Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish texnikasi



Yüklə 50,16 Kb.
səhifə17/22
tarix13.06.2023
ölçüsü50,16 Kb.
#129239
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish (1)

Bosqonni ushlash. Bosqon dastasini avval chap qo‘ldagi ko‘rsatkich, o‘rta, nomsiz barmoqlarning o‘rta bo‘g‘imlariga hamda jimjiloqning o‘rta va tirnoq bo‘g‘imlari o‘rtaligiga kiygiziladi. Mazkur barmoqlarning asosiy bo‘g‘imlari ularga tegishli kaft suyaklari bilan bir chiziqda bo‘lib, kaft-panja bo‘g‘imlarida bukilmay turadi. O‘ng qo‘lning to‘rt barmog‘i chap qo‘lning nomdosh barmoqlari ustiga shunday qo‘yiladiki, bunda o‘ng qo‘lning tirnoq bo‘g‘imlari chap qo‘lning asosiy bo‘g‘imlariga mahkam yopishib turishi kerak. Bosh barmoqlari esa bir-biri ustiga chalishtirilgan holatda joylashadi (chap o‘ng ustiga). Bunday usul kuchli uloqtiruvchilarga 300 kg dan ortiq kuch bilan tortilayotgan bosqonni tutib qolishga yordam beradi (101-rasm).
bukib, tana og‘irligini uning ustiga tushirib turib, elka kamarini o‘ngga buradi va gavdasini salgina oldinga ergashtiradi. Bu paytda chap qo‘l bilan sim bir to‘g‘ri chiziqni tashkil qiladi, o‘ng qo‘l esa tirsak bo‘g‘imidan salgina bukiladi. Boshni hech qayoqqa burmay va egmay to‘g‘ri tutish kerak.
Bosqonni dastlabki aylantirish –uloqtirishning ajral-mas qismi bo‘lib, qolgan harakatlarning to‘g‘ri bajarilishi shunga bog‘liqdir. Dunyoning eng kuchli uloqtiruvchilari dastlabki aylantirishni ikki davrada bajaradilar va bunda bosqon sharini burilishlarni boshlash uchun kerakli tezlikda (13-14 m/sek) harakatlantira boshlaydilar. Bosqonning aylanish yuzasi gori-zontga nisbatan taxminan 38-40o og‘ma bo‘ladi. Burilishlar vaqtida esa aylanish yuzasining og‘ishi 42-44o gacha oshadi.
Dastlabki aylantirishning birinchi davrasi oyoq va gavdani chala tiklangan holatida boshlanadi. SHu bilan birgalikda elka kamari tos bilan bir yuzada chapga buriladi va uloqtiruvchi to‘g‘ri uzatilgan qo‘llari bilan bosqonni aylanma harakatga keltiradi. Bosqon oldinga-yuqoriga harakatla-nayotganida, taxminan chap poy uchining qarshisida bo‘lishi lozim. Dastlabki aylantirish vaqtida bosh to‘g‘ri tutilishi kerak, chunki boshni burish va egish muvozanatni saqlashga to‘sqinlik qiladi.
Oldinga-yuqoriga harakatlanayotgan to‘g‘ri qo‘llar ko‘krak balandligiga etgach, chapga aylana boshlaydi. O‘ng qo‘l chap qo‘ldan balandroq ko‘tariladi, keyin ikkala qo‘l ham tirsak bo‘g‘imidan bir oz bukiladi; qo‘l panjalari bosh orqasidan, bilaklar esa bosh ustidan aylanib o‘tadi. Gavda sal orqaga egilgan bo‘lib, tos oldinga, bukilgan oyoq ustiga chiqarilgan.
Keyinchalik elka kamari yuqoridan tushayotgan bosqon ro‘parasiga eng oxiriga qadar o‘ngga buriladi. Qo‘llar harakatni davom ettirib, o‘ngga-pastga tusha boshlaydi, chap qo‘l to‘g‘rilanadi, o‘ng qo‘l esa tag‘in ham ko‘proq bukiladi, uning tirsagi pasayadi. Bosqon shari uloqtiruvchining orqasidan uzoqlab o‘tadi; agarda oldindan kuzatilsa, asbob sportchi gavdasinining chap tomonidan ancha uzoqda ekanligi yaqqol ko‘rinadi (102-rasm).
Dastlabki aylantirishning ikkinchi davrasi bolg‘aning o‘ngdan-orqaga qarab tushish harakati bilan boshlanadi. Uloqtiruvchi harakatning boshla-nishida bukilgan qo‘lini to‘g‘rilab, bosqonni gavdasining o‘ng tomonidan pastga tushiradi, elka kamarini esa tos bilan bir tekislikda chapga buradi.
SHundan keyin birinchi davradagi aylantirish harakatlari takror-lanadi, lekin bunda chap qo‘lning yuqoriga siljiyotgan vaqtdagi aylanishi ertaroq boshlanadi. Gavda og‘irligini o‘ng oyoqqa o‘tkazayotganda bu oyoq ko‘proq bukiladi, gavda esa orqaga ko‘proq engashadi.
Qo‘llar bosh ustida harakatlanishining oxirida uloqtiruvchi elka kamarani o‘ngga, oxiriga qadar burib chap tovonini ko‘taradi. Bu harakat tosni o‘ngga ko‘proq burishga va elka kamarining o‘ngga burilishini oshirishga yordam beradi.
Dastlabki aylantirishda tana og‘irligini bosqonga qarama-qarshi tomonga ko‘chirish (asosan tos qismining joy o‘zgartirishi) katta ahamiyatga ega. Bosqon uloqtiruvchining chap yoki o‘ng tomondan o‘tayotganda tana og‘irligi bosqon sharidan uzoqroq joylashgan oyoqqa ko‘proq tushadi. Bu esa uloqti-ruvchining muvozanatni saqlashi va sharning harakat tezligini oshirishiga yordam beradi. Bosqon shari o‘z orqasidan o‘tayotganda sportchi oldinga engashadi, shar oldinga o‘tganda esa orqaga ko‘chadi. Gavda og‘irligining tasavvur qilinadigan aylanish o‘qi atrofida bunday o‘rin almashtirib turishi faqat bosqonni bir joyda turib tez aylantirishdan burilishga o‘tish vaqtida ham muvozanat saqlab turishiga yordam beradi, bu esa juda muhim ahamiyatga ega.
Bosqon o‘zining eng yuqori holatidan gavdaning o‘ng tomoniga, elka bo‘g‘inlarigacha pasayib harakatlanayotgan paytda uloqtiruvchi qo‘llarini boshdan o‘ng tomonga tushiradi va bunga o‘ng qo‘l bukilgan holda tirsagi bilan pastga tushadi, chap qo‘l esa to‘la yoziladi. Xuddi shu paytdan birinchi burilishga kirishish boshlanadi.

Yüklə 50,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin