Termidorchilar Konventi va Direktoriya davrida Fransiya.
Napoleon Bonapartning xokimiyat tepasiga kelishi.
Fransiyaning bosqinchilik urushlari.
Napoleonning ichki siyosati.
8. Yevropa davlatlarining Fransiyaga qarshi urush harakatlari. 9. Napoleon imperiyasining inqirozi. 10. Ikkinchi imperiya davrida Fransiya
Inqilob arafasida Fransiya XVIII asrning 80-yillari oxirida Fransiyada feodal-mustabid tuzumning inqirozi keskinlashdi. 1787-1789 yillarda savdo-sanoat inqirozi yuz berdi. Bu inqirozni 1776 yilda Angliya bilan imzolangan shartnoma keltirib chiqardi. Bu sharlnomaga ko`ra, fransuz bozorlari ancha arzon narxdagi ingliz mahsulotlari uchun ochib qo`yildi. Mamlakatning ishlab chiqarishida turg`unlik davri bohlanib, ishsizlar soni keskin oshdi. 1788 yilgi qahraton qish tufayli qishloq xo`jalik ekinlarini hosildorligi tushib, g`lla tanqisligi natijasida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshib ko`di. Xalq ommasining ahvoli og`irlashdi.
Hukumatning ushbu inqirozdan chiqish uchun layoqatsizligi ro`y-rost ma`lum bo`ldi.-Davlat qarzi 1,5 milliard frankni tashkil qilib, 1789 yilga kelib, keyingi 14 yil ichida u 3 barobar oshdi. Monarxiya moliyaviy bankrotlik bo`sag`asiga kelib qoldi. Bosh nazoratchi Tyurgo soliqlarning bir qismini imtiyozli tabaqalarga ham joriy qilishni taklif qildi. Hatto toifalarga qaramasdan umumiy yer solig`ini solish to`g`risida loyiha ishlab chiqildi.
1787 yil davlatning ikki imtiyozli tabaqalari - dvoryanlar va ruhoniylardan yordam olishga umid qilgan monarxiya ularning orasidan saylab olingan vakillar - - notabllar majlisini chaqirdi. Ammo ular qirol tomonidan taklif qilingan islohotlarni tasdiqlashdan bosh tortdilar va qirolning hokimiyatini o`zlarining manfaati yo`lida cheklashga urinib, Bosh shtatlarni chaqirishni talab qildilar. 1614 yildan beri Bosh shtatlarning chaqirilmay kclinishiga sabab 3-tabaqaning siyosiy talablar bilan chiqishi edi. Bosh shtatlarning chaqirilishi, 1789 yilning bahoriga tayinlandi. Shahar va qishloqlarda tabaqalarning talablariga mos ravishda deputatlarning nakazlari ishlab chiqila boshlandi. Ko`pchilik dehqonlarning nakazlarida siyosiy talablar qo`yilmadi, ammo ularda "ahmoqona odatlarni" bekor qilish, soliqlarni kamaytirish kabi talablar mavjud edi. Savdogarlarning nakazlari asosan o`rta asrlardan beri mavjud bo`lgan sanoat reglamentatsiyasini bekor qilishni, barcha tabaqalarni bir xilda soliqqa tortishni va qisman qirol hokimiyatini cheklashni talah qilmoqda edi. Hatloki, xalq orasida Bosh shtatlar tomonidan qabul qilinishi kutilayotgan "konslitutsiya" so`zi ommalashdi.
Qirol Lyudovik XVI (1774-1792 yil) bir qancha yon berishlarga majbur bo`ldi. Mamlakatning moliya, sanoat va savdo bo`yicha bosh nazoratchisi lavozimiga sanoatchi moliyachilar orasida tashkil bo`lgan mo`tadil islohotlar tarafdori, shveytsariyalik bankir Nckker taklif qilindi.
Saylovchilarning sonidan kelib chiqqan holda, 3-tabaqa deputatlarining soni 2 marotabaga oshdi. Mamlakatning 25 yoshga yetgan, doimiy yashasb joyiga ega bo`lgan va soliqlarni to`lab turgan barcha erkak aholisi saylash huquqiga ega edi. Ovoz berish awalgidek tabaqalar asosida bo`Iishi rejalashtirildi. Fransiyada aholoni mulkiy ahvoliga qarab emas, balki ular foydalanayotgan imtiyozlarga ko`ra tabaqalar bo`yicha bo`lish qabul qilingan. Birinchi va ikkincbi tabaqalar uchinchisiga qaraganda ikki barobar orliq o`rinlarga ega edi.