Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish (1)
Nayza (granata) uloqtirish texnikasini o‘rgatish uslubiyati Jismoniy tayyorgarlik ko‘rgan, bo‘g‘imlari yaxshi harakatchan kishilarni o‘rgatish yaxshi natija beradi. Nayza uloqtirish texnikasinio‘rganish bilan bir vaqtda jismoniy rivojlanishga, avvalo mushak kuchini, tezkorlikni, chaqqonlikni rivojlantirishga yordam beradigan mashqlar ham bajarilishi kerak. Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi: tekis va to‘siqlar osha yugurish, sakrash, turli holatda yadro, to‘ldirma to‘p, tosh uloqtirish, elka bo‘g‘imlari va boshqa mushak guruhlarining harakatchanligini rivojlantiradigan mashqlar bajarish lozim.
Nayza (granata) uloqtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazishda yugurib keladigan yo‘lka tekis va qattiqroq, nayza tushadigan er esa yumshoq bo‘lishi lozim. Dastlabki mashg‘ulotlarda engillashtirilgan nayza (granata) qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mashg‘ulot davomida shug‘ullanuvchilar soni qancha bo‘lsa, nayza (granata) soni ham shuncha bo‘lishi kerak. Lat eyishning oldini olish uchun nayza (granata) uloqtirishdan oldin turli xil mashqlar bajarib, tirsak, panja va elka bo‘g‘imlarini qizdirish va harakatchanligini oshirish shart. Nayzani (granata) uloqtirishda mashg‘ulotning tayyorlov qismida bir necha bor engil snaryadlar uloqtirilgandan so‘ng kuchli uloqtirishga ruxsat beriladi.
Mashg‘ulotlarda nayza (granata) bir tomonga uloqtiriladi. Uloqtirilgan nayza (granata)ni olib kelish uchun maydonga chiqishga faqat o‘qituvchi ruxsat berishi lozim.
Koptok, granatani uloqtirish texnikasini o‘rgangandan so‘ng nayza uloqtirish texnikasini o‘rgatishga o‘tilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Quyida vazifalar, ularni hal qilish vositalari va uslubiy ko‘rsatmalar berilgan.
1-vazifa. Nayza (granata) uloqtirish texnikasi bilan shug‘ul-lanuvchilarni tanishtirish
Vositalari:
1. Nayza (granata)ning tuzilishi to‘g‘risida tushuntirish, musobaqa qoidalari, rekordlar va tur bo‘yicha suhbatlashish.
2. Musobaqa o‘tkazish joyi va xavfsizlik qoidasi bilan tanishtirish.
3. Musobaqa qoidasi va hakamlar, qaydnomalarni olib borish haqida tasavvur hosil qilish.
4. Ilg‘or sportchilarning nayza uloqtirish texnikasini kuzatish.
5. Musobaqalarni kuzatish.
6. Kinodastur va boshqa o‘quv qurollarini namoyish qilish.
7. Talab me’yorlari (razryad, o‘quv va h.k.) bilan tanishtirish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Nayza (granata) uloqtirish sektorini ko‘rsatish, hakamlarning musobaqa davomidagi harakatlarini shug‘ullanuvchilar bilan birgalikda ijro etish maqsadga muvofiqdir. Texnika xavfsizligi qoidala-riga e’tibor berish.
2-vazifa. Joyda turgan holda nayza (granata) uloqtirishga o‘rgatish.
Vositalari:
1. Nayza (granata)ning og‘irligi va inersiyasini o‘zlashtirish, ushlash usulini o‘zlashtirish uchun tayyorgarlik mashqlari:
a) nayza (granata)ni ushlash uchun.
b) oldinga qarab turgan holda chap oyoq oldinga, o‘ng oyoq orqaga va oyoq uchida nayza (granata)ni pastga o‘z oldiga uloqtirish;
v) d.h. – oldingi mashqdagidek, oyoqni to‘g‘rilash harakatidan foydalangan holda nayza (granata)ning uchishini ko‘paytirish bilan bajarish;
g) d.h. – oldingi mashqdagidek, nayza (granata)ni nishonga uloqtirish. Nishon masofasi asta-sekin uzoqlashtirib boriladi;
d) d.h. – oldingi mashqdagidek, nayza (granata)ni orqaga olib borganda oldingi oyoqni ko‘tarib, uni to‘proqqa qo‘yib, uzoqqa uloqtirish.
2. YOrdamchi asboblarni (toshlar, yog‘och, to‘p, yadro) uloqtirish.
3. Mashqlarni toshlar, nayza, rezinali espanderni shved devorchasi yoki bruslarga mahkamlab bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Tayyorgarlik mashqlari va turgan joyida uloqtirish bir qator bo‘lib 3-5 m oraliq bilan saflangan holda o‘tkaziladi. Uloqtirishda harakatlarga e’tibor qaratish: (tezlanish-siltash), uloqtirish-ning boshlanishida “tortish” – keyin “siltash”. Mashqni bajarishda nayza (granata) ushlagan o‘ng qo‘lning “tirsagi bilan” oldinga chiqishiga e’tibor berish. Oyoqni to‘g‘rilashda “chap oyoq-chap elka”ning bir o‘qda saqlanishini e’ti-borga olish
3-vazifa. Uloqtirish qadamlari va nayza (granata)ni quvib o‘tish texnikasiga o‘rgatish.
Vositalari:
1. CHalishtirma qadamlarni taqlid qilish. D.h. – uloqtirish yo‘nalishiga yon tomon bilan turib, o‘ng oyoqni, chap oyoqni oldiga egilgan holatda chalishtirib qo‘yib, oldinga chap oyoqdan o‘ng oyoqqa o‘tish bilan engil sakrab, bunda chap oyoqni oldinga o‘tkazish shart.
2. Nayza (granata) uloqtirishni qadam tezlanishida taqlid qilish va uloqtirish (toshlar, to‘p).
3. Nayza (granata)ni (toshlar, to‘p) orqaga olgan holda 3, 5 va undan ortiq qadamlar bilan yugurib otish.
4. D.h. – yon bilan turgan holatda oyoqlar elka kengligida, gavda og‘irligi o‘ng oyoqqa ko‘proq tushirilgan, chap oyoq oldinga chiqarib ko‘tarilgan, gavda ozroq orqaga engashgan va o‘ngga burilgan. Qo‘l granatasiz (keyin garanata bilan) «yuqoriga-orqada» bo‘ladi.
5. SHuning o‘zi yurish bilan bajariladi.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Tezlanishdan uloqtirishga o‘tish chalishtirma qadamlarni bajarish vaqtida amalga oshiriladi. Oyoqlar bilan nayza (granata)ni quvib o‘tish chalishtirma qadam tashlashning asosi bo‘lib hisoblanadi.
4-vazifa. Tezlanish va nayza (granata)ni orqaga qulochkashlash texnikasiga o‘rgatish.
Vositalari:
1. Nayza (granata)ni elka oldida (20-30 sm) ushlangan holda tekis va tezlanish bilan yugurish.
2. Nayza (granata)ni (tosh va koptokni) yurishda va sekin yugurishda orqaga qulochkashlash. D.h. – oldinga qarab turgan holda, chap oyoq nazorat belgisida. O‘ng oyoq bilan qadam qo‘yishda granata qo‘lda «to‘g‘ri-orqaga» (oldinga-pastga-orqaga) olish harakati bilan boshlanib, uloqtiruvchi harakat yo‘nalishi bo‘yicha chap yonga buriladi, chap oyoq bilan qadam qo‘yishda o‘ng elkani chap elkaga nisbatan pastga tushirib, qo‘ldagi granatani orqaga qulochkash-lashni tugatadi va chap yonga buriladi. Uchinchi qadam «chalishtirma» bo‘lib ko‘rsatilgan.
3. Joyida turgan holda, sanash bilan granatani orqaga olish.
4. Joyda turgan holda tosh yoki koptoklar bilan mashqlar bajarish.
5. Koptok bilan yugurib kelib bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Harakat maromiga e’tibor berish. To‘g‘ri harakat maromida birinchi qadam kengligi 3-4 oyoq, 3-chi va 4-qadamlarda 4-5 oyoq uzunligiga teng. Oyoq bilan prujinasimon harakat qilishga e’tibor berib, uloqtirishga to‘xtamasdan o‘tishni ta’minlash. Nayza (granata) bilan qo‘lni orqaga qulochkashlashda harakatning keng amplitudada bo‘lishiga qarash. Orqaga olishning boshlanishi, o‘ng oyoq bilan qadam qo‘yishdan boshlanib, chap oyoqni erga qo‘yish bilan tugallanadi.
5-vazifa. Nayza (granata)ni yugurib kelib uloqtirishga o‘rgatish.
Vositalari:
1. Nayza (granata)ni (tosh va koptokni) qisqa tezlanish (2, 4, 6 qadam) bilan uloqtirish.
2. Tezlik, tezlanish bilan nayza (granata)ni uloqtirish.
3. Musobaqa qoidalariga to‘liq rioya qilib bajarish.
4. Koptok bilan qisqa yugurib bajarish.
5. Estafeta tayoqchalari bilan bajarish.
6. Tosh bilan qisqa yugurish bilan bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Tezlanish uzunligini va nazorat belgisini aniqlash uchun shug‘ullanuvchi 2-3 marotaba nayza (granata)ni to‘liq tezlik bilan uloqtiradi. SHundan keyin o‘ng va chap oyoqni ichlarini orqaga olishni boshlanishi to‘g‘ri kelishini belgilaydi. Uloqtirish maromiga, nayza (granata)ni orqaga qulochkashlashni boshlanishi bilan tezlashgan harakatga, “chalishtirma” qadamga va final kuchlanishiga e’tibor berish.
6-vazifa. Nayza (granata) uloqtirish texnikasi elementla-rini takomillashtirish va individuallashtirish.
Vositalari:
1. Nayza (granata)ni 3-5 qadamdan uloqtirish.
2. Nayza (granata)ni to‘liq tezlanish bilan musobaqa qoida-lariga e’tibor bergan holda uloqtirish.
3. SHug‘ullanuvchilar orasida musobaqa tashkil qilish.
4. Har xil holatlardan nayza (granata)ni uloqtirish.
5. Xuddi shunga o‘xshash tosh, yadro, boshqa asboblarni uloqtirish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Oxirgi qadamlarni harakat ritmini aniqlash (chalishtirish qadamini, final kuchlanishi bilan qo‘shilgan holini), nayza (granata)ni orqaga olish usulini, tezlanish uzunligi va uning optimal tezligini e’tiborga olish. Final kuchlanishidagi oyoq bilan faol depsinish va bu fazadagi xatolarni tuzatishga e’tibor berish.