Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish texnikasi



Yüklə 50,16 Kb.
səhifə21/22
tarix13.06.2023
ölçüsü50,16 Kb.
#129239
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish (1)

Uslubiy ko‘rsatmalar. Dastlabki aylantirishni yarim o‘tirgan holatda, gavda og‘irligini bosqonga qarama-qarshi yo‘nalgan oyoqdan-oyoqqa o‘tkazib turib bajarish kerak.
Dastlabki aylantirish vaqtida bosqonning to‘g‘ri aylanish yuzasini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Dastlabki aylan-tirishni avval tekis sur’atda bajarish kerak. Uni bajarishni etarli darajada o‘rganib olgandan keyin, 3-4 aylanish tezlashtirilib bajariladi va bosqonni erga urish bilan bu harakat to‘xtatiladi yoki uni inersiya bo‘yicha chapga-orqaga yuqoriga uloqtirish mumkin.
Barqaror muvozanatni tarbiyalash uchun yuqoridagi mashqlarni ko‘zni yumib bajarish tavsiya qilinadi.
Bosqon va boshqa og‘ir buyumlar bilan mashq qilish: bosqonni bir qo‘llab (chap va o‘ng qo‘lda) va o‘tirib-turib aylantirish; boshqa asboblarni (tasmali to‘ldirma to‘p, qadoqtosh, qumli xalta, og‘irlashtirilgan bosqon yoki ikki bosqonni, engillashtirilgan va qisqartirilgan bosqonni) aylantirish dastlabki aylantirish texnikasini egallash uchun muhim ahamiyatga ega.
3-vazifa. Burilish texnikasini o‘rgatishda muvozanatni saqlab qolish bosqonni tortilish kuchiga qarshi turish.
Vositalar:
1. Bosqonsiz burilish: a) sanoq bilan («bir» deganda – burilishning birinchi yarmi, «ikki» deganda – ikkinchi yarmi;) b) sanoqsiz bir xil tezlikda.
2. Qo‘lda tayoq bilan oldinga-pastga burilish.
3. Bosqonni gorizantal sath bo‘ylab tezlanishsiz («to‘l-qinlatmay») aylantirib burilish.
4. SHuning o‘zini har bir keyingi burilishni tezlashtirib bajarish.
5. Bosqonni qiya yuza bo‘ylab, harakatlarni tezlashtirmay («to‘lqinlatib») aylantirgan holda burilish.
6. SHuning o‘zini, har bir keyingi burilishni tezlashtirib bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Burilishni to‘g‘ri bajarganda bosqon shari har doim uloqtiruvchining gavdasidan keyin siljishi kerak. YAngi shogirdga uloqtirish texnikasini o‘rgatayotganda shuni esda saqlash kerakki, bosqonni uloqtiruvchi gavdasining ketidan ergashtirgan holda burilishni bajarish – eng qimmatli mashqdir.
Bosqon uloqtirish texnikasini egallashda turg‘un muvoza-natni saqlagan holda tezlikni oshirib burilishlar asosiy mashq hisoblanadi. Bu mashqlar yordamida zaruriy harakat malakalari mustahkamlanadi. Harakatlarning to‘g‘ri maromini hosil qilinadi, muvozanat saqlash yaxshilanadi, vestibulyar apparatning ishi takomillashadi.
Burilishlarni bajarish tezligi oyoqlar harakatining tezli-giga bog‘liq. SHuning uchun oyoq harakatlarining to‘g‘ri bajari-lishiga ko‘proq e’tibor berish kerak.
Burilishlar vaqtida oyoqlarni yarim bukilgan holda tutib, chap oyoq uchi sal chapga burilgan bo‘lishi kerak.
SHuningdek, burilishlarni ko‘zni yumib bajarish ham kerak. Bu «bosqonni his etish»ning yaxshi rivojlanishiga yordam beradi.
Burilish mashqlarini bajargandan so‘ng bosqonni erga urib yoki harakatni sekinlashtirib to‘xtatish kerak.
Bosqon bilan aylanishda ko‘pincha quyidagi xatoga yo‘l qo‘yiladi: qo‘llarni goh yuqoriga va goh pastga harakatlantirib, snaryadning aylanish tekisligini haddan tashqari qiyalatib yuboriladi. Bunday harakatda uloqtiruvchidan bosqon ilgarilab ketib, «snaryadni his etish» yo‘qoladi.
YAkka tayanch paytida gavdani oldinga engashtirib bo‘lmaydi, chunki uloqtiruvchi bosqonga faol ta’sir etolmay qoladi. Bunday hollarda har galgi burilishda ko‘proq masofaga, ko‘pincha sapchib siljiladi-da, uloqtiruvchi doiradan chiqib ketadi. YAkka tayanch holatida ham uloqtiruvchining gavdasi bosqondan oldinda bo‘lib, aylanayotganda snaryadni tortib borishi kerak.
Burilishlar texnikasini o‘rgatish va uni mukammallash-tirishda maxsus mashqlardan keng foydalanish kerak. Bularga dastlabki aylantirish bilan burilishlarning o‘rin almashishlari kiradi. Masalan: bir davra dastlabki aylantirish va burilish, bir davra dastlabki aylantirish va ikki burilish, ikki davra dastlabki aylantirish va burilish, ikki davra daslabki aylan-tirish va ikki marta burilishlar hamda turli xil og‘irlikdagi bosqonlarni daslabki aylantirish va ular bilan burilishlar va h.k.

Yüklə 50,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin