XXI ASR BOSHLARIDA INDONEZIYANING OQTISODIY AHVOLI
Indoneziyada iqtisodiy turizmi.
Indoneziya turizm va kreativ iqtisodiyot vaziri Sandiaga Salaxuddin Uno “Dunyo” AA orqali mamlakatimiz xalqiga quyidagi tabrik so‘zlarini yo‘llagan:
- Indoneziya Respublikasi turizm va kreativ iqtisodiyot vazirligi nomidan O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklab, o‘zimning eng ezgu niyatlarini izhor etaman.
O‘zbekiston 30 yilda erishgan yutuqlari va Prezident Shavkat Mirziyoyevning qatʼiy shijoati bilan jahon hamjamiyatida o‘z kuchi va salohiyatiga ega bo‘lgan davlatga aylandi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Indoneziyaning ishonchli hamkori sifatida turli sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirdi. Jumladan, davlatlarimiz o‘zaro hamkorligi natijasida turizm sohasida katta natijalarga erishdi va buning samarasi o‘laroq, mamlakatlarimiz o‘rtasida viza talablari bekor qilindi.
Ikki davlat sayyohlik yo‘nalishida juda katta salohiyatga ega. Indoneziyada suv turizmi, ekoturizm va maʼdaniy turizm yo‘nalishlari, O‘zbekistonda esa tarixiy va ziyorat turizm juda mashhur.
Indoneziyaliklar O‘zbekistonni islom sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan mamlakat sifatida biladi. O‘zbekiston Imom Buxoriy, Moturidiy, Naqshbandiy va dunyoga mashhur boshqa qator allomalarning vatanidir.
Shubhasiz, O‘zbekiston - Islom sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri, tarix va kelajakni o‘zida mujassam etgan Markaziy Osiyoning yuragidir.
O‘zbekiston va Indoneziya aloqalarida Prezident Sukarno alohida o‘ringa ega. Hozirgi kunga qadar mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikni jadal rivojlantirib kelmoqda. Ishonchim komilki, o‘zaro hamkorlik, ishonch va say-harakatlarimiz bilan O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi munosabatlar ikki xalq manfaatlari yo‘lida izchil rivojlanishda davom etaveradi.
O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Do‘st O‘zbekiston xalqiga sog‘liq, farovonlik va barqaror rivojlanishni tilab qolaman.
Balidagi III Butunjahon ijodiy iqtisodiyot konferensiyasi doirasida Indoneziya turizm va ijodiy iqtisodiyot vaziri Sandiaga Uno bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Madaniy meros agentligi direktori Bahodir Abdikarimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori maslahatchisi, Kommunikatsiya va strategik rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Elmurod Najimov hamda Jamg‘armaning Ta’lim va inklyuzivlik boshqarmasi boshlig‘i Madina Badalova ishtirok etdi.
Tomonlar kelgusida mamlakatimizda muzey yo‘nalishi va ijodiy sohani birgalikda rivojlantirish bo‘yicha Memorandum imzolash imkoniyatini muhokama qildilar. Sandiaga Uno O‘zbekiston madaniyati va namoyandalariga nisbatan uzoq yillik qiziqish mavjudligini ta’kidladi va 2024-yilda bo‘lajak konferensiya sharofati bilan O‘zbekistonga qilinadigan tashrif haqida gapirdi. Ushbu tashrif madaniy tashabbuslar doirasida mamlakatda sayyohlik istiqbollarini rivojlantirish, muzeylar sohasini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro miqyosdagi mutaxassislar orasida tajriba almashinuvini rag‘batlantirishga xizmat qilishi ta'kidlab o‘tildi.