Ikkinchi imperiyaning ichki va tashqi siyosati Napoleon III har tomonlama mamlakatda sanoat taraqqiyotiga homiylik qildi. U sanoatni himoya qiluvchi tariflarni qo`llab-quvvatladi. Sanoatni rag`batlantirish maqsadida 1855 yil Parijda butunjahon ko`rgazmasi lashkil qilindi. Napoleon III ayniqsa moliyachilarga ko`proq imkoniyat yaratdi. XIX asrning 50- yillarida bir qator yangi banklar
- "Hisob banki", "Kredit mobele", "Lion krcditi" va boshqalar ochildi. Ikkinchi imperiya
davrida birja chayqovchiligi avjiga chiqdi. Unda impcratorning o`zi va ministrlar ham
ishtirok etdi.
Imperator, tog` asi Napoleon I ning "Qachonki ishchi beish qolsa, uni isyon ko`tarishga chorlash oson bo`ladi," - degan so`zlariga qat`iy amal qildi. Shuning uchun "u ochlik qo`zg`olonlari, 200 ming kishilik armiyaning mag`lubiyatidan ham daxshatliroqdir,"
- deb ishsizlar uchun ko`plab jam oat ishlarini tashkil qiladi. Botqoqlar quritildi, tog`
yo`nbag`irlarida bahorgi sellarni oldini olish maqsadida o`rmonlar tashkil qilindi. Shaharning
ko`plab aholi kvartallari buzilib, yangidan keng prospektlar qurildi. Bu ishlarni bajarishga
ko`plab parijlik ishsizlar jalb qilindi.
1857 yildagi iqtisodiy inqiroz Fransiyada ijtimoiy-siyosiy harakatlarni yangidan ko`tarilishiga sabab bo`ldi. Respublika tarafdorlari qatagon qilindi, ammo imperiya davrida qonun chiqaruvchi korpusga, asosan, respublika tarafdorlari saylangan bo`lib, bu imperiyaga qarshi to`g`ridan-to`g`ri chaqiruv edi.
Franlsiya imperiyasining tiklanishi va iyul monarxiyasi davrida o`zining tashqi siyosati borasida Angliya bilan hisoblashishga majbur bo`ldi. Biroq, bu frantsuz burjuaziyasining noroziligiga sabab bo`ldi. Fransiya mustamlakachilik imperiyasini tashkil qilish harakati 1830-1847- yillarda .lazoirning bosib olinishi bilan boshlangan edi.
Ammo 1840- yildagi Sharq inqirozida Fransiyaning maglubiyati Angliya va Rossiya oldida taslim bo`lganligi. frantsuz burjuaziyasining xotirasida edi. 1848- yil inqilobidan so`ng Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti natijasida Napoleon III Angliya bilan ittifoqchilikda Sharq masalasi borasida Rossiyaga qarshi urush e`lon qildi.
Turkiya XVT asrdan buyon Fransiyaning homiyligi ostida bo`lib, XIX asrda ham u Frantsuz zayomlari, sanoat mahsulotlari va harbiy yordamiga muhtoj edi. Nikolay 1 ning 1853- yilda Peterburgdagi ingliz elchisiga, Fransiyasiz Turkiyani bo`lib olish to`g`risidagi taklifi Napoleon III ning g`azabiga sabab bo`ldi. Natijada, Angliya, Fransiya va Turkiyaning Rossiyaga qarshi Qrim urushi (1853-1856 yillar) kelib ehiqdi. Urushda ijtimoiy-iqtisodiy , siyosiy va harbiy j ihatdan ancha qoloq bo`lgan Rossiya maglubiyatga uchradi. Rossiyaning maglubiyati rus chorizmining Yevropa jandarmi rolidan mahrum bo`lishi va shu bilan birga Fransiya uchun yangi bosqich - Yevropa kontinentida hukmronlik bosqichini boshlab berdi.
Qrim urushidan so`ng o`lgan 15 yil davomida Fransiya Yevropa kontinentidagi eng kuchli davlat bo`lib qoldi
Fransiya 1859- yili Avstriya bilan bo`lgan urushda katta muvaffaqiyatga erishdi Bu urushni Napoleon Italiyaning ozod qilish shiori ostida boshiandi. Buning uchun Fransiya chegaradosh bo`lgan Italiyaning Savoyi va Nitstsa viloyatlarini qo`shib oladigan bo`ldi. Natijada, Fransiyaning kontinentdagi mavqei yanada kuchaydi. bundan hatto Angliya hukumati ham tashvishga lusha boshladi.
Napoleon III mustamlakachilik borasida erkin va faol tashqi siyosat yuritish maqsadida Angliyaga yon berdi. 1860-yi! qonun chiqaruvchi korpusning roziligisiz Angliya bilan savdo shartnomasini imzoladi. Bu shartnomaga ko`ra Frantsuz bozorlari nisbatan, arzon bo`lgan ingliz mahsulotlari uchun ochib qo`yildi. Fransiyaning boshqa davlatlar bilan imzolagan fridrid (crkin savdo) shartnomalari Fransiya uchun unchalik xavfli emas edi. Chunki bu davlatlarning aksariyati sanoat sohasida ancha qoloq edi. Ammo Angliya bilan imzolangan savdo shartnomasi fransuz sanoatchilarining noroziligini tugdirdi. Napoleon III ning Angliya bilan imzolagan savdo shartnomasi burjua muxolifatini kuchaytirgan bo`lsa, 1859-yildagi Napoleonning Avstriya ustidan erishgan g`alabasi uni katolik cherkovini qo`Ilab-quvvatlashidan mahrum etdi va klerikal muxolifatini paydo qildi. Fransiyaning Avstriya bilan urushi natijasida papa qo`li ostida bo`lgan Ttaliya hududlarining ko`pchiligi birlashtirildi, natijada papalikning nufo`zi tushib ketdi.
