Ular o'z munosabatlarini kollektiv mehnat, ijtimoiy mulkchilik, unga kinivchilaming huquq va majburiyatlarining tengligi asosiga quradilar. Kishilar o'rtasida o'zaro samimiy yordamga asoslangan munosabatlar tarkib topadi. Kasallar, nogironlar, qariyalar va mehnatga yaroqsizlarga nisbatan kollektiv g'amxo'riik vujudga kcladi. Axloq soflashadi va bu narsa mukofotlash yoki jazolashning yo'qolishiga olib keladi.
XVII— XVIII asrlarda ingliz va fransuz mutafakkirlarining ijtimoiy taraqqiyot haqidagi g‘oyalari

Yüklə 38,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin