Yakobinchilar diktalurasi Jirondistlar Konventidan norozi bo`lgan shahar va qishloq abolosining qo`llab-quwatlashi oqibatida yakobinchilar hokimiyatga keldilar. Butun mamlakatda ahvol og`ir edi. 83 ta departamentning 60 tasida isyonlar ko`tarilib turdi. 1793 yil martida Vandeeda ko`tarilgan qo`zg`olon ularning eng katlasi edi. Qishloq xo`jaligi butunlay izdan chiqqan bir vaqtda Konvent 300 ming kishini armiyaga safarbarlikka chaqirdi. Sanoat jihatidan ancha qoloq bo` Igan Vandeeda dehqonlar Konventning jazo otryadlariga qarshi haqiqiy urushni boshladilar. 1793 yilda qo`zg`olon bostirildi, ammo qo`zg`olonning ayrim uchqunlari davom etdi. Vandee urushlarida bar ikki tomondan 600 mingdan ziyodroq iransuzlar qurbon bo`ldilar.
Mamlakatdagi mavjud og`ir abvoldan foydalangan yakobinchilar o`zlarining hokimiyatini muslahkamlashga harakat qiSib, Konvent yer va dehqonlar to`g`risidagi masala bilan shug`ullandi. Ketma-ket bir qancha agrar dekretlar chiqarildi. 1793 yil 3 iyunida yakobinchilar Konventi emigrantlarning yerlarini mayda qtsmlarga bo`lib sotish to`g`risida dekret qabul qildi. 10 iyulda jamoa yerlarini bo`lib berish to`g`risidagi Konventning yangi dekreti qabul qilindi. Unga ko`ra, agar dehqon jamoalari a`zolarining 1\3 dan ko`prog`i jamoa erlarini bo`lib olishga rozi bo`lsalargina ushbu dekret kuchga kirar edi. 17 iyulda barcha fcodal majburiyatlarini hech qanday to`lovsiz bekor qilish to`g`risida dekret chiqarildi .Ammo yer mulkiari va yerlarni ijaraga olish bilan bog`liq barcha majburiyatlar amalda qolaverdi.
Yerlarni bo`lish to`g`risidagi "agrar qonun" tarafdorlari ta`qib ostiga olindi. Yerlarni mablag`i bor kishilsrgina sotib olishlari mumkin edi. End) er kapitalistik mulkka aylana boshlandi. Endi u rasmiy sotiladigan va sotib olinadigan bo`ldi, bu so`zsiz ilg`or holat edi.
Qabul qilingan dekretlar amalda hayotga tadbiq etilmagan bo`lsada, yakobinchilar tomonidan feodal isyonlarni bostirish uchun armiyaga safarbarlikni engillashtirdi. Oziq-ovqat masalasi ilgirigidek hal qilinmasdan qolaverdi.
Yakobincbilar blokida kuchlarning bo`linishi davom etdi. "Quturganlar" va "so`l yakobinchilar" inqilobni yanada chuqurlashuvini ta`minlashga harakat qildilar. Jamiyatni qutqarish komitetini boshqarayotgan Danton va uning tarafdorlari tcrrorni cheklashni talab qildilar. Boshqa tomondan Robespyer va uning tarafkashlari bar qanday yo`l bilan bo`lsa ham hokimiuatni saqlab qolishga harakat qildilar. Asta-sekinlik bilan inqilobiy terror Pobespyerning shaxsiy hokimiyatini himoya qiluvchi qurolga aylandi. Yakobinchilar bloki orasidagi kurash yangi konstitutsuya qabul qilingandan su`ng jiddiy tus oldi.
1793 yilgi konstitutsiya zamonasining ilg`or konstitutsiyalaridan biri edi. 29 iyulda Konvent qabul qilgan yangi konstitusiyaga muvofiq Fransiya bir palatali respublika, deb e`lon qilindi. Unga ko`ra 21 yoshga yetgan barcha erkaklarga saylov huquqi, xalqga qo`zg`olon ko`tarish, ma`lumot olish, mehnat qilish, nogironlarga ijlimoiy yordam olish huquqlari berildi. Ammo urush tugaguncha amalda konstitutsiya joriy qilinmadi.
1793 yil 13 iyulda yakobinchilarni faol vakili, Konvent a`zosi, "Xalq do`sti" ro`znomasining muharriri Jan Pol Maratga suiqasd qilindi. Qotillikga yollangan dvoryan ayol Sharlittadc Korde tomonidan sanchilgan xanjar Maratning o`limiga sabab bo`ldi. Natijada yakobinchilarning terrori yanada kuchaydi. Rassom Lui David tomonidan "`Maratning o`limi" nomli qotillik jarayoni aks etgan tasviriy asar ishlanib, frontga ketuvchi harbiy otryadlar ushbu asar oldida qasamyod qabul qiladigan bo`ldilar.
1794 yil oxirida urushning borishida burilish yuz berdi. Ommaviy safarbarlik dushman uslidan g`labaga olib keldi. Doimiy harbiy tayyorgarlikdan o`tgan qismlar inqilobiy kayfiyatdagi xalq lashkari bilan qo`shildi, bu - amalgama deb ataldi. Birinchi marta Yevropada umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi. 1794 yilning qishidayoq feodal isvonlari bostirilib, Vandes isyonchilarining asosiy kuchlari tor-mor etildi, Fransiya hududi koalilsiya qo`shinlaridan ozod qilindi.
1794 yil fevral-martida Konvent "Gumon qilinuvchilar"ning mulklarini qashsboqlar o`rtasida taqsimlash to`g`risida vantoz dekretlari deb nom olgan dekretlar qabul qildi, ammo bu dekretlar amalda joriy qilinmadi.
Yakobinchi laming terrorchilik siyosati davom ettirildi. Natijada xalqm`ng Robespyerga qarshi g`azabi kuchaydi. Va`da qilingan jannatona hayotga bo`lgan umid so`na boshladi. Frontdagi muvaffaqiyatlarga qaramasdan vaziyat murakkab tus ola boshladi. 1794 yil bahoridan boshlab, yakobinchilar bloki parchalana boshladi. Konvent a`zolarining ko`pchiligi savdo-sotiqning erkin bo`lishini talab qila boshladilar. Feodal munosabatlar tugatildi.
Aql, adolat, vatanga muhabbat kabi prinsiplarga asoslangan yangi din - - "Oliy mavjudot" shaxsiga sig`nish asosida xalqni birlashtirish uchun bo`lgan urinish natijasiz bo`ldi. xalq uni qo`llab quwatlamadi. 10 iyulda terrorni kuchaytirish to`g`risidagi dekretning qabul qilinishi nafaqat mulkdorlarni, balki shahar kambag`allari va dehqonlarni ham tashvishga soldi. Konventda Robespyerga qarshi suiqasd rejalashtirila boshlandi.