Avstriya-Germaniya va Rossiyadagi milliy-ozodlik harakatlari, inqilobiy vaziyat Napoleon III ni Fransiyada liberal islohotlar o`tkazishga majbur qildi. Shuning uchun, imperiyaning 1860-yilgacha bo`lgan davri avtoritar va undan keyingi davri esa liberal imperiya davri, deb ataladi. Ammo liberal islohotlar davrida ham Napoleon III ning mamlakat boshqaruvi o`zgarishsiz qoldi. Ammo imperator tomonidan liberal yon berishlar jamoatchilikni qoniqtirmadi va shunda Napoleon III mamlakat xalq ommasining e`tiborini tashqi siyosat masalalariga jalb qilmoqchi bo`ldi.
50- yillarning oxiri va 60-yillarning boshlarida Fransiyaning Turkiyaga ta`siri kuchaydi. Bolqonda mustaqil tashqi siyosat yuritib, Yaqin Sharqdagi o`zining ittifoqchisi sifatida Ruminiyanmg tashkil topishini ta`minladi. 1860- yilda frantsuztarning Suriyaga yurishi, Suvaysh kanalining kurilishi bilan bog`liq bo`lib, kanal 1869 yilda qo`rib bitkazildi. 60-yillar boshida Fransiya Hindi-Xitoyni zabt etishga erishdi. 50-60-yillarda Fransiya Xitoyga va Yaponiyaga qarshi harbiy harakatlarda qatnashdi.
1859-1862 yillarda Fransiya Rossiya bilan yaqinlashish yo`llarini qidirdi. 1859 yil Avstriyaga qarshi urushga tayyorlanib, Rossiyaning betarafligi to`g`risida maxfiy shartnoma imzoladi. Fransiyaning Rossiya bilan yaqinlashuvi Angliyani tashvishga soldi. 1863 yilda Polshadagi xalq qo`zg`olonini bostirishda Rossiyaning shafqatsizligiga qarshi Angliya Napoleon III dan Polsha masalasida Vena kongressiga o`xshagan Yevropa kongeressini chaqirishni talab qildi, Angliya o`zining maqsadiga erishdi, Fransiya Rossiya munosabatlari bo`zildi.
Germaniyada birlasbish jarayoni boshlangach, Napoleon III bundan manfaatlanmoqchi bo`ldi. 1865 yilda Bismark bilan bo`lgan uchrashuvda agar Fransiya Germaniyaning biriashuviga qarshilik ko`rsatmasa. unga hududiy rag`batlantirish berilishi va`da qilindi. 1866 yildagi Prussiyaning Avstriya bilan bo`lgan urushi oldidan ham Bismark va`dasini takrorladi. Natijada Fransiya bu urushda betaraf turdi. Shimoliy Gcrmaniya ittifoqining tashkil topishiga ham kompensatsiya olish umidida bo`lgan Napoleon III qarshiiik ko`rsalmadL Napoleon III ning Lyuksemburgni Fransiya ixtiyoriga berish to`g`risidagi talabi Bismark tomonidan rad etildi. Aleksandr I ning Bismarkni qo`Hab quvvatlashi franko-rus munosabatlarini yomonlashtirdi.
Uzluksiz urushlar va foydasiz diplomatik chiqishlar bilan Napoleon III xalq ommasini monarxiyaga qarshi kurashdan, burjuaziyani esa parlamentar boshqaruv talablaridan chalgitishga harakat qildi. Urushlar muvaffaqiyatli ketayotgan vaqtda imperator maqsadiga erishdi. 60- yillarning oxirlariga kelib, Mcksika va Germaniya bilan bo`lgan urushdagi mag`lubiyat vaziyatni o`zgartirib yubordi.
1846-1848 yillarda AQSh Mekstkaga hujum qilib, uning territoriyasining beshdan ikki qismini tashkil qiluvchi Yangi Meksika va Yuqori Kaliforniya viloyatlarini bosib oldi.
yilda AQShda fuqarolar urushi boshlanishi bilan Meksika pre/identi Benito Xuaro`s
ikki yilga chet el zayomlarini to`lashni to`xtaldi. Natijada Angliya-Fransiya va Ispaniya
yilda Meksikada pomeshchikiar va ruyoniylarning hukrnronligini tiklash maqsadida
salib yurishini boshladilar. Bu interventsiyaning tashabbuskori Palmerston edi. Tezda
interventsiyachilar o`rtasida nizo kelib chiqdi. Angliya va Ispaniya o`zining qo`shinlarini
chaqirib oldi. Fransuz armiyasi esa harbiy harakatlarni davom ettirdi. Meksika respublikasi
kofoniyaga aylanlirildi, unga Napoleon III ning noibi sifatida Avstriya crtsgertsogi Maksimilian o`tirdi. Meksikada interventlarga qarshi partizanlar urushi boshlanib ketdi. Monro doktrinasiga ishora qiiib, AQShning tashqi ishlar vaziri Syuard Napoleon III dan harbiy harakatlarni to`xtatishni talab qildi. AQShda fuqarolar urushi nixoyasiga o`gach, 1866 yilda Amerika hukumati Fransiyaga ultimatum qo`yib, Napoleon III ni Meksikadagi frantsuz harbiy ekspeditsion korpusini chaqirih olishga majbur o`di.