392
chulg‘amida o‘zgaruvchan EYK ning vujudga kelishiga va demak,
lampaning to‘riga tovush chastotasidagi o‘zgaruvchan kuchlanish
berilishiga olib keladi. Shu lampa
tomonidan konturda vujudga
keltirilayotgan yuqori chastotali tebranishlar chastotasi to‘rdagi past
chastotali kuchlanishga moslashib o‘zgaradi. Natijada antenna tarqa-
tayotgan radioto‘lqinlarning intensivligi ham o‘zgaradi.
Òovush bo‘lmaganda mikrofon zanjiridan o‘zgarmas tok oqadi
(201- rasm). Òovush tebranishlarining paydo bo‘lishi bilan mikrofon
zanjiridagi tok o‘zgaradi. Shunda yuqori
chastotali tebranishlar
201- rasm.
Tovush
yo‘q
Tovush
bor
M
ik
ro
fo
n
za
n
jir
id
ag
i
to
k
U
za
tu
vc
h
i
za
n
jir
id
ag
i
to
k
202- rasm.
a)
b)
d)
e)
393
amplitudasi tovush tebranishlari qonuniyatlariga muvofiq o‘zgaradi,
ya’ni amplitudaning modulatsiyasi ro‘y beradi.
Radiopriyomnik. Radiopriyomnik, asosan, quyidagi elementlar-
dan tashkil topgan bo‘ladi: antenna, tebranish konturi, kuchaytir-
gich, detektor (qayd qilgich), radiokarnay. Radiopriyomnikning an-
tennasiga bir paytning o‘zida ko‘plab stansiyalardan tarqatilayotgan
modullashtirilgan signallar keladi. Ularning orasidan aynan bizni
qiziqtirayotgan ma’lumotni ajratib olish uchun
tebranish konturi-
dan foydalaniladi. Konturda o‘zgaruvchan sig‘imli kondensator kiri-
tilgan bo‘lib, uning sig‘imini o‘zgartirish bilan konturning xususiy
chastotasini o‘zgartirish mumkin.
Priyomnik konturini qabul
qilinadigan elektromagnit tebranishlar bilan rezonansga moslashti-
rish shu tariqa amalga oshiriladi. Natijada, tebranish konturida yuqori
chastotali modullashtirilgan kuchsiz tok paydo bo‘ladi (202-
a rasm).
Bu tok oldin kuchaytirgichga, keyin esa detektorga keladi. Detektor-
langan tok radiokarnayga uzatiladi va mikrofonga tushgan tovush
to‘lqinlari tarqatiladi, ya’ni mikrofonga aytilgan tovush eshitiladi.
Detektorlash. Detektorlash deb, yuqori chastotali eltuvchi teb-
ranishlardan tovush tebranishlarini ajratib olish jarayoniga aytiladi.
Detektorda yuqori chastotali eltuvchi va tovush tebranishlarining
ajratilishi, ya’ni detektorlash ro‘y beradi. Detektor vazifasini bir tomonlama
o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lgan ikki elektrodli elektron lampa yoki
yarim o‘tkazgichli diod bajarishi mumkin. Dioddan o‘tgan yuqori chastotali
modullashgan tok uzilib-uzilib oqadi (202-
b rasm). Past chastotali signalni
parallel ulangan kondensator va qarshilikdan iborat filtr ajratib beradi.
Past (tovush) chastotali tok uchun kondensatorning qarshiligi juda katta
bo‘ladi va shuning uchun u qarshilik orqali oqadi (202-
d rasm). Yuqori
chastotali tok esa kondensator orqali oqadi (202-
e rasm).
Dostları ilə paylaş: