Xviii –xix asrlarda Fransiya


Fransiya imperiyasining bosqinchilik urushlari



Yüklə 169,5 Kb.
səhifə6/13
tarix01.05.2023
ölçüsü169,5 Kb.
#105631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Fransiya imperiyasining bosqinchilik urushlari
Fransiyaning Yevropa kontinentidagi harbiy jihatdan ustunligi dastlab inqilob urushlari davrida sezildi. Bu konsullik va imperiya davrida yanada yaqqol ko`rindi. Franlsiya bu davrda G`arbiy Yevropaning eng yirik va markazlashgan davlati edi. Inqilob Fransiyada ilg`or burjua tuzumini o`rnalib, uning iqtisodiy taraqqiyoti uchun kuchli turtki berdi.
Ko`p sonli frantsuz armiyasi asosan dehqonlardan iborat bo`Iib, u eng zamonaviy quroi-yarog`lar bilan ta`minlangan edi. Tnqilobiy urushlar va Napoleon urushlari qobiliyatli general va ofitserlarni yetishtirdi. Kavaleriya va otliq artilleriya juda tez harakat qilish laktikasiga ega edi. Napoleon ayg`oqchilik ma`lumotlaridan, xalqaro shartnoma va huquqlarni buzish kabi manevrlardan,uning diplomatiyasi esa raqiblarni orasidagi kelishmovchilik va nifoqlardan ham juda unumli foydalandi.
Fransiya armiyasi Yevropa materikining tuzum hukmron bo`Igan qoloq geodal monarxiyalari armiyasidan nihoyatda ustun edi. Bi davlatlar iqtisodiy zaif bo`lib, kam sonli qo`shinga ega va doimiy ravishda Angliyaning moliyaviy yordamiga muhloj edilar.
Fransiyaning harbiy muvaffaqiyatlariga Germaniya va Italiyaning siyosiy tarqoqligi ham qo`l keldi. Uning sharqiy chegaralaridan kuchli, markazlashgan davlatlar yo`q edi. Mayda, tarqoq italyan va nemis davlatlari Fransiyaga jiddiy qarshilik ko`rsata olmadilar. Napoleon ularning o`rtasidagi kelishmovchiliklar va nizolardan foydalanib, ularning bir qismini o`zi tomoniga og`dirib, boshqalariga qarshi kurashda ulardan foydalandi. Bosib olingan hududlarni kontributsiya va konfiskatsiya vositasida xazina va oziq-ovqat mahsulotlarim talash, bo`ysundirilgan mamlakatlarni Fransiya uchun foydali bojxona tariflari bilan ekspluatatsiya qilish, vassal davlatlar tomonidan harbiy qismlarning etkazib berilishi evaziga Fransiyaning harbiy qudrati tez oshdi. Fransiyaga lobe bo`Igan davlatlarni tuzishda, u o`sha mamfakatlarning burjuacha yangilanishlar tarafdori bo`Igan kuchlaridan ham foydalandi.
Italiyada, Germaniyaning Reyn viloyatlarida va shuningdek, Belgiyada frantsuzlar ayrim burjua islohotlarini o`lkazib mahalliy feodal aslzodararini hokimiyatdan mahrum qildilar.
Xalqaro munosabatlar sohasida Fransiyaning qo`lga kiritgan cng katla rauvaffaqiyatlari bu -- unung asosiy raqiblari o`rtasidagi nizo va nifoqlardan foydalanib ularni ittifoqchiligiga qo`ymaganligi va hatto bir-biriga qarshi qo`yishga erisha olganligidir. Fransiyaning harbiy jihatdan katta ustunlikka ega ekanligi sababli, boshqa davlatlar koalitsiyalarga birlashsagna unga qarshi tura olishlari mumkin edi. Ammo koalitsiya. a`zolari o`zaro kclisha olmadilar. Rossiya va Angliya manfaatlari Yaqin Sharqda va betaraf dengiz savdosining daxlsizligi borasida to`qnash kelmoqda edi. Avstriya va Fransiya o`zaro raqib davlallar bo`lib, ular Germaniyada gegemonlik qilish uchun va Polsha yerlarini egallash uchun raqobatda edilar. 1895 yildan to 1896 yilgacha bo`Igan muddalda Prussiya Fransiyaga qarshi urushda qatnashmadi. Fransuz qo`shinlari ham Germaniyaning shimoliy hududlariga hujum qilishdan cheklandilar. Prussiya Fransiyaning madadi bilan Angliya qirolining mulki bo`Igan Gannoverni va boshqa nemis davlatlarining hududlarini bosib olishni mo`ljallagan edi. Angliya va Ispaniya ham mustamlakalar borasida ziddiyatda edilar.
Konsullik va imperiya davrida Fransiya olib borayolgan inqilobiy urush bosqlnchilik urushiga aylandi. Napoleon Fransiyasi bilan urush olib borayotgan koalilsiya uchun inqilob bilan kurashish masalasi 2-darajali vazifa bo`lib qoldi. Aksariyat Yevropa davlatlari XIX asr boshlariga kelib Fransiyadagi burjua tartiblarini tugatish ilinjidan voz kechib, bu tartiblarni boshqa davlatlarga tarqalmasligiga va Fransiyaning Yevropa yoki dunyo miqyosidagi hukmronligini o`rnatishiga yo`l qo`ymaslikka harakat qildilar. Fransiyaning eng kuchli raqiblari bu Angliya va Rossiya edi.

Yüklə 169,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin