Xvii— XVIII asrlarda ingliz va fransuz mutafakkirlarining ijtimoiy taraqqiyot haqidagi g‘oyalari



Yüklə 38,54 Kb.
səhifə2/6
tarix15.04.2023
ölçüsü38,54 Kb.
#98378
1   2   3   4   5   6
Yevropa mutafakkirlarinng shaxs va jamiyat haqidagi fikrlari

Nikkolo Makiavelli (1469—1527) siyosiy hodisalar, ijtimoiy voqealar haqida gapirganda teologiyaga, diniy asoslarga umuman o'rin qoldirmaydi. U yangi konsepsiya bilan chiqadi: siyosiy voqealar, davlat shakllarining o'zgarishi xudoning irodasi bilan yoki kishilaming istagi va fantaziyasi bilan emas, balki obyektiv ravishda «hodisalarning tasavvurdagi emas, tabiiy ravishdagi kechishi» la’sirida yuz beradi. U davlatga xos hayotni teolo- giyadangina emas, balki axloqdan ham ajratib tashlaydi.
Podshoh hokimiyati mustahkam asosga qurilmog'i kerak, aks holda u qulaydi. Makiavellida armiya. qurolli kuchlar qonunlaming (demak. davlat hokimivatining) suyanchig'i hisoblanadi. Bunda huquq. adolat va shu kabilar haqida so'z yuritmaydi.
Makiavelli har qanday tashqi ta'sirlardan. shu jumladan. axloqiy sifatlaming ta'siridan xoli bo'lgan va faqatgina podshohning istagiga mos faoliyat yuritadigan hokimiyat yashashga qobil deb biladi. Buni amalga oshirishning ikki yo'li bor: biri - podshohni sevish, ikkinchisi — undan qo'rqish. Albatta. ularning har ikkisi bo'lishiga erishish yaxshi, ammo Makiavelli ko'proq qo'rqilishni tanlashni ma'qul ko'radi. Chunki Makiavellining fikricha, odamlar «yaxshilikni bilmaydigan, ikkiyuzlamachi va yolg'onchidir, ular xavfdan qo'rqadilar va boylikka hirs qo'yuvchidirlar». O'z hokimiyatini saqlash uchun podshoh har qanday usullarni qo'llashga haqli. Shafqatsizlikni hamma vaqtda, tinch davrda ham. urush davrida ham qo'llash mumkin. Davlat hokimiyatiga dushman bo'lgan kishilarni podshoh o'ldirib yuborishda erkindir. II javobgarlikdan qo'rqmasligi kerak, chunki podshoh sud yurisdiksiyasidan, ya’ni javobgarlikka torlish tizimidan tashqarida va unga bo'ysunmaydi.
Shunday qilib. oliy iroda hech kimga va hech narsaga bog'liq bo'lmasligi kerak va absolui o'z hukmini hammaning ustidan yuritishi lozim. Ana shunday irodagina davlatning amal qilishini, uning qudratini va mamlakatdagi tartibni ta’minlashi mumkin.
Xayoliy sotsializm haqidagi ta'limotlar
Tomas Mor (1478-1535) ingliz gumanisti, «Utopiya» asarining muallifi, xayoliy sotsializm asoschilaridan biri. Uning fikricha, jamiyat — boylarning kelishuvi natijasidir. Davlat esa ularning quroli hisoblanadi.
Bovlar undan xalqni itoatda tutish, o'zlarining garazli maqsadlarini himoya qilish maqsadida foydalanadilar. Ularaldash, kuch ishlatish va makkorlik yo'li bilan xalqni o'zlariga bo'ysundirganlar. Buni esa ular davlat nomidan qurol yordamida amalga oshiradilar.
«Utopiya» asarida u o'z davrining ijtimoiy va siyosiy masalalari haqida fikr yuritadi. Asarning birinchi qismida Angliya ijtimoiy hayoti tanqid qilinadi, ikkinchi qismida esa xayoliy Utopiya orolidagi jamiyat va hayot haqida gapiriladi. Uning fikricha, ijtimoiy balolarning sababini xususiy mulkchilikdan qidirish kerak. Shuning uchun ijtimoiy munosabatlarni o'zgartirish kerak. Biroq buni faqat qonunchilik yo'li bilan bajarish mumkin emas. Ijtimoiy rnulk, yuqori darajada tashkil etilgan ishlab chiqarish, ijtimoiy boyliklarning haqqoniy va teng taqsimlanishini kafolatlovchi mohirona rahbarlik Utopiya orolidagi munosabatlarning timsolidir.
Utopiya orolida xususiy mulk yo'q. Yer ijtimoiy mulkdir. Ishlab chiqarilgan barcha mahsulot jamiyatniki. Ularni esa birorbir narsa ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hunarmand oilalar ishlab chiqaradi. Ish kuni 6 soatdan iborat. Barcha ishlaydi.
Utopiyada muhtojlik nimaligini hech kim bilmaydi. Bunga esa o'ziga xos yo'l bilan erishiladi. Birinchidan, barcha erkak va ayollar majburiy ravishda mehnatga jalb qilinadi. Ikkinchidan, ehtiyojlarning eng minimal darajaga qisqartirilishiga erishiladi, ya’ni har qanday dabdababozlik, taqinchoqlar, ortiqcha kiyim-kcchak, uy-joy va ovqatlanishga chek qo'yiladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, Utopiyada qullar ham mavjud. Morning fikricha, mazkur orol odamlari uchun eng ifios ishlarni bajarish uyat, shuning uchun qassoblik, turli-tuman chiqindilarni chiqarish kabi ishlar qullar zimmasiga yuklatilgan. Bunday ishlarni bajarishga ko‘ngillilar deyarli bo'lmaganligi sababli qullarga ehtiyoj tug'ilgan. Harbiy asirlar, jazoni o'tayotgan jinoyatchilar, boshqa davlatlarda o'limga hukm qilingan, ammo utopiyaliklar tomonidan sotib olingan kishilar qullar hisoblanishadi. Qullik avloddan avlodga o'tmaydi, ularning farzandlari ozod odamlardir. Ularning o'zlari ham fidokorona mehnati va itoatkorligi bilan qullikdan ozod bo'lish imkoniyatlariga ega.
Tomas Mor ma’lumotli hukmdor yordamida uning g'oyalarini yaqin kelajakda amalgam oshirish mumkin, deb bilar edi.

Yüklə 38,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